• Operator(provayder) Donor
  • 3. Shartnomani tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
  • Ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/16
    Sana12.02.2024
    Hajmi309,25 Kb.
    #154870
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    Oferta UZ6.23

    Kochirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi (bundan buyon matnda KRMB) - mobil aloqa tarmoqlarida ko‘chirilgan 
    abonent raqamlari to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan, ushbu shartnomada belgilanadigan maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan 
    maʼlumotlar bazasini boshqaruvchi apparat-dasturiy kompleks. 
    Operator(provayder) Donor – mobil aloqa tarmog‘idan abonent raqami ko‘chiriladigan mobil aloqa operatori. 
    Operator (provayder) Retsipient – mobil aloqa tarmog‘iga abonent raqami ko‘chiriladigan mobil aloqa operatori. 
    2. Shartnoma predmeti 
    2.1. Operator o‘z tarmog‘ining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda Abonentga Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatini 
    oladi, Abonent esa, Aloqa xizmatlari haqini Shartnomada belgilangan shartlarda va tartibda to‘lash majburiyatini oladi.
    2.2. Aloqa xizmatlari ko‘rsatish uchun Abonentga Ro‘yxatga olish blankida (Ro‘yxatga olish blanklarida) ko‘rsatilgan abonent 
    raqami (abonent raqamlari) beriladi.
    2.3. Tarif rejalarining shartlari, Alohida xizmatlar to‘plamlarini va boshqa xizmatlarni taqdim etish shartlari va tartibi, shu 
    jumladan, Alohida toifadagi Abonent raqamini berish shartlari va tartibi Operator tomonidan belgilanadi hamda Operator 
    ofislarida, Operator Veb-saytida va/yoki ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladi.
    3. Shartnomani tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi 
    3.1. Shartnoma tuzish uchun Abonent Operatorga o‘zining shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasini taqdim etadi. Operator 
    Abonentning quyidagi Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov beradi: 
    - familiyasi, ismi, otasining ismi; 
    - tug‘ilgan sanasi; 


    - yashash manzili (doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzili); 
    - fuqaroligi; 
    - shaxsni tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari: seriyasi, raqami, berilgan sana, kim tomonidan berilgani, JShShIR; 
    - aloqa uchun telefon raqami; 
    - elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa). 
    Operator o‘zining dasturiy-apparat vositalaridan foydalangan holda Abonent ma’lumotlariga ishlov beradi.
    3.1.1. Abonentning Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish Operator tomonidan, shuningdek Operatorning topshirig‘iga ko‘ra ish 
    tutayotgan uchinchi shaxslar tomonidan quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: 
    - Aloqa xizmatlari uchun debitorlik qarzini undirish; 
    - Ro‘yxatga olish blanklari va Shartnomaga oid boshqa hujjatlarni saqlash; 
    - Abonentning bo‘nak tarzida kiritgan pul mablag‘larini qaytarish; 
    - Operator yoki Abonentning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish hamda Shartnomani ijro etish bilan uzviy bog‘liq 
    bo‘lgan boshqa hatti-harakatlarni bajarish
    - Operator O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi uchun. 
    3.1.2. Abonent quyidagilarga o‘z roziligini beradi: 
    - Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, tizimga solish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, qo‘llash, berish, tarqatish, topshirish, 
    shaxssizlantirish, chiqarib olish, nusxa olish va yo‘q qilish yo‘li bilan Operator Abonentning Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov 
    berishi; 
    - yuqorida aytilgan Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish to‘g‘risida uchinchi shaxslarga topshiriq berilishi, shuningdek Abonent 
    to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularga ishlov berilishi uchun uchinchi shaxslarga berilishi, jumladan uchinchi shaxslar abonentlarga 
    xizmat ko‘rsatishi uchun ularga ma’lumotlar berilishi. 
    Ushbu bandga muvofiq berilgan rozilik shunday rozilikni olish zarurati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy 
    hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarga taalluqlidir. 
    Abonentning Shaxsiy ma’lumotlari va Abonent haqidagi axborot bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni, shu jumladan 
    telekommunikatsiya siri hisoblanuvchi ma’lumotlarni huquqni muhofaza qilish organlarining hamda boshqa davlat organlarining 
    so‘roviga ko‘ra taqdim etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    3.2. Abonent bilan Operator o‘rtasida Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi Shartnoma yozma yoki elektron shaklda Operator 
    Ofislarida yoki Operator Dilerining Ofislarida, Taraflar Ro‘yxatga olish blankini imzolashi yo‘li bilan tuziladi.
    Elektron shaklda shartnoma tuzishda, Abonentning shaxsini aniqlash uchun Operator tegishli axborot resurslari orqali Abonent 
    tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlaridan foydalanadi. 
    3.3. Tararflar tomonidan Ro‘yxatga olish blankini imzolash ushbu Shartnomani tuzish vaqti hisoblanadi, shuningdek ushbu 
    Shartnomani tuzish uchun elektron ariza yuborilganda Operator tegishli axborot resurslari ma’lumotlaridan foydalanadi. 
    3.4. Yuqoridagi usullar orqali shartnoma imzolar ekan, Abonent quyidagilarni tasdiqlaydi:
    a) Operator bilan Shartnomani ixtiyoriy ravishda, to‘la-to‘kis tuzayotganligi hamda uning barcha shartlarini biron-bir chegirishlar, 
    istisnolar va/yoki cheklovlarsiz batamom qabul qilayotganligi;
    b) Ko‘rsatilgan Tarif rejasining shartlari, shuningdek Alohida xizmatlar to‘plamlari yoki boshqa Aloqa xizmatlarining shartlari, 
    jumladan Alohida toifadagi abonent raqamini berish shartlari va tartibi bilan tanishganligi hamda ularga roziligini bildiradi.
    3.5. Dastlabki bo‘nak to‘lovi 3 (uch) kalendar kun mobaynida kiritilmasa, bu holat Abonent Shartnomani rad etganligini bildiradi.
    Basharti Dastlabki bo‘nak to‘lovi belgilangan muddat mobaynida to‘liq hajmda kiritilmagan bo‘lsa, qisman kiritilgan summa 
    ushbu Shartnomaning 7.12-bandida ko‘zda tutilgan tartibda qaytarib beriladi.
    3.6. Shartnoma shartlariga o‘zgartishlar Operator tomonidan bir tomonlama tartibda, tegishli axborotni Operatorning Veb-saytida 
    joylashtirish, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan, shuningdek Operatorga maqbul boshqa usullarda kiritiladi.
    Abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgargani munosabati bilan Shartnomaga o‘zgartishlar Operator tomonidan qo‘shimcha haq 
    undirmasdan kiritiladi.
    3.7. Abonent Shartnomani o‘zi istagan vaqtda bir tomonlama tartibda bekor qilishga haqli. Lekin Abonent bu haqda Operatorni 
    kamida 10 (o‘n) ish kuni oldindan xabardor qilishi hamda Aloqa xizmatlari uchun Operator oldidagi mavjud qarzini uzishi shart.
    3.7.1. Shartnoma bekor qilingandan keyin Аbonent raqamini Operator tarmog‘idan Operator (provayder) retsipientning tarmog‘iga 
    ko‘chirishda abonentning shaxsiy hisob varag‘idagi mablag‘larni qaytarish Operator tomonidan ushbu shartnomaning 7.12. 
    bandiga muvofiq amalga oshiriladi. 
    3.8. Operator quyidagi hollarda Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishga haqli:
    a) Abonent Bo‘nak to‘lovini Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘xtatilgan sanadan boshlab surunkasiga 60 (oltmish) kun mobaynida 
    amalga oshirmaganda (qarzni so‘ndirmaganda);
    b) ijro uchun imkoniyat bo‘lmaganda (Operator tarmog‘iga kirish imkonini berishning yoki Abonent so‘ragan Aloqa xizmatlarini 
    ko‘rsatishning Texnik imkoniyatidan maxrum bo‘linganda);
    v) Abonent Shartnomada belgilangan Aloqa xizmatlaridan, xususan GSM-shluzlardan foydalanish qoidalarini buzganda. Bunda 
    Abonent Operatorga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini oladi;
    g) Abonent vafot etganda;
    d) davlat organining hujjati qabul qilinib, buning oqibatida Taraflar o‘z majburiyatlarini bajarishlari imkonsiz bo‘lib qolganda;
    e) Abonent 90 (to‘qson) kalendar kun mobaynida mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish huquqini beruvchi tranzaksiyalarni 
    amalga oshirmaganda; 
    j) Abonent Operator tarmog‘ida ovozli trafik uzatilishi tartibini buzganida; 
    z) Shartnomada va (yoki) qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda.


    3.9. Shartnoma bekor qilingan vaqtdan boshlab, Taraflarning majburiyatlari amaldan to‘xtatilgan hisoblanadi, faqat Shartnoma 
    bekor qilingan vaqtgacha ko‘rsatilgan, lekin haqi to‘lanmagan Aloqa xizmatlarining haqini to‘lash borasidagi Abonent 
    majburiyatlari bundan mustasno. 

    Download 309,25 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi

    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish