Operatorning huquq va majburiyatlari




Download 309,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana12.02.2024
Hajmi309,25 Kb.
#154870
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Oferta UZ6.23

5. Operatorning huquq va majburiyatlari 
5. Operatorning huquq va majburiyatlari 
5.1. Operator quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1. Yangi Tarif rejalari (Xizmatlar)ni joriy etish va (yoki) Xizmatlar ko‘rsatish (Tariflar)ning amaldagi shartlariga ushbu 
Shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda o‘zgartishlar kiritish orqali Aloqa xizmatlari ko‘rsatishning, shu jumladan Tarif rejalarining 
shartlarini belgilash. 
5.1.2. Abonent Shartnoma shartlarini, jumladan Aloqa xizmatlari haqini to‘lash muddatlarini buzgan hollarda, Abonent GSM-
shluzlardan foydalanayotgani belgilarini mustaqil ravishda yoki boshqa operatorlarning ma’lumotlari asosida aniqlagan taqdirda 
Aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini to‘xtatib qo‘yish. Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bu xizmatlar haqini to‘lash muddatlari buzilgani 
uchun to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, Abonentning Shaxsiy hisobvarag‘ida salbiy balans yuzaga kelgan vaqtdan boshlab 60 kalendar 
kun mobaynida qarz uzilgan taqdirda Aloqa xizmatlari yana taqdim etila boshlanadi.
5.1.3. Abonentning Shaxsiy (elektron) hisobvarag‘idagi mavjud pul mablag‘larini Abonentning boshqa barcha Shaxsiy (elektron) 
hisobvaraqlaridagi qarzdorlikni so‘ndirish uchun chiqarib olish.
5.1.4. Radiotelefon orqali ulanishning maksimal davomiyligini (cheklovni) belgilash.
5.1.5. Operatorda Abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi va/yoki Abonent raqamini ulashda imzolanadigan 
hujjatlarning asl nusxasi, maxsus tarif rejalari ulanayotganda zarur bo‘ladigan hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, chiquvchi 
qo‘ng‘iroqlar (favqulodda va ma’lumot qo‘ng‘iroqlaridan tashqari), kiruvchi qo‘ng‘iroqlar, internet, SMSni bloklash orqali 
xizmatlar ko‘rsatilishini qisman yoki to‘liq to‘xtatish. Bunda Abonent 10 kalendar kun oldin SMS jo‘natish orqali xabardor 
qilinadi. 
Abonent SMS xabarni olganidan so‘ng 10 kun ichida Shaxsiy ma’lumotlari va hujjatlarini yangilash uchun Operatorning ofisiga 
murojaat qilishi shart. Operator Abonent yuqorida ko‘rsatilgan SMS xabarni olmaganligi uchun javobgar sanalmaydi. 
5.1.6. Operator quyidagi hollarda abonentga abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori (provayderi) tarmog‘iga o‘tkazishni 
rad etishga haqli: 
- abonentning operator oldida tariflar va/yoki xizmatlar bo‘yicha qarzlari bo‘lganda, “rouming” xizmati bundan mustasno; 
- abonent shaxsiy ma’lumotlarining ishonchsizligi holatida. Bunda ishonchlilik KRMBdan so‘rovda kelib tushgan shaxsiy 
ma’lumotlarning donor va abonent o‘rtasidagi mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan 
ma’lumotlar bilan mosligi bilan aniqlanadi;
- blokirovka holatda bo‘lsa; 
-abonentda Operator oldida mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatish Shartnomasi bo'yicha majburiyatlari bo‘lganda; 
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 
5.2. Operatorning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
5.2.1. Ushbu Shartnoma amal qiladigan davr uchun Abonentga Abonent raqami va (yoki) Alohida toifadagi Abonent raqami, SIM-
karta/eSIM uchun QR-kod ko‘rinishidagi identifikatsiya profilini taqdim etish. 
5.2.2. Abonentga sifati vakolatli organlar belgilaydigan parametrlarga (ulanish, ma’lumot jo‘natish, aloqani uzish borasida), 
shuningdek Operator tarmog‘ida qo‘llaniladigan standartning texnik normalariga mos keluvchi Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish.
5.2.3. Abonent O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan vaqtda unga Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish.
5.2.4. Abonentga Operator ko‘rsatadigan Aloqa xizmatlari haqida to‘g‘ri axborot berish.
5.2.5. Aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.
5.2.6. Abonentga qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda axborot-ma’lumot xizmatlarini ko‘rsatish. 
5.2.7. Operator O‘zbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning boshqa aloqa operatorlari bilan tegishli Shartnomalar tuzgan 
bo‘lsa, Abonentga bu tarmoqlar abonentlari bilan radiotelefon orqali ulanishni ta’minlash. Ushbu shart faqat Abonent mazkur 
xizmatni mustaqil faollashtirgan taqdirda yoki agar bu xizmat Abonent tanlagan Tarif rejasiga kiritilgan bo‘lsa, kuchga egadir.


5.2.8. Aloqa xizmatlari haqi to‘lanmagani uchun Operator tarmog‘idan uzib qo‘yilgan Abonentni uning Shaxsiy hisobvarag‘ida 
salbiy balans yuzaga kelgan vaqtdan boshlab 60 kalendar kun ichida foydalanilgan Aloqa xizmatlari haqini to‘lashga doir qarzlar 
tugatilib (so‘ndirilib), Abonent tanlagan Tarif rejasiga muvofiq miqdorda bo‘nak to‘lovi kiritilgach, Operator tarmog‘iga ulash.
5.2.9. Abonentning Shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash choralarini ko‘rish hamda Abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxfiyligini 
ta’minlash borasida qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya etish.
5.2.10. Abonentga shoshilinch tezkor xizmatlarni kecha-kunduz bepul chaqirish imkonini berish, shuningdek mobil aloqa tarmog‘i 
qo‘llanilayotgan standartning texnik normalariga muvofiq radioqamrov hududida ishlashini ta’minlash.
Tarmoqning radioqamrov hududi, bu – Aloqa xizmatlari ko‘rsatishning texnik imkoniyatlari mavjudligi Operator tomonidan 
tasdiqlangan hududdir. 
5.2.11. Аbonent belgilangan tartibda raqam ko‘chirish xizmatidan foydalanganda abonent raqamining (MNP) Donori yoki 
Retsipient bo‘lish. 

Download 309,25 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 309,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Operatorning huquq va majburiyatlari

Download 309,25 Kb.
Pdf ko'rish