Operator uchinchi taraf yetkazib bergan va Operator tomonidan tavsiya qilinmagan amaliy dasturiy ta’minot to‘g‘ri
ishlashini
kafolatlamaydi, “Internet” tarmog‘ida o‘rnatilgan ma’lumotlar serverlarining doimiy ishlashi hamda Abonent qurilmasidagi
amaliy dasturiy ta’minot bunday serverlarning dasturiy ta’minoti bilan uyg‘unlikda ishlashi uchun javob bermaydi.
4.12. Abonent Aloqa xizmatlaridan Shaxsiy maqsadlardagina foydalanishi shart. Bunda Abonentga quyidagilar taqiqlanadi:
a) Abonent raqami yoki Alohida toifadagi abonent raqamidan lotereyalar, ovoz berishlar,
tanlovlar, viktorinalar, reklama,
so‘roqlash tadbirlari, ommaviy xat jo‘natishlarda, qat’iy belgilangan aloqa, Internet-telefoniya tarmoqlariga
kirish shluzlarini
o‘rnatishda hamda Abonent uskunasining va/yoki aloqa qurilmalarining ish qobiliyati buzilishiga olib keluvchi boshqa tadbirlarni
o‘tkazishda foydalanish;
b) SIM-kartani uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berish, jumladan GSM-shluzlar orqali va/yoki unga bir yoxud bir nechta
telefon apparatini ulash imkonini beruvchi boshqa qurilmalar yoki tashqi mini-ATS liniyasi orqali ulanish imkoniyatini berish;
v) o‘zining Abonent qurilmasidan dasturiy ta’minotni tarqatish maqsadida Aloqa xizmatlaridan foydalanish, IP-manzillarni hamda
abonent raqamlarini soxtalashtirish, Operator va/yoki Operator bilan bog‘liq uchinchi shaxslarning tarmog‘i normal ishlashiga
to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlarni sodir etish, Aloqa xizmatlaridan tijorat maqsadlarida, GSM-shluzlarda va qat’iy belgilangan
aloqa tarmog‘iga, Internet-telefoniyaga kirish shluzlarida foydalanish.
SIM-kartadan/eSIM uchun QR-kod ko‘rinishidagi identifikatsiya profilidan uchinchi shaxslar yoki Abonent bilan o‘zaro bog‘liq
shaxslar foydalanganligi Abonentni Shartnoma bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilmaydi;
g) ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini Operatorning roziligisiz uchinchi shaxslarga berish (ular foydasiga
voz kechish).