|
Ommaviy ofertaBog'liq Oferta UZ6.23Operator ofisi – Operator Abonentlarni qabul qiladigan va ularga xizmat ko‘rsatadigan, abonentlarga oid ma’lumotlar bazasi
hamda Operatorning faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlar saqlanadigan va ishlov beriladigan xona, bino. Operatorning bosh ofisi
va uning O‘zbekiston Respublikasi viloyatlaridagi Xizmat ko‘rsatish markazlari joylashgan manzil, ularning ish vaqti to‘g‘risidagi
axborot Operatorning Veb-saytida ko‘rsatiladi va zarurat bo‘lishiga qarab (masalan, joylashgan manzil o‘zgargan va boshqa
hollarda), belgilangan tartibda yangilab boriladi.
Dilerning ofisi – mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida Operator nomidan Shartnomalar tuzish, shuningdek o‘ziga
berilgan huquqlarga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda Operator tomonidan vakolat berilgan
yuridik shaxsning savdo nuqtasi. Operatorning Dilerlariga oid axborot Operatorning Veb-saytida joylashtirilgan.
Dastlabki bo‘nak to‘lovi – Shartnoma imzolanganidan keyin Operator Aloqa xizmatlarini ko‘rsata boshlashi uchun Abonent
tomonidan to‘la hajmda (100%) to‘lanishi kerak bo‘lgan Aloqa xizmatlari qiymati.
Dastlabki bo‘nak to‘lovi Operator tarmog‘iga kirish imkoniyatini berish qiymati, Abonent tanlagan tarif rejasiga muvofiq birinchi
hisob-kitob davri uchun Abonent to‘lovi qiymati va tanlangan pulli Aloqa xizmatlari qiymatidan tarkib topadi.
Aloqa xizmatlari uchun hisob-kitob davri Tarif rejalarining shartlari, Alohida xizmatlar to‘plamlarining va boshqa Aloqa
xizmatlarining shartlari, Alohida toifadagi abonent raqamini berish shartlari bilan belgilanadi.
Abonentga Alohida toifadagi abonent raqami berilgan hollarda dastlabki bo‘nak to‘loviga Alohida toifadagi abonent raqami
qiymati ham qo‘shiladi.
Alohida toifadagi abonent raqami uning haqini qismlarga bo‘lib to‘lash sharti bilan berilgan hollarda dastlabki bo‘nak to‘loviga
birinchi hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovi (oylik abonent to‘lovi bo‘yicha birinchi oy uchun abonent to‘lovi) ham qo‘shiladi.
Operator qabul qilinadigan to‘lovning eng kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
|
| |