• To‘lov kartasini faollashtirish
  • Maxfiy so‘z
  • Alohida xizmatlar to‘plami
  • Ommaviy oferta




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/16
    Sana12.02.2024
    Hajmi309,25 Kb.
    #154870
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Oferta UZ6.23

    To‘lov kartasi – Aloqa xizmatlari uchun Dastlabki bo‘nak to‘lovi va Bo‘nak to‘lovini Operator foydasiga amalga oshirish vositasi 
    bo‘lib xizmat qila oladigan to‘lov vositasi. To‘lov kartasi qat’iy belgilangan summa (nominal)ga ega bo‘lib, u faollashtirilgach, 
    mazkur summa undan to‘liq yechib olinadi. To‘lov kartasidagi summa, To‘lov kartasining seriya raqami va To‘lov kartasining 
    PIN-kodi (o‘nli raqamlar izchilligi), To‘lov kartasining amal qilish muddati kartada ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
    To‘lov kartasini faollashtirish – Abonent Operator belgilagan xatti-harakatlarni amalga oshirishi yo‘li bilan To‘lov kartasidagi 
    nominalni Abonentning Shaxsiy (elektron) hisobvarag‘iga o‘tkazish jarayoni. 
    Kontent – Abonentning so‘rovi asosida SMS, GPRS orqali olingan, axborot, ko‘ngilochar yoki boshqa tusdagi matnli yoxud 
    multimedia ma’lumotlari. 
    Kontent-provayder – Operator tarmog‘i orqali Abonentlarga pulli kontent xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Kontent-
    provayderlar hamda ular ko‘rsatadigan Kontent xizmatlari ro‘yxati Operatorning veb-saytida, shuningdek Kontent-
    provayderlarning veb-saytlarida bor. 
    Maxfiy so‘z – Abonentning harflar va/yoki raqamlarning muayyan ketma-ketligidan iborat Shaxsiy paroli bo‘lib, Abonent telefon 
    orqali Operatorning Ma’lumot-axborot bo‘limiga murojaat qilganda uning shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma vazifasini bajaradi. 
    Shaxsiy (elektron) hisobvaraq – Operatorning avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimidagi tafsiliy elektron hujjat bo‘lib, 
    Abonent foydalanilayotgan xizmatlar haqini to‘lashi uchun mo‘ljallangan. Unda Aloqa xizmatlaridan foydalanish davomida 
    Abonent to‘lagan va sarflagan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi axborot pul ekvivalentida saqlanadi. 
    Abonent to‘lagan pul mablag‘larini va ular yechib olinishini Shaxsiy (elektron) hisobvaraqda aks ettirish tartibi Operator 
    tomonidan belgilanadi. 
    Alohida xizmatlar to‘plami – Tarif rejasi tarkibiga kirmagan muayyan hajmdagi Aloqa xizmatlari. 

    Download 309,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish