2023-yil 17-noyabrdagi
№ 01/2513-B sonli
Buyruqqa 1-ilova
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida
OMMAVIY OFERTA
08.09.2014-yildagi AA 0005149-sonli “Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar
tarmoqlarini
loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda mahalliy va shaharlararo aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun”; 08.09.2014-
yildagi AA 0005151-sonli “Xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun”; 08.09.2014
yildagi AA
0005152 sonli “Ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa
tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan
foydalanish va ularning
xizmatlarini ko‘rsatish uchun”; 08.10.2019 yildagi AA 0006976 sonli “ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish,
ulardan foydalanish va ularni xizmatlarini ko‘rsatish uchun”; 05.12.2019 yildagi AA 0008015 sonli “Teleradioeshittirishlarni
tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularni xizmatlarini ko‘rsatish uchun” litsenziyalar asosida faoliyatini amalga oshiruvchi
“Universal Mobile Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati (qisqartirilgan nomi “UMS” MChJ), savdo belgisi – “MOBIUZ”
(keyingi o‘rinlarda – “Operator”), mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish Shartnomasi bo‘lgan ushbu
Ommaviy oferta shartlariga
muvofiq unga murojaat qilgan har bir jismoniy shaxs bilan quyidagi shartlarda tuzadi:
1. Atamalar va ta’riflar. Talqin
Ushbu Shartnoma bo‘limlarining barcha sarlavhalari faqat ulardan foydalanish (ularni o‘qish) qulayligini mo‘ljallab qo‘llanildi va
Shartnoma shartlari talqiniga, shuningdek mobil aloqa xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda – aloqa xizmatlari) ko‘rsatish tartibiga hech
qanday tarzda ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ushbu Shartnoma maqsadlari uchun quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llanildi:
Abonent – Operator bilan Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida Shartnoma tuzgan jismoniy shaxs.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmagan shaxslar ota-onalar,
asrab oluvchilar,
vasiylarning yozma
roziligi asosida Operator bilan Aloqa xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida Shartnoma tuzishlari mumkin.