|
Avtomobil yo‘llarida ko‘priklarning landshaftli loyihasidagi o‘rni, loyihalash prinsiplari. Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,97 Mb. | | #138049 |
Bog'liq AVTOMOBIL YO\'LLARIDA KO\'PRIKLARNING LANDSHAFTLI LOYIHASIDAGI O\'RNI LOYIHALASH PRINSIPLARI.
AVTOMOBIL YO‘LLARIDA KO‘PRIKLARNING LANDSHAFTLI LOYIHASIDAGI O‘RNI, LOYIHALASH PRINSIPLARI.
Reja:
1. Avtomobil yo’llari bilan kesishuvchi to’siqlar.
2. Suv o’tkazish quvurlarining ishlatilishi.
Avtomobil yo’llaridagi sun’iy inshootlarning turlari.
Yo’l inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan to’g’ri foydalanishni ta’minlash masalalari bir-biri bilan uzviy bog’liq va murakkab masaladir. Odatda, bularni to’g’ri hal qilish bilan “Ko’priklar va transport tonnellari” mutaxassisligi sohasidagi yuqori malakali muhandislar shug’ullanadilar.
Ko’pchilik hollarda yo’lchi muxandislargayam o’zlarining ish faoliyatida yo’l inshootlarini qurishga va ularni muntazam ravishda foydalanishga yaroqli holda saqlab turishga to’g’ri keladi. SHuning uchun yo’lchi muhandislar ham ma’lum darajada bu sohada bilimga ega bo’lishlari kerak.
Keyingi yillarda og’ir yuklarning ko’payishi va ularning kerakli joylarga etkazib berish zarurligining o’sishi, qurilish ishlari sifatining ma’lum sabablarga ko’ra pasayishi va ularni ta’mirlash, ahvolini yaxshi holatda saqlash masalalarining qoniqarsiz darajada bo’lishi ko’prik va boshka yo’l inshootlarining xizmat qilish muddatining deyarli ikki barobar kamayib ketishiga olib kelayapti. Bu esa o’z navbatida ularning holatini qoniqarli darajada saqlab turishga qo’shimcha mablag’lar sarflashni talab qiladi. Odatda, bu ishlar bilan shug’ullanish ham yo’lchi muhandislar zimmasiga yuklangan. Respublikamizda bu inshootlarning ko’pgina qismi 50-60-yillarda qurilgan bo’lib, ularning katta qismi hozirgi zamon talablariga to’la javob bera olmaydi, yoki keyingi paytlarda rivoj topayotgan katta yukli transportlar og’irligiga bardosh berib ustidan o’tkazib turish masalasi mushkullashadi, en o’lchovlari ham kichiklik qiladi, bular esa o’z navbatida kerakli chora-tadbirlarni ko’rishni yoki inshoot elementlarini baquvvatlashtirishni, enlarini kengaytirishni talab qiladi.
Bu masalalarni to’g’ri xal qilish zarurligi quyidagi ancha murakkab tashkiliy ishlarni va iqtisodiy muammolarni hal qilish zarurligini tug’diradi yoki inshootni kengaytirishning texnik-iqtisodiy ko’rsatmalarini ishlab chiqishni, ishlarini tashkil qilish mo’ljallarining tartibi va muhlatlarini aniqlashni, tashkiliy-texnikaviy yo’sinini, xom ashyo bazasini yaratishni va kerak bo’lganda ularni ommaviy ravishda foydalansa bo’ladigan holda tayyor qilib qo’yishni taqozo qiladi. Inshootlarni kengaytirish, elementlarini baquvvatlashtirish, eskirganlarini ta’mirlash, ishlarni iloji bo’lgunga qadar mexanizatsiyalashtirish, yangi ashyolar va yangi uslublardan unumli foydalanish, va barcha ishlarni yuqori sifatda bajarish shu ishlar jumlasidandir. Inshootlarning keyingi paytlarda paydo bo’layotgan katta og’irlikdagi yuklarni ko’tarish qobiliyatini aniqlash ham yo’lchilar vazifasiga kiritilgan. Bu narsalarni to’g’ri hal qilish uchun, muhandislar quriladigan inshootlarning har xil turlari konstruktsiyalarini, ularni loyihalash qanday amalga oshiriladiganini, qurilish texnologiyasini va qurilgan inshootlarni to’g’ri foydalanish yo’llarini mukammal bilishlari zarur.
Ushbu ma’ruzalar matni yo’llar inshootlarini loyihalashga doir barcha masalalarni, bu sohadagi yangiliklarni hisobga olgan holda va hozirgi vaqtda kuchga ega yo’l yo’riq ko’rsatuvchi qoidalarga rioya qilinib tuzilgan.
|
| |