|
GPRS – (General Packet Radio Service) –Bog'liq Oferta UZ6.23GPRS – (General Packet Radio Service) – ma’lumotlarni radiokanal orqali to‘plam tarzida jo‘natish aloqa xizmati.
SMS (Short Message Service) – Abonentga qisqa matnli xabarlarni Abonent qurilmasi orqali (undan foydalangan holda) yuborish
va olish imkonini beruvchi Aloqa xizmati.
SIM-karta (Subscriber Identity Module) – mikrosxema o‘rnatilgan identifikatsiya moduli bo‘lib, uning yordamida Abonent
qurilmasi identifikatsiyalanishi, u mobil aloqa tarmog‘iga kirishi, shuningdek abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya
ta’minlanadi. SIM-karta turli Abonent qurilmalariga o‘rnatilganida Abonentning tarmoqdagi barcha qaydlari va unga berilgan
Abonent raqami saqlanib qoladi.
eSIM (embedded SIM) – abonent qurilmasini virtual identifikatsiyalash moduli. Uning yordamida abonent qurilmasi
identifikatsiyalanishi, uning mobil aloqa tarmog‘idan foydalanish imkoniyati, shuningdek abonent raqamidan ruxsatsiz
foydalanish istisno etilishi ta’minlanadi.
Abonentning SIM-kartasi/eSIM bilan bajarilgan barcha xatti-harakatlar Abonent nomidan amalga oshirilgan hisoblanadi.
GSM-shluz – ko‘p yoki bitta kanalli mobil qurilma hamda dasturiy-texnik vosita. U internet tarmoqqa, umumiy foydalanishdagi
statsionar tarmoqqa va/yoki mobil operator tarmog‘iga ulanadi hamda quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
- VoIP kanalidan har qanday kiruvchi xalqaro qo‘ng‘iroqlarni GSM tarmoqning kanallaridan biriga qayta yo‘naltirish;
- chaqiruv/SMSni tarmoq ichidagi chaqiruv/SMS sifatida yoki O‘zR hududida bo‘lgan boshqa tarmoqlarga chaqiruv/SMS sifatida
tariflash uchun SIM-karta/eSIM yoxud raqamdan foydalangan holda kiruvchi xalqaro/mahalliy SMS (bir martalik parol – OTR,
verifikatsiyalash SMSlari va h.k.)ni qabul qilish va qayta jo‘natish.
Abonent raqamining ko‘chib o‘tishi, MNP (Mobil Number Portability) – mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi
asosida donor tomonidan abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori (retsipiyent) bilan yangi shartnoma
tuzishda saqlash va undan foydalanish uchun amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
|
| |