|
Tarmoq texnologiyalari
|
bet | 2/9 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 29,75 Kb. | | #254372 |
Bog'liq 1-Ma\'ruza. “Tarmoq texnologiyalari va administrlashtirish” fani haqida tushunchaAxborot texnologiya - ob‘yekt, jarayon yoki xodisa (axborot mahsulot) holati haqida yangi sifatdagi madumotlarni olish uchun foydalanadigan ma‘lumotlarni (birlamchi) yigish, ishlov berish va o'zatish vositalari, hamda usullari majmuasidir.
Kommunikatsiya (лат. communicatio - сообщение, передача) axborotlarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish tushuniladi.
Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi bo‘lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan ikkinchi joyga tezroq yetib boradi, yangilik tez tarqaladi.
“Telekommunikatsiyalar - signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlashni tushuniladi” (“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zR Qonunidan)[7]
Keng ma‘noda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada boda olmaydigan masofada turuvchi subyektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) o‘rtasidagi muloqotdir. (“tele”- uzoqdagi, “kommunikatsiya”- aloqa, xabar).
Masalan: kemalar o‘rtasidagi yorugdik signallari almashuvi, telegraf, televideniye, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows operasion tizimining kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan.
Kommunikatsiya yoki “telekommunikatsiya” manba (transmitter) va qabul qiluvchi (receiver) odtasida masofadan turib madumot almashinishni bildiradi.
Telekommunikatsiya vositalari - elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar.
Telekommunikatsiyalar kanali - texnik vositalar va tarqalish muhiti majmui bodib, u telekommunikatsiya signallarining odish yodini hosil qiladi. Bu yod kanallar va ikkilamchi tarmoq liniyalari bilan ikkilamchi tarmoq stansiyalari hamda tugunlari yordamida ketma-ket ulangan. Shunda uning chekkalariga abonent chekka qurilmalari (terminallari) ulanganda manbadan qabul qiluvchi(lar)ga xabar yetkazishni ta‘minlaydi. Tarmoqning turiga ko‘ra, telekommunikatsiyalar kanalini, masalan, telefon, telegraf, ma dumotlar uzatish kanali deb ataladi. Hududiy alomati bo ‘yicha telekommunikatsiya kanallari xalqaro, shaharlararo, hududiy va mahalliy turlarga bodinadi.
|
| |