6.2.8. SIM-kartaning/eSIM uchun QR-kod ko‘rinishidagi identifikatsiya profilining dublikatlarini tayyorlamaslik, shuningdek
uchinchi shaxslar tomonidan shunday harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Abonent bu majburiyatni bajarmagan taqdirda,
uning aybi bilan Operator va u bilan bog‘liq shaxslar ko‘rgan zararlarni Abonent to‘lashga majbur bo‘ladi.
6.2.9. Maxfiy so‘z to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmasligi va sir saqlanishini ta’minlash. Maxfiy so‘z vositasida amalga oshirilgan
har qanday xatti-harakat Abonentning o‘zi – maxfiy so‘z egasi tomonidan sodir etilgan hisoblanadi. Maxfiy so‘zni tiklash,
o‘zgartirish yoki undan voz kechish uchun Abonent Operator ofisiga shaxsan murojaat qilishi shart. Maxfiy so‘z bekor qilingan
hollarda Abonentning shaxsni tasdiqlovchi hujjati asosida xizmat ko‘rsatiladi.
6.2.10. Abonent raqamidan GSM-shluzlarda foydalanilgan taqdirda vakolatli davlat organlari Abonent raqamidan GSM-shluzlarda
foydalanilgani uchun Operatordan undirgan jarima summasi Abonent tomonidan to‘liq qoplanishi kerak.
6.2.11. Abonent raqami (SIM-karta/ eSIM) bilan ishlatiladigan abonent qurilmasining turini ko‘rsatish.