Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU
Qarshi filiali
ATS-12-23 guruh talabasi Yaxshiboyeva
Sevaraning O'zbekistonning eng yangi tarixi
fanidan tayyorlagan 3-
Bajardi:
Yaxshiboyeva S
Qabul qildi:
Tursunov A
Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar.
Reja:
1. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini оqilоnа joylashtirishning asosiy mеzоni
– mehnat sаrfini mаksimаl darаjаda tejash.
2. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish
3. Sanoat sohasidagi o’zgarishlar.
Mamlakat hududi bo‘yicha qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini jоylаshtirilishini
baholаsh uchun bu jarayon ta’sirida yuz beradigan asosiy omillarni аjrаtish kerak.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini оqilоnа jоylаshtirish asosiy tur mahsulotlarning
hаjmini ko‘paytirish va agrosanoat kоmplеksining barcha tarmoqlarida iqtisodiy
samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Iхtisоslаshtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar
mahsulotlari ishlab chiqarishning аsоsi hisоblаnаdi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishining iхtisоslаshtirish yo‘nаlishi ularda yеtishtirilgan tovar
mahsulotining strukturаsiga qаrаb аniqlаnаdi. Birinchi guruhga qоidaga asosan
tarkibida bittа tarmog‘i bo‘lib, uning tovar mahsulot strukturаsidagi ulushi 90-100
fоizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kirаdi (pаrrаndachilik fаbrikаsi, bug‘dоychilik
kоmplеkslari, pаrnik va tеplitsа, mеva ko‘chаti yеtishtirish va shunga o‘хshаsh
xo‘jaliklar). а) Tarkibida bittа asosiy tarmoq bo‘lib, uning tovar mahsulotidan
nisbаti 50 % dan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kirаdi (pахtаchilik, chorvachilik,
pаrrаndachilik xo‘jaliklari); b) Tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning hаr
biri tovar mahsulotidagi nisbаti 20 % dan kаm bo‘lmаy, birgalikda tovar
mahsulotining yarmidan ko‘prоq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kirаdi (dоn-
pахtаchilik, dоn-chorvachilik, sаbzаvоt-sutchilik, bоg‘dоrchilik-uzumchilik); с)
Tarkibida uchtа asosiy tarmoq bo‘lib, ularga xo‘jalik tovar mahsulotining to‘rtdan
uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nеchtа yordamchi tarmoqlar bo‘lgan
xo‘jaliklar kirаdi (dоn-pахtа-chorvachilik, dоn-kаrtоshkа-chorvachilik va hоkаzо).
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi
vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan agrar tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli
dasturi quyidagi eng muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 1. Agrar sohada
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mulkiy munosabatlar va xo‘jalik
yuritish shakllarini takomillashtirish borasida barcha sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro
iqtisodiy munosabatlarni bozor tamoyillari asosida amalga oshirish, shartnomaviy
majburiyatlarning bajarilishida tomonlar mas’uliyatini oshirish. 2. Qishloq
xo‘jaligida yerdan foydalanish mexanizmini takomillashtirish va samarali
foydalanishni rag‘batlantirish yo‘nalishi bo‘yicha tuproq unumdorligini yaxshilash
va meliorativ holatini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish
maqsadida barcha hududlarda qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish,
unumdorligi past yer maydonlari salmog‘ini kamaytirish. 3. Suv xo‘jaligi tizimini
takomillashtirish, yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash maqsadida suv
xo‘jaligi tizimida moddiy va ma’naviy eskirgan irrigatsiya-melioratsiya tizimini
yangilash, uning samaradorligini oshirish, yangi sug‘orish texnologiyalari va suvdan
foydalanish mexanizmlarini joriy etish, yer maydonlari meliorativ holatini
yaxshilash, drenaj tarmoqlarini qurish va ta’mirlash tadbirlarini amalga oshirish. 4.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini viloyatlar va tumanlarning tabiiy-iqlim
sharoitlarini hisobga olgan holda joylashtirish, mahsulotlar sifati va ekinlar
hosildorligini oshirishga alohida e’tibor qaratish. Tadbirkorlik faoliyatining qishloq
xo‘jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agro biznes
tushunchasiga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmat
ko‘rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib satganda, agrobiznes
agrar iqtisodiyot integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining
barcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol
bozorini etarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo
bilan uzluksiz taminlash orqali foyda ko‘rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy
shakli va birlamchi bo‘g‘ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Chunki ular bevosita
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z yerida yoki
ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermer yoki
dehqonning o‘zi va oila azolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan
foydalanishi ham mumkin. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kontsentratsiyalash
deganda ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarish kuchlarining yirik
korxonalаrga to‘plаnishini bildirаdi. Kоntsеntrаtsiyani chuqurlаshtirish – yirik
ishlab chiqarishning mаydalari оldida ustunligi haqidagi аmаldagi iqtisodiy qоnunga
bog‘liq ob’yektiv jarayon. Yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarida qishloq xo‘jaligi
ekinlari hosildоrligi va chorvachilik mаhsuldоrligi yuqori bo‘ladi, mahsulot birligiga
kamroq xom-ashyo sаrflаnаdi, unga ketadigan mehnat sаrfi va tаnnаrх pаstrоq,
ishlab chiqarish rеntаbеlligi esa balandroq ko‘rsatkichni tashkil etadi. Аmmо
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yiriklаshtirish chеksiz davоm etmаydi: ishlab
chiqarish kuchlarining hаr bir bosqichdagi rivojlanishida chеgarаlar mavjud va
bunda kоntsеntrаtsiyaning samaradorligi keskin pаsаyadi. Yirik ishlab chiqarishning
mаydalariga nisbаtаn ustuvоrligi qоnuni qishloq xo‘jaligida mutlоq ahamiyatga ega
emаs. Iхtisоslаshtirish va kontsentratsiyalash аgrosanoat ishlab chiqarishi
samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsаtаdi. Ko‘pginа оlimlar tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotlar
natijasiga
ko‘ra,
ishlab
chiqarishda
ixtisoslashuv
va
kontsentratsiyalashni mа‘lum (оptimаl) darаjаgachа chuqurlаshtirish iqtisodiy
samaradorlikning оshishiga yordam beradi. Rivojlangan mamlakatlar tаjribаsi shuni
ko‘rsаtаdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida fаqаt yirik fermer xo‘jaliklari samarali
faoliyat ko‘rsаtаdi. Ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy ishlab
chiqaruvchilari hisоblаnаdi. Masalan, АQSHda yirik fermalar (yillik mаhsulоt
rеаlizаtsiya qilish hаjmi 250 ming dоllardan yuqori) bаrchа fermer xo‘jaliklari
sоnining 5,3 foizini tashkil etib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hаjmining 50 foizga
yaqinini ta’minlaydi. Ularning ishlоv berilаdigan yerdagi va kapital qiymаtidagi
ulushi mоs rаvishda 24,7 va 22,1 foizga tеng. Hammа fermer xo‘jaliklarining 80,4
foizini tashkil etuvchi mаyda fermalarga 100 ming dоllargachа rеаlizаtsiya qilingan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 25 foizdan kаmrоg‘i to‘g‘ri kеlаdi. Ular ishlоv
berilаdigan hammа yerning 47,7 foizini bаnd qiladilar va kapitalning umumiy
qiymаtidan 54,1 foizga egalar. Bu mahsulotlar АQSH qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarishni kontsentratsiyalash yuqori darаjadaligidan dalolat beradi. Fikrimizcha,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yagоnа texnologiya asosida ishlab chiqarish, sаqlаsh
va
qayta
ishlаshga
iхtisоslаngan
yirik
аgrosanoat
korxonalarida
intеgrаtsiyalаshmаganlariga nisbаtаn iqtisodiy samaradorlik yuqori. Ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga yеtishtirilgan hammа mahsulotlar, shu jumlаdan,
nоstаndart, tеz buzilаdigan va trаnspоrtirоvkаsi kаm bo‘lganlaridan ham оqilоnа
foydalanish imkоnini beruvchi qayta ishlоvchi tsех va sаqlаsh оmbоrlarining
mavjudligi sеzilarli ta’sir qiladi. Bundan tashqari, аgrosanoat korxonasida yil
davоmida ish kuchidan аnchа оqilоnа foydalаnilаdi. Xulosa qilib aytganda,
аgrosanoat intеgrаtsiyasi asosida ishlab chiqarishni kеlgusida iхtisоslаshtirish va
kontsentratsiyalash mahsulot ishlab chiqarishni sеzilarli oshirish, tаnnаrхni
pasaytirish, uning sifatini оrttirish, mehnat unumdorligini yuksаltirishga xizmat
qiladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilganlarni inobatga olib, ekin maxsulotlari
yetishtiriladigan hudud tuproqlarida mikroelementlarning o’zlashtiriladigan
miqdorlari, mikroelementlarning turli shakl va manbalarini, kuzgi va qishki
ekinlarga bo’lgan maksimal darajadagi talabini aniqlash, shu asosda yuqori
agroiqtisodiy samaradorlikka erishish shu kunning dolzarb masalalaridan
hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini
joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi,
natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi
iqtisodiyotining
rivojlanishida
o`z
aksini
topdi.
Ishlab
chiqarishni
diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq
xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-
tadbirlarning
amalga oshirilishi natijasida
, so`nggi yillarda sohada yuqori
sur`atlarga erishildi.
Iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar sohadagi uzgarishlarga g‘oyat katta
ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi,
iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda xayotiy muhim muammolarni
hal qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Hozir iqtisodiyotning
Ayni agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish deganda - mamlakatning ayrim iqtisodiy
hududlari, tuman va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab
yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi. Kishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish
kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish,
mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning
malakasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘sishiga, mehnat vositalari va
buyumlaridan ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib
beradi. Ixtisoslashtirish darajasini chuqurlashishi jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi takomillashadi va bu o‘zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir qatorda
6utun qishloq xo‘jaligini iqtisodiy samaradorligini oshishiga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish ma’lum
darajadagi
qonuniyatlar
asosida
amalga
oshiriladi:
Bozor talablarini hisobga olish, Ishlab chiqarish resurslaridan to‘la foydalanish,
Mahsulot
ishlab
chiqarishni
talab
joylarni
yaqinlashtirish,
Hududlarni
o‘z-o‘zini
oziq-ovqat
bilan
ta’minlash,
Mamlakatni iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, Xalqaro mehnat taqsimotini
hisobga olish. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish mamlakatning ayrim hududlari,
viloyat, tuman, xo‘jalik va ularning bo‘limlari miqyosida amalga oshiriladi. Shu
boisdan
ixtisoslashishning
quyidagi
shakllari
mavjuddir:
1) Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish
2) Xo‘jaliklararo ixtisoslashish
3) Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashish
4)Tarmoq ichidagi ixtisoslashish
Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish- bu mamlakat viloyat va qishloq xo‘jaligi hududlari
va boshqa shu kabi ma’lum territorial birliklarniig ixtisoslashishidir.
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish deganda xo‘jalik va boshqa qishloq xo‘jaligi
korxonalarini ma’lum qishloq Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashtirish - bu xo‘jalik ichki
bo‘linmalarida, kichik jamoa guruhlarini, fermalarni ma’lum qishloq xo‘jaligi
mahsuloti
yetishtirishga
ixtisoslashishi
tushuniladi.
Tarmoqlar ichidagi ixtisoslashtirish deganda xo‘jaliklar va ularning bo‘linmalarini
pirovard mahsulot ishlab chiqarishni texnologik bosqichlar bo‘yicha moslanishiga
aytiladi. Bunda ishlab chiqarish jarayonlari, o‘zicha alohida bo‘lgan xo‘jaliklar va
ularning bo‘linmalari o‘rtasida farqlanadi. Bu turdagi ixtisoslashish hozirda ayniqsa
parrandachilikda,
sut
va
go‘sht
qoramolchiligida
keng
tarqalgan.
Ixtisoslashtirish deganda korxona faoliyatini asosan biror tur (yoki tor doirada bir
necha tur) mahsulot yetishtirishga qaratilishi, yetishtiriladigan mahsulotlar tarkibida
shu mahsulot salmog‘ining asosiy o‘rin egallashi tushuniladi. U yoki bu qishloq
xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo‘jaligi korxonasi, balki butun
bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish to‘rtta turga bo‘linadi (5-chizma):
- hududiy (zonal)
ixtisoslashuv
;
- xo‘jaliklararo ixtisoslashuvi;
- ichki xo‘jalik ixtisoslashuvi;
- tarmoq ichida ixtisoslashuv.
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi
zonalari yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Bir zona yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmada joylash-gan qishloq xo‘jaligi
korxonalarining tovar ishlab chiqarishi
Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi
korxonalari
(fermer, shirkat
xo‘jaligi) o‘rtasidagi mehnat
taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining (fermer, shirkat xo‘jaligining) tovar ishlab
chiqarishi
Ichki xo‘jalik ixtisoslashtirish
Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari yetishtirish maqsadida korxonaning ishlab
chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab
chiqarishi
Tarmoq ichida ixtisoslashuv
Qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning bo‘linmalari o‘rtasida biror turdagi
mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning bir qismini
bajarishga
ixtisoslashgan
mehnat
taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab
chiqarishi
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar ifoda etadi:
korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu
turdagi mahsulotning salmog‘i;
korxona yalpi mahsulotini tarkibi;
yer
maydoni,
ekin
maydoni
tarkibi,
chorva
va
poda
tarkibi;
ishchi
kuchlari
va
mehnat
sarfining
tarkibi
va
taqsimlanishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga
ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv
darajasini ko‘rsatish mumkin:
Bu yerda:
Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;
Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda;
YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi
mahsulot qiymati
, ming so‘mda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. Cho‘l
zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan
sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar
qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan
korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan
yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi
infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir.
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va g‘alla
yetishtirishning strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va
g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo‘nalishidagi
qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla yetishtirishga
ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-
avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi
mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘i
va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi
egallagani
bilan
mashhur.
Ixtisoslashuv tushunchasi eng avvalo korxonaning tarmoq tarkibini shakllantiruvchi
asosiy
omil
hisoblanadi.
Qishloq
xo‘jaligida
turli-tuman
mahsulotlarni
yetishtirish
jarayonlari
qo‘llanilayotgan mehnat qurollari, mahsulot yetishtirish usuli, mehnatni tashkil
qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun - qo‘llanilayotgan
vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati hamda
mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan ishlab
chiqarishning bir qismiga tarmoq deb aytiladi. Qishloq xo‘jaligidagi tarmoqlar
asosan ikkita katta guruhga: o‘simlikchilik va chorvachilikka (6-chizma) bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- asosiy tarmoq;
- yordamchi tarmoq;
- xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq;
- qo‘shimcha tarmoq.
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi
hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish
yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi.
Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik,
chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar
yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va aniqlanadi.
O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish tarmoqlari
asosiy,
yordamchi
va
xizmat
qiluvchilarga
bo‘linadi.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
Reja:
1. Inson huquqlari sohasida taraqqiyot.
2. Inson huquqlari sohasidagi kamchiliklar
3. Milliy strategiyaning maqsad va vazifalari
Inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar
murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha qabulxonalari alohida o'rin egallamoqda.
Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun
oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini
ta'minlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil
sudlovga bo'lgan ishonchini oshirish, «Xabeas korpus» institutini kengaytirish,
tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmui qabul
qilindi.
Inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda, nizolarni sudgacha hal qilishda va
taraflarni yarashtirishda
advokatlarning
vakolatlari
sezilarli
darajada
kengaytirilmoqda.
Sudlarda ishlarni ko'rib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash uchun
«Elektron odil sudlov» tizimi joriy etildi. Aholiga bepul yuridik yordam ko'rsatish
tizimi, shuningdek, Advice.uz huquqiy ma'lumotlar tizimining imkoniyatlarini
kengaytirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar xizmatini ko'rsatuvchi
«Madad» nodavlat notijorat tashkilotini qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar
qabul qilindi.
Ma'muriy,
jinoiy,
jinoyat-protsessual
va
jinoyat-ijroiya
qonunchiligi
takomillashtirib
borilmoqda
hamda
insonparvarlik
tamoyiliga
yanada
moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni
jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Jasliq qo'rg'onida joylashgan ixtisoslashtirilgan
jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqelik bo'ldi. Qabul
qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida
saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi.
O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o'rinlarda – BMT) Inson
huquqlari ta'limi sohasidagi butunjahon dasturida faol ishtirok etmoqda. «Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasi» va BMTning Inson
huquqlari sohasida ta'lim va tarbiya to'g'risidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga
oshirish bo'yicha Milliy harakat dasturining ijrosi yuzasidan keng qamrovli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari,
ommaviy axborot vositalari, ta'lim muassasalari aholi orasida umuminsoniy
qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va rioya qilish tamoyillarini
ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini
ta'minlash jarayoniga keng jalb etilgan.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari va erkinliklari, fikr, so'z va vijdon erkinligini
ta'minlashda jamiyat va davlat boshqaruvidagi keng qamrovli tub o'zgarishlar katta
ahamiyatga ega. Parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlari
mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining parlament oldidagi mas'uliyati
sezilarli darajada kuchaytirildi. «Elektron parlament» va «Elektron hukumat» tizimi
rivojlantirilmoqda, davlat xizmatlarining turlarini kengaytirish, ularning
imkoniyatlari, sifati va tezkorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar qabul
qilinmoqda.
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini
kuchaytirish, «Xalq qonunlarning tom ma'noda yagona manbai va muallifi
hisoblanadi» hamda «Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida,
jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi» tamoyillarini amalga
oshirish bo'yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oliy Majlis palatalari tomonidan inson huquqlarining holati to'g'risidagi ma'ruzalar,
inson huquqlarini ta'minlashda xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar bilan
hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha milliy harakat rejalari («yo'l xaritalari»)ni
tasdiqlash amaliyotining yo'lga qo'yilishi qonun ijodkorligida yangi muhim qadam
bo'ldi.
O'zbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning
milliy mexanizmlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo'yicha tizimli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili
(ombudsman) va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi
faoliyati tubdan takomillashtirildi. Bola huquqlari bo'yicha vakil va O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil lavozimlari joriy qilindi.
Fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta'minlashning noyob tizimi
yaratildi. «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Yoshlar – kelajagimiz», «Besh
tashabbus» kabi 20 dan ortiq davlat ijtimoiy dasturlari va kontseptsiyalari amalga
oshirilmoqda. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni
ro'yobga chiqarish, inson taraqqiyoti bo'yicha yuqori indeksga ega bo'lgan
(intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning o'rtacha umr ko'rish davomiyligi)
davlatlar darajasiga erishishga, ijtimoiy sohaga innovatsiyalarni keng joriy etishni
ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Ta'lim va tarbiya sohasida keng ko'lamli tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025
yilga borib, 3–7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha ta'lim bilan qamrab
olishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi
hayotga joriy etilmoqda. 11 yillik maktab ta'limi tizimi qayta tiklandi. Bugungi
kunda davlat, nodavlat va xorijiy oliy o'quv yurtlarining soni ortib bormoqda.
O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi nufuzi oshirilmoqda hamda xalqaro
darajada «Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari» tamoyili asosida chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
Sog'liqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya
xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Eng asosiysi, mamlakatdagi o'rtacha
umr ko'rish darajasi 1990 yildagi 67,2 yoshdan 2020 yilga kelib 74,6 yoshga yetdi,
onalar o'limi bir yarim baravar hamda bolalar o'limi esa, to'rt baravarga kamaydi.
O'zbekiston iqlim o'zgarishlari bo'yicha Parij bitimiga qo'shildi, mamlakatda
Ekologik ta'limni rivojlantirish kontseptsiyasi amalga oshirilmoqda.
Kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar,
yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo'yicha ishlar tubdan qayta
ko'rib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash bo'yicha kontseptsiya qabul qilinib,
uning mazmunida oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari, ayollar va bolalar
huquqlarini himoya qilish masalalari o'rin oldi.
Gender tenglikni ta'minlash maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi.
Xususan, 2019 yilda qabul qilingan «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq
hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi, «Xotin-qizlarni tazyiq va
zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonunlar shular jumlasidan. Xotin-qizlar
uchun 197 ta Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va
moslashtirish, o'z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari, yoshlarni oilaviy
hayotga tayyorlash bo'yicha 200 dan ortiq innovatsion maktablar tashkil etildi.
Erkaklar va ayollar uchun nikoh tuzishning minimal yoshi o'n sakkiz yosh etib
belgilandi.
Xalqaro saylov standartlarini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston
Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinib, uning asosida 2019 yil 22 dekabrda
«Yangi O'zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida bo'lib o'tgan saylovlarda ilk bor
5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Saylovlarning ochiq-oydin, xalqaro standartlar
asosida o'tkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlat hamda 10 ta xalqaro
tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi, jumladan, birinchi marta Yevropada Xavfsizlik
va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha
byurosining to'laqonli missiyasi ishtirok etdi.
Mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelib, O'zbekiston fuqarosi degan huquqiy
maqomga ega bo'lmagan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning ana shu muammosi
hal etilib, ularni O'zbekiston fuqarolari sifatida tan olishning qonuniy choralari
ko'rildi. Propiska qilish tizimidan xabar berish xususiyatidagi ro'yxatdan o'tkazish
tizimiga o'tish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan investitsion loyihalar yangi
ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi,
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo'llab-quvvatlash hamda
ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi tashkil etildi.
«Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini
tubdan yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy
himoyasini kuchaytirish davlat hokimiyati organlarining bosh vazifalaridan biri
bo'lib qoladi.
O'zbekistonda vijdon erkinligi huquqini ta'minlash sohasida keng ko'lamli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 16 ta konfessiyaning 2
277 ta diniy tashkilotlari o'z faoliyatini olib bormoqda. «Jaholatga qarshi ma'rifat»
g'oyasini amalga oshirishga, diniy ta'lim va ma'rifat tizimini rivojlantirishga, diniy
xodimlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O'zbekiston xalqaro huquq sub'ekti sifatida o'z rivojlanishining yangi bosqichiga
ko'tarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining faol ishtirokchisi va yangi xalqaro
shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.
Iqtisodiy, siyosiy-huquqiy reytinglar va indekslardagi pozitsiyani yaxshilash,
mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish maqsadida xorijiy
reyting agentliklari bilan tizimli ravishda yaqindan hamkorlik aloqalari amalga
oshirilmoqda. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish
bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi.
BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida O'zbekistonning tashabbusi bilan
«Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilindi. O'zbekiston
BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqish
tashabbusini ilgari surdi.
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo'mitalari, inson huquqlari bo'yicha
maxsus ma'ruzachilar instituti bilan hamkorlik izchil ravishda rivojlanib bormoqda.
Jumladan, mamlakatimizga tashrif buyurgan BMTning Inson huquqlari bo'yicha
Oliy komissari, Inson huquqlari bo'yicha kengashining Din va e'tiqod erkinligi
hamda Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus
ma'ruzachilarining tavsiyalarini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
O'zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalari doirasida xalqaro
majburiyatlarini, shuningdek, ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilgan paxta
yig'im-terim kampaniyasi monitoringi yakunlari bo'yicha tavsiyalarni bajarishi, shu
jumladan, 2017–2020 yillarda O'zbekistonda munosib mehnat bo'yicha dasturning
amalga oshirilishi xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholandi.
BMT tashkil etilganidan buyon Osiyo mintaqasida birinchi marta tashkil etilgan
Inson huquqlari bo'yicha Osiyo forumi Samarqand shahrida bo'lib o'tdi.
Ushbu Forumda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining asosiy hujjatlaridan biri
sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul
qilindi. O'zbekiston parlamenti inson huquqlarining «Samarqand ruhi»ni amalga
oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi»ni tasdiqladi.
2019 yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari
bo'yicha Mustaqil doimiy komissiyasining VI yillik seminari o'tkazildi va uning
natijalari bo'yicha Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul
qilindi.
Mamlakatda inson huquqlari sohasida amaldagi holatni o'rganish natijalari,
shuningdek, BMTning shartnomaviy organlari, O'zbekistonga tashrif buyurgan
BMTning maxsus ma'ruzachilari, Universal davriy hisobot va boshqa xalqaro
mexanizmlar doirasida berilgan tavsiyalarning tizimli tahlili shuni ko'rsatmoqdaki,
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni
ta'minlash maqsadida sohada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
izchil davom ettirish talab etiladi.
Birinchidan, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini
ta'minlashning mexanizmlarini tartibga solishda hamda inson huquqlari bo'yicha
xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotiga implementatsiya
qilishdagi huquqiy bo'shliqlarni bartaraf etish zarur.
Ikkinchidan, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson
huquqlari sohasidagi faoliyatini o'zaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq
mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Shuningdek, inson huquqlari sohasida
O'zbekistonning xalqaro majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan parlament
va jamoatchilik nazoratini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish zarur.
Uchinchidan, inson huquqlari sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatini huquqiy tartibga solish, bu sohada zarur dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish
va amalga oshirishning aniq tartibini belgilash lozim.
To'rtinchidan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson
huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar normalarini qo'llash amaliyotini yanada
kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar
huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish hamda
shartnomaviy qo'mitalarning xabarlarini ko'rib chiqish yuzasidan qarorlarni
bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.
Beshinchidan, insonning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy huquqlari va
erkinliklarini ta'minlash kafolatlarini kuchaytirish, jumladan mazkur huquqlarni
poymol qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish talab etiladi.
Oltinchidan, jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining
shakllanishi, xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar tavsiyalarining to'liq bajarilishi
uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari
xodimlarining inson huquqlari bo'yicha malakasini oshirish ishlarini tizimli yo'lga
qo'yish zarur.
Shu munosabat bilan, quyidagi maqsad va vazifalar hamda asosiy yo'nalishlarni
nazarda tutuvchi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy
strategiyasini (keyingi o'rinlarda – Milliy strategiya) amalga oshirish alohida
ahamiyat kasb etmoqda.
MILLIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH BORASIDA AMALGA
OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
Reja:
1. Milliy xavfsizlikning asosiy manosi
2. O’zbekistonda havsizlik tashkilotlaring tashkil topishi
3. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol
qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni
buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubning bugun, 3 dekabr kuni
o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z
hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari”
mavzusidagi davra suhbatida aytib o‘tdi
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston demokratik taraqqiyot masalalari bilan
shug‘ullanadigan barcha xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, jumladan BMTning
Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari byurosi, BMTning konvensiyaviy organlari,
YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha oliy komissari
boshqarmasi va boshqalar bilan yaqindan, ochiq hamkorlik qiladi.
“Inson huquqlari bo‘yicha muloqot O‘zbekistonning muhim sheriklari, xususan
Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari bilan hamkorligi kun tartibiga kiritilgan.
Keng xalqaro ko‘mak bilan O‘zbekiston birinchi marta keyingi uch yil muddatga
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi”, deydi Abdulaziz
Komilov.
O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakat ko‘p yillar
davomida go‘yo milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson
huquqlarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelinganini aytdi.
“Bugun men sizning e’tiboringizni inson huquqlari sohasidagi xalqaro sheriklar
bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu
davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro
bog‘liqlik masalasidir. Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekison
go‘yoki Milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va
erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas va
demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir.
O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi 3-4 yil ichida amalga oshirilayotgan
demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ushbu
mammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Albatta, inson huquq va
erkinliklari har qanday sharoitda ham himoya ostida bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston
rahbariyati tomonidan davlat hokimiyatini demokratlashtirish xalq va ommaviy
axborot vositalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish,
ularning fuqarolik va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida ortga
qaytmaydigan yo‘lda bormoqda”, deydi Komilov.
Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni
milliy va global darajada ochiq muhokama qilyapti. U 2018 yil noyabr oyida
Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi va joriy yil
avgust oyida virtual formatda o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirni esladi.
Komilovga ko‘ra, O‘zbekistonning inson huquqlari buzilishi va jamoat xavfsizligini
ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati
keskin o‘zgargan. U bunga misol tariqasida o‘tgan yili Suriyadan 200 ga yaqin
fuqaroning qaytarilgani va navbatdagi shunday missiyaga tayyorgarlik
ko‘rilayotganini aytdi.
“O‘zbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir va bu tamoyil Prezident
Shavkat Mirziyoyev aniq ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda, shu jumladan
favqulodda vaziyatlarda ham qat’iy amal qiladi. Ammo bu muammoning, ya’ni
xavfsizlik hamda inson huquqlari nisbati va bog‘liqliginining yana bir tomoni bor.
Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, shu jumladan so‘z
erkinligini amalda ro‘yobga chiqarish uchun ken imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ushbu
demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkazish, jamoat tartibini,
amaldagi qonunlarni buzish bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima
demoqchiman? Masalan, so‘nggi paytlarda ayrim, hatto, demokratik rivojlangan
mamlakatlarda ham ommaviy kayfiyatlarning keskinlashuvi natijasida huquqiy
tartibning buzilishiga, tartibsizliklarga, o‘t qo‘yishlarga va hatto odamlarning
qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, ushbu
qonunbuzarliklarning demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish orqali
sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi,
xavfsizligi va demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va
konstruvtiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin.
Ayni paytda yuqorida aytib o‘tganimdek, davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash
jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha
uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Buni anglab
yetish, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan asosiy tub
o‘zgarishlardan biridir”, deydi tashqi idora rahbari.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan
tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan
tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil
etishning
ilk
qadamlardan
biridir.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi
Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish
huquqiga
ega»
(2-ilova).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:
125-modda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Qurolli
Kuchlari
O‘zbekiston
Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch
hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi
va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli
darajada Qurolli Kuchlarga ega.»
O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat
milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida
e’tibor berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan
Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR
Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy
Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.
1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga
aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga
mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek
g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy
xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy
asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi.
Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan
strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi
chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib
berildi.
1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining
Milliy
xavfsizlik
Kengashi
tuzildi.
Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash
masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan
shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma
sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi
muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy
xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini
huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib
chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi
sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi
to‘g‘risida»gi
Qonunni
qabul
qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga
ega bo‘ldi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi
chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq
Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari,
muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular
moddiy-texnika,
mablag‘
bilan
ta’minlanadigan
bo‘ldi.
Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy
davri amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan
o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat
to‘g‘risida»gi
va
«Muqobil
xizmat
to‘g‘risida»gi
muhim
qonunlar,
shuningdek
, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish
tartibi qabul qilindi.
Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-
dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining
asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston
hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka
transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini
o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun
O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida
integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv
yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va
xavfsizligini
ta’minlashga
qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa
tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan.
1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga
binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita
tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari,
chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik
maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga
muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident
mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli
Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy
unvonlar
beradi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa
qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy
yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul
qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib
borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida
(2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»
hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat
to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar
safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari
bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi. Prezident
I.Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik
maqsadlari asoslab berilga
Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonun qabul qilindi.
Albatta, ana shu rasmiy hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
alohida ahamiyatga ega. Konstitutsiyamiz XII bobining 53—55-moddalarida bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negizlari huquqiy jihatdan asoslab
berilgan (14-ilova).
Bu borada «Xo‘jalik jamoalari va shirkatlari to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Qishloq
xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Dehqon xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi (1998-yil) qonunlar qabul qilindi.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi (1996-yil), «O‘zbekiston Respublikasining
pul tizimi to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida»gi (2000-yil), «Sug‘urta to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Birjalar va birja
faoliyati to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi (2000-yil),
«Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi (2000-yil) va boshqa qonunlar
qabul
qilindi.
«Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi (2000-yil), «O‘zbekiston Respublikasining
yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish
to‘g‘risida»gi, «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi (1996-yil) qabul qilingan
qonunlar, xalqaro pakt va bitimlarning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi
mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
«Aholining bandligi to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Nogironlarning ijtimoiy muhofazasi
to‘g‘risida»gi (1991-yil), Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi
(1993-yil), «Ta’lim to‘g‘risida»gi (1997-yil), «Yoshlarga doir davlat siyosatining
asoslari to‘g‘risida»gi (1991-yil), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida»gi (1998-yil) qonunlar shular jumlasidandir. Bu huquqiy hujjatlar bozor
munosabatlariga o‘tishning murakkab sharoitida aholining muhtoj qatlamlarini
ijtimoiy himoyalash, kishilarning ijodiy qobiliyatlarini yanada jo‘sh urdirish
imkoniyatini berdi. O‘zbekiston Respublikasi ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga
keltirish maqsadlarini ko‘zlab davlat mulkini xususiylashtirish yo‘lini tutdi. Bu yo‘l
jahon davlatlari tajribasida hayotda o‘zini oqlagan yo‘ldir. Bu yo‘ldan dunyoning
rivojlangan va rivojlanayotgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Filippin
singari
davlatlari
ham
bormoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga
rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va
xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda u Davlat mulkini
boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi.
1992—1993-yillarda 28,8 ming yuridik shaxs 53,9 mingta xususiy obyekt egasi
bo‘ldi. Shu yillarda 1 million kvartira xususiylashtirildi. Ular xususiy mulkka
aylandi.
2002-yilga kelib O‘zbekiston aholisining asosiy qismi qaysidir shakldagi mulk egasi
bo‘ldi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlardan tashqari, barcha mulkka
fuqaroning o‘zi egalik qilmoqda.
2003-yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda 698 korxona va obyekt davlat
tasarrufidan chiqarildi. Ushbu xususiylashtirishdan tushgan jami mablag‘ 22,5
milliard
so‘mni
tashkil
qildi
O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi
asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan
edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga
aylandi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o‘tib
ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini
xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi. 1991-yil 18-
noyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq sakkizinchi
sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi
Qonun qabul qilindi.
Dasturga asosan dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy
fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. Bu «kichik
xususiylashtirish» deb nom oldi.
Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi. 1992—1994-yillarda 54 mingga
yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Ularning 18,4 mingtasi
xususiy mulk bo‘lib qoldi. 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7
mingtasi jamoa
, 661 tasi
ijara korxonalariga aylandi. 1994-yilda mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining
deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorida ishlab chiqildi,
bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo‘ldi.
Bir million kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i
xususiylashtirildi. Har uch kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki
bepul berildi. Urush faxriylari va ijodiy ziyolilar kvartiralarning bepul egalari
bo‘lishdi.
Mamlakat Oliy Majlisi mulkdorlar sinfini shakllantirishning huquqiy asoslarini
yaratish maqsadida 1996-yil 25-aprelda o‘zining beshinchi sessiyasida
«Aksiyadorlar jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi,
«Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida»gi
qonunlarni qabul qildi. 1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul
qilingan. «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini
yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari
xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan
yaxshilash imkonini berdi.
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borildi. Mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi
qabul qilindi. Bu dasturlarga muvofiq xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini
ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib
tashlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
1994-yil 29-martda tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq shu yilning o‘zida 5127
obyekt xususiylashtirildi.
1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. Yirik
korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshlandi. Shu yili mashinasozlik
kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg‘i energetika, 55 ta qurilish
industriyasiga qarashli, 114 ta transport, 68 ta uy-joy kommunal xo‘jaligi, 229 ta
qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq obyektlar xususiylashtirildi.
Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi hissadorlik
jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi.
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun imtiyozli
tizim yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga imtiyozli
aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar
va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiylashtirildi.
1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan
xarakterlanadi. Agar 1993-yilda mamlakatdagi jami korxonalarning 39,4 foizdan
ortiqrog‘i davlatga tegishli bo‘lmagan korxonalar bo‘lgan bo‘lsa, 1994-yilga kelib
bunday korxonalar 57,7 foizga va 1998-yilga kelib esa 88,2 foizga teng bo‘ldi.
Davlat mulkini xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta
ko‘lamdagi amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va
mulkdorlar sinfi vujudga keldi.
2003-yil boshiga kelib, xususiy va kichik korxonalar soni 120 mingdan oshib ketdi.
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya
salohiyatiga ega bo‘lgan xo‘jalik tuzilmasini «O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding»ni
tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor
ishlab chiqarish birlashmasi
, Toshkent
agregat zavodi, «Chirchiqqishmash», «O‘zbekqishmash» aksionerlik jamiyatlari
kabi yirik korxonalar kirdi.
Bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik yillarida xususiylashtirish jarayoni
O‘zbekistonda izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi.
1996-yil 12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida Prezident I.Karimovning «O‘zbekistonda tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar palatasini tashkil etish to‘g‘risida» Farmoni e’lon qilindi.
2003-yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda mavjud tijorat banklarining jami
mablag‘lari 32 foizga ortdi, kreditlarning qaytarilish darajasi yaxshilandi. Bu esa,
o‘z navbatida, o‘tgan yarim-yillikning o‘zida berilgan kreditlar hajmini 36 foiz
oshirishga imkon tug‘dirdi.
1991-yilda mamlakatda birinchi bo‘lib «Toshkent» tovar-fond birjasi tuzildi va
dastlabki kim oshdi savdosini o‘tkazdi. 1992-yilda 30 dan ortiq shunday birjalar ish
olib bordi. Mamlakat tovar-xomashyo birjasi 1994-yilda umumiy summasi 1,3
milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mingdan ziyod oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirdi.
1994-yildan boshlab mamlakatda kredit resurslari bozori faol ishlay boshladi. Foiz
stavkasi (darajasi) o‘zgartirildi, endi u moliyaviy resurslarni korxonalar o‘rtasida
qayta taqsimlashga faol ta’sir eta boshladi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi.
Bu birja tomonidan o‘tkazilayotgan valyuta kim oshdi savdosida tashqi iqtisodiy
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bemalol qatnashadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston 1991—1993-yillarda rubl zonasida bo‘lgan davrda ishlab chiqarishning
butunlay inqirozga yuz tutishiga va aholi turmush darajasining pasayib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik, savdo balansining ahvolini yaxshilashga, iqtisodiy tizimni
takomillashtirishga qaratilgan siyosat olib 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston SSR Qonuni, shuningdek,
keyin unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bank, bank muassasalarini tashkil
etish yo‘llarini belgilab berdi.
|