O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga o‘tish agrosanoat tarmoqlarida energetik resurslarini tejaydigan kompleks texnologiyalarni qo‘llash va ularni ilmiy asoslarini yaratish bilan aniqlanadi




Download 15.49 Kb.
Sana26.03.2024
Hajmi15.49 Kb.
#177466
Bog'liq
M1MUQOBIL
Qimmatli qog\'ozlar, Bozor iqtisodiyotining, Pandimiya oqibatlarini bartaraf etishda O’zbekistonning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yollari, Injenerlik grafikasi-chizma chilik,proektlash, konstryktor lik ishlarini avtomatlash tirish., 7-guruh Mavzu Internet tarmog’ida saqlanayotgan axborot resurslari x, 17-14 guruh Texnalogik xarita, 1-ma\'ruza. Jismoniy tarbiya mashg\'ulotlarini tashkil qilish shak, Зулпонова С, Kitobxon formulari, wouldlike, kurs ishi yevropa.doc 2, Davlat maqsadli jamg\'armalarining turlari, tashkiliy huquqiy asoslari, daromadlari va xarajatlari , 1-2 mustaqil ish Kilichov Signallar tayyor, Kutubxonachilik ishining nazariyasi va tarixi (A.Kormilisin, M.Rasulov, S.Davlatov)

O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga o‘tish – agrosanoat tarmoqlarida energetik resurslarini tejaydigan kompleks texnologiyalarni qo‘llash va ularni ilmiy asoslarini yaratish bilan aniqlanadi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va barcha ishlab chiqarish jarayonlarida yoqilg‘i issiqligi va elektr energiyasidan foydalaniladi. Mexanik va elektr energiyasi, asosan, har xil yoqilg‘ilarni yoqish hisobiga, suv energiyasidan, atom yadro energiyasidan olinadi. Yoq’ilgi manbalaridan tejab foydalanish mexanik energiyani, binobarin, elektr energiyasi olish narxini kamaytirishga intilish, uzluksiz tiklanuvchi energiya manbayi bo‘lgan muqobil energiya manbalaridan foydalanishga olib keladi. Hozirgi vaqtda olinadigan energiya, asosan, qayta tiklanmaydigan energiya manbalari hisobiga olinadi. Bugungi kunda tabiiy yoq’ilg‘i ishlatish miqdori dunyo bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga teng. Bu esa har bir kishiga taxminan 2 tonna yoqilg‘i to‘g‘ri keladi, deganidir. Ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi 40 yil davomida butun insoniyat tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqilg‘idan ham ko‘p yoqilg‘i iste’mol uchun o‘zlashtirilgan. Bu esa ular zahirasining tez kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. 2050-yilga borib aholi sonining 9-10 milliard kishiga yetishi energiyaga bo‘lgan ehtiyojning 3 baravar ortishiga olib keladi. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, mavjud energiya manbalaridan oqilona foydalanish maqsadida energetika tizimida muqobil energiya manbalari ulushini oshirishni talab etilmoqda. O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 2013-yil 1-martdagi PF-4512 raqamli «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida «Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi ilg‘or texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun O‘rta Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi», – degan fikr bilan birga, muqobil energiya manbalari – quyosh, shamol va biogazdan foydalanish bo‘yicha respublikamizda yetarlicha ilmiy-texnik salohiyat va tajribalar mavjudligi 4 ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi PQ-3012-son “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 maydagi O‘RQ-539 “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari”ga oid Qonunda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida muqobil energiya manbalaridan foydalanishga doir qator vazifalar belgilangan. Shuni alоhida ta’kidlash lоzimki, muqobil energiya manbalaridan fоydalanish ko‘lamining kеngligi va davоmiyligi jihatidan O‘zbеkistоn eng qulay mintaqa hisоblanadi. Sеrquyosh o‘lkamizda birgina quyosh enеrgiyasi salоhiyati 95 mlrd. tоnna shartli yoqilg‘iga tеng. Respublikamizda quyosh enеrgiyasining tехnikaviy salоhiyati yеtarlicha o‘zlashtirilsa, barcha turdagi enеrgiyaga bo‘lgan yillik ehtiyoj 4 barоbar оrtig‘i bilan qоplanadi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakat enеrgiya zahirasini bоyitish bilan birga qazib оlinayotgan enеrgiya rеsurslarini ekspоrt qilish uchun ham kеng imkоniyatlar оchiladi, dеganidir. Ayni paytda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlarida muqobil energiya manbalaridan foydalanish dasturlari asosida ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Quyosh qurilmalaridan binolarni isitish va sovutish, chuchuk suv olish, elektr energiyasi hosil qilish hamda turli texnologik jarayonlarni amalga oshirishda qo‘llanilmoqda. Mamlakatimiz janubidagi viloyatlarda bir yillik quyoshli kunlar 280- 300 kunni tashkil qiladi. Yoz kunlarida o‘rtacha harorat 44-45оC ni tashkil qiladi. Bunday beminnat quyosh energiyasidan xalq xo‘jaligida foydalanish dolzarb hisoblanadi. Mazkur o‘quv qo‘llanma boshlang‘ich professional ta’limning 3510606- elektromontajchi-sxemachi va 3510607-elektrik yo‘nalishi o‘quv rejasidagi “Muqobil energiya manbalari” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib borishda foydalanish uchun mo‘ljallangan. 5 1. Energiya muammosi Hozirgi vaqtda iste’mol qilinayotgan energiyaning qariyib, 80 foizi tabiiy yoqilg‘ilar deb ataluvchi ko‘mir, neft, gazlarni yoqish natijasida olinmoqda. Tabiiy yoqilg‘ilar yana bir necha o‘n yil asosiy energiya manbayi bo‘lib qoladi. Keyin esa energiya olishning boshqa yo‘llarini topishga to‘g‘ri keladi. Tabiiy yoqilg‘ilardan tashqari energiya olishning yana bir manbayi – bu gidroelektrostansiyalardir. Ammo bunday stansiyalarni qurish uchun ko‘plab gektar o‘rmonlardan, yaylov va hosildor yerlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Gidrostansiyalarning sun’iy dengizlari bu yerlarni o‘z suvi bilan bosib ketadi. Bu sun’iy dengizlar atrofidagi yerlar yer osti sho‘r suvlari ko‘tarilishi natijasida yaroqsiz holga keladi. Energiya manbalarining yana biri bu - atom energiyasi hisoblanadi. Buning uchun atom elektr stansiyalarini qurish talab etiladi. Ammo bu stansiyalarning naqadar xavfli ekanligini 1986 - yilda Ukraina Respublikasining Chernobil, 2011 - yil Yaponiyaning Fukusima Atom elektrostansiyalarida bo‘lgan falokat yaqqol ko‘rsatdi. Ammo hayot doim o‘sishda. Xalq xo‘jaligining energiyaga bo‘lgan talabi tobora o‘sib boraveradi va energiya hosil qilishning yangi-yangi yo‘nalishlarini tadqiq qilishga ehtiyoj ham shu talabga mos holda oshaveradi. Birinchidan, ko‘plab tadqiqotchi olimlarning diqqat-e’tibori hozirda noan’anaviy hisoblanuvchi hamda “qayta tiklanadigan energiya manbalari” deb ataluvchi – energiyalar (quyosh, shamol, geotermal, dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi kabilar)dan foydalanish muammolariga qaratilgan. Ma’lumki, issiqlik ajratish xususiyati 2,93 104 kj/kg yoki 3 107 j/kg bo‘lgan yoqilg‘i-shartli yoqilg‘i deyiladi. Berilgan yoqilg‘ini shartli yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda va, aksincha, shartli yoqilg‘ini berilgan yoqilg‘iga aylantirib hisoblashda kaloriya ekvivalenti degan kattalikdan foydalaniladi. E = Qi q / 29300 Bu yerda, E–yoqilg‘ining energiya balansi, Qi q – yoqilgining quyi issiqlik ajratish xususiyati. Bu turdagi energiyalarning xalq xo‘jaligiga qo‘shayotgan hissasi kam bo‘lsa-da, hozirgi paytda shunday qiziqarli loyihalash ishlari bajarildiki, u amalda qo‘llanilsa, 6 energiya olish va foydalanishni tubdan o‘zgartirib yuborilishiga imkoniyat yaratiladi. Ikkinchidan, yangi yoqilg‘i bazalarining shimoliy - sharq tomonga siljishi, geologik tadqiqot ishlarining murakkablashgani, iqlim sharoiti og‘irligi, yoqilg‘i qazib chiqarilayotgan manbalardagi sharoitning qiyinligi, moddiy texnika ta’minotining yetarli emasligi-energetika yoqilg‘i xomashyolarining qazib olinishini noqulaylashtiradi. Natijada, yoqilg‘i energetika xomashyosining tannarxi oshadi. Uchinchidan xalq xo‘jaligida yoqilg‘i miqdorining kam bo‘lgan turi – neft va gazning ko‘p miqdorda ishlatilayotganidir. Ularning yoqilg‘i energetika balansidagi miqdori 70 foizga yetdi. To‘rtinchidan ko‘mirning energetik ahamiyati va sifatining yomonlashuvi. Bu muammo kelajakda past navli yoqilg‘i ko‘proq ishlatilgani sari murakkablashib boraveradi. Beshinchidan energiya iste’moli oshishi natijasida atrof - muhitning ifloslanish darajasining oshishi. Mana shu kabi muammolar an’anaviy energiya manbalarini keng rivojlantirishga undaydi. Hozirgi kunda qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish sohasida ko‘plab texnologiyalar taklif etilganki, ularni bemalol amalga oshirish mumkin. Ammo, qayta tiklanadigan (QT↑) va noan’anaviy energiya manbalari (NEM)ning rad qilib bo‘lmaydigan ustunliklari bilan bir qatorda u yer yuzida tarqoq ekanligi natijasida olinadigan quvvat uchun sarf-xarajat ham ortib boradi. Shu sababli, hozircha QT↑ va NEM lari an’anaviy energiya manba (AEM) laridan foydalanish bilan raqobatlasha olmaydi. Shunga qaramay, ba’zi ilmiy texnikaviy yechimlarni hozirdanoq amalda qo‘llash orqali erishilgan yutuqlar shuni ko‘rsatadiki, ular yaqin yillardayoq iqtisodiy jihatdan o‘z-o‘zini oqlashini namoyon qila oladi . Ma’lumotlarga qaraganda, QT↑ va NEM laridan foydalanish natijasida 2022 - yilga kelib, 2,6 mlrd. tonna shartli yoqilg‘ini tejash mumkin. Qayta tiklanadigan energiya (QTE) larni tadqiq etishni, rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat. 7 a) bug‘ turbinali quyosh elektrostansiyalarini yangi turlarini yaratish va ishlab chiqarish hamda ishga tushirish; b) avtonom (iste’molchilar uchun fotoelektr) qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqarish; d) quyosh nuridan foydalanib ishlovchi issiq suv ta’minoti, isitish va sovitish tizimlarini loyihalash va qurish; e) quyosh issiqlik elektrostansiya (QIE) lar qurish va ishga tushirish; f) geotermal issiqlik ta’minotini loyihalash va qurish; g) shamol energiyasi aggregatlari (ShEA) va shamol elektr stansiyalari (ShES)ni loyihalash hamda ishlab chiqarishga joriy etish; j) biogaz energiyasidan foydalanishni rivojlantirish. Quyosh energiyasi hisobiga issiq suv olish uchun quyosh suv isitish qurilmalaridan foydalanilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda bir kunda o‘n ikki metr kub suvni quyosh nuri bilan isitadigan qurilmalar ishlab turubdi. Quyosh energiyasidan qishloq xo‘jaligida issiqxonalarni isitish, mevalarni quritish, qo‘ziqorin yetishtirish, uylar va pillaxonalarni isitish, beton va temir-beton buyumlarni quritish hamda bug‘lantirib ishlov berish, shungdek, kombinatsiyalashtirilgan barabanli quritkichda paxta va donador (bug‘doy, no‘xat, mosh va h.k.) qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritishda foydalanilmoqda. Quyosh energiyasidan foydalanib, uylarni qishda isitish va yoz oylarida aksincha, sovutish bo‘yicha Respublikamiz olimlari yangi loyihalarni ishlab chiqdilar. Bunday quyosh uylarning xarakterli tomonlari shundan iboratki, uylar qish oylarida, havo bir necha sutka davomida bulutli bo‘lib turganida ham, quyoshli kunlarda maxsus issiqlik akkumulyatorlarida to‘plangan energiya hisobida isitiladi, ayrim hollardagina isitish manbalaridan foydalaniladi. Keyingi paytda tibbiyotda quyosh energiyasidan quyosh vannalari yordamida biologik to‘qimalarni davolashga alohida e’tibor berilmoqda. Dozalangan quyosh radiatsiyasidan davolash (gelioterapiyada), shuningdek, organizimni chiniqtirish vositasi sifatida foydalanadilar. Biologik sistemadan amaliy foydalanish uchun quyosh energiyasini qayta tiklash usullarini loyihalash va uskunalar ishlab chiqarish zarur. 8 QT↑ va NEMning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar. 1. Issiqlik energiyasi. Bu energiyaning asosiy manbalaridan biri quyoshning issiqlik nurlanishi, ikkinchisi esa, yer osti issiqligidir, geotermal suvlar. 2. Kimiyoviy energiya - fotosintez mahsulotlari. 3. Mexanik energiya. Shamol, dengiz to‘lqinlari, dengizning ko‘tarilib-tushishi, dengiz oqimi va h.k. 4. Yorug‘lik energiyasi. Quyoshning yorug‘lik nuri. Hozircha amalga oshirilgan tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, barcha texnik jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan QT↑ va NEM texnologiyasini quyidagi jihatlarga qarab ajratish mumkin: a) iqtisodiy jihatdan hozirdan amalga oshirish mumkin; b) iqtisodiy jihatdan yaqin (15-20) yillarda amalga oshirish imkoniyati bor; c) iqtisodiy jihatdan 30-40 yillarda amalga oshirish mumkin; d) iqtisodiy jihatdan foydalana olish muammo yoki uzoq (40-50) yillardan so‘ng foydalanish mumkin
Download 15.49 Kb.




Download 15.49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga o‘tish agrosanoat tarmoqlarida energetik resurslarini tejaydigan kompleks texnologiyalarni qo‘llash va ularni ilmiy asoslarini yaratish bilan aniqlanadi

Download 15.49 Kb.