• Ko’prik elementlari.
  • Ko’prik kechuvi tarkibiga kiruvchi inshootlar




    Download 3,97 Mb.
    bet3/4
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,97 Mb.
    #138049
    1   2   3   4
    Bog'liq
    AVTOMOBIL YO\'LLARIDA KO\'PRIKLARNING LANDSHAFTLI LOYIHASIDAGI O\'RNI LOYIHALASH PRINSIPLARI.

    Ko’prik kechuvi tarkibiga kiruvchi inshootlar.Yo’llarning suv to’siqlari bilan kesishmalariga quriladigan inshootlar yig’masini ko’prikli kechuvlar deyiladi (1-rasm).

    1-rasm. Ko’prik kechuvining bo’ylama profili (a) va rejasi (b).


    1 – ko’prik kechuviga yondashuv ko’tarmasi; 2 – oqimni yo’naltiruvchi damba; 3 – ko’prik; 4 – poymadagi suvning ko’tarilish chegarasi; 5 – mustahkamlangan qirg’oq; 6 – traversa;

    Ularning tarkibiga quyidagi qismlar kiradi: ko’prikning o’zi, uni ikki tomonidan yo’lga ulanadigan ko’tarmalari, ko’prik tagidan suv oqimini yo’naltirib turuvchi va qirg’oqlarni mahkamlovchi inshootlar kiradi.


    Suvni yo’naltiruvchi inshootlar (1-rasm, 2) ko’prikning qirg’oqdagi tayanchi atrofidagi tuproqlarni va daryoning ko’prikka kelib ulanadigan va pastki tomonidan davomlanib ketadigan qirg’oqlarini suv yuvib ketmaslikdan asrash xizmatini bajaradi. Qirg’oqlarni qoplab suv yo’nalishini to’g’rilab turadigan inshootlarga yordamchi sifatida kalta tuproq ko’tarmalar (1-rasm, 5) ham qurilishi mumkin. Ular asosan suv oqimlarining katta zarbalarini pasaytirib, ko’prik atrofini suv yuvib ketmaslikka qo’shimcha inshoot sifatida xizmat qiladi. Ko’prikning o’zi asosan daryo o’zaniga joylashadi.
    Ko’prik elementlari.
    Ko’priklar oraliq qurilmalardan, tayanchlardan va ayrim hollarda tayanch oldiga quriladigan muz kesgichlardan tashkil topgan bo’ladi. Oraliq qurilmalar asosan quyidagilardan iboratdir: harakat qismi, og’irlikni ko’tarib turadigan qism, konstruktsiyalarni bir-biriga bog’lovchi elementlar (2-racm).
    Harakat qismining o’zi ikki guruh elementlaridan iborat. Birinchi guruhga ko’prik qoplamasini tashkil qiluvchi elementlar, ikkinchi guruhga esa o’tish qismining mahalliy og’irliklarini ko’taruvchi elementlar kiradi.
    Ko’prik qoplamasi elementlari o’zining ustidan harakatlanuvchi yuklarni bexatar, qulay o’tkazib turishga, yomg’ir va qorlardan yig’iladigan suvlarni pastroqda joylashgan elementlarga o’tkazmasdan oqizib yuborishga xizmat qiladi.



    2-rasm. Ko’prik polotnosi elementlari.


    I – trotuar; II – xavsizlik tasmasi; III – o’tish qismi; IV – ko’prikning harakat qismi; 1 – trotuar to’sig’i; 2 – trotuar qoplamasi; 3 – barer to’sig’i; 4 – yoritgichlar ustunlari; 5 – suv qochirish moslamasi; 6 – harakat qismi qoplamasi; 7 – o’tish qismi yuk ko’taruvchi elementlari; 8 – oraliq qurilmalarning yuk ko’taruvchi elementlari.

    O’tish qismining maxalliy og’irliklarini ko’tarib turuvchi elementlari harakatlanuvchi yuklar va ko’prik qoplamasi elementlari og’irliklarini o’ziga qabul qilib ularni oraliq qurilmaning asosiy ko’tarib turuvchi qismlariga o’tkazish vazifasini bajaradi.


    Oraliq qurilmaning ko’tarib turuvchi qismi o’zining og’irligini va tashqi yuklar og’irligini ko’tarib turish, tayanchga uzatish vazifasini bajaradi.
    Ko’pchilik hollarda kichik oraliqlarni yopish uchun to’sin turkumidagi ko’priklarda oraliq qurilmaning asosiy qismi bo’lib temir-beton plitalar va to’sinlar ishlatiladi. O’rta va katta oraliqlarni yopish uchun esa to’sinlar, har xil turkumdagi fermalar, arkalar va ramalar ishlatiladi. Bularning barchasi oraliq qurilmalarning bosh bo’lagi xisoblanadi.
    Bosh bo’laklarni bir-birlari bilan birlashtirib, fazoviy yaxlitligini ta’minlash maqsadida bog’lovlar nomini olgan elementlar ishlatiladi.
    Bosh bo’laklarni tayanchga o’rnatishga, ulardan tushayotgan og’irlikni ma’lum nuqtalarda tayanchga uzatishga, ularga bo’ylama, ko’ndalang yo’nalishlarda va burchakli ko’chishlarga imkoniyat yaratishga ishlatiladigan elementlarni tayanch qism deyiladi.
    Tayanchlar oraliq qurilmalarni ko’tarib turib, ulardan tushadigan yuk va o’z og’irligini bevosita o’zi yoki poydevor orqali erga, zarurlik bo’lsa suvga (qalqima ko’priklarda) uzatib berish xizmatini bajaradi.
    Yil faslining har xil davridagi daryodan qancha miqdorda suv oqimi va uning sathlariyam ko’priklarni to’g’ri loyihalash masalalarida katta axamiyatga egadir (3-rasm). Ulardan SEBS - suvning eng baland satxi. Daryoning shu erdan suvning to’lib oqqan davrdagi sathi. Buni maxsus xizmatdagi ularning axvolini o’rganuvchi xodimlarning ma’lumotlaridan olinadi. SKQS - suvning kema qatnovi sathi. Kema qatnovi bo’ladigan daryolarda u narsa amalga oshiriladigan davrdagi suvning eng baland sathi. SEPS - suvning eng past sathi - bu daryodan kam miqdorda suv oqqandagi sathi. Bularhamyuqoridaaytilgandek, maxsusshug’ullanadiganxizmatchilarkorxonalaridanolinadi.



    3-rasm. Ko’prikning xarakteristikalari va daryo dagi suvning sathi.


    1 – yondashuv to’kmasi; 2 – to’kma konusi; 3 – qirg’oq tayanchi; 4 – harakat yuqorisidan bo’lgan oraliq qurilma; 5 – harakat pastdan bo’lgan oraliq qurilma; 6 – oraliq tayanchlari; 7 – tayanchlar poydevorlari.
    Umuman inshootlarni loyihalash, qurish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlashga doir masalalarni birmuncha soddaroq echish maqsadida, odatda quyidagi umumiy tushunchalar va belgilar qabul qilinadi. Ulardan:
    -ko’prikning to’la uzunligi (L) - ko’prikning bo’ylama o’qi bilan o’lchangan, qirg’oqlardagi tayanchlarning ko’ndalang devorchalari qirralarining chekka nuqtalari orasidagi masofa;
    -ko’prik osti bo’shlig’i eni (Lo) - bu ko’prikning qirg’oqdagi tayanch devorining (agarda devorli tayanchlar bo’lsa) yoki ko’tarma konuslari orasidagi SEBS yuzasida o’lchagan masofadan, oraliqdagi barcha tayanchlar kengligini chiqarib tashlagan masofaga aytiladi;
    -ko’prik balandligi (H) - o’tish (yurish) qismining eng ustki nuqtasidan SEPS gacha bo’lgan masofa;
    -ko’prik bo’shlitsi balandligi (No) - bu oraliq qurilmaning eng pastdagi nuqtasidan SEBS gacha bo’lgan masofa;
    -tayanch balandligi (ho) - uning tepasidan ergacha masofa;
    -oralik kurilmaning kurilish balandligi (hc) - o’tish qismining ustki nuqtasidan oraliq qurilmaning pastki nuqtasigacha bo’lgan masofa;
    -oraliqning hisobiy uzunligi (l), oraliq qurilmaning ikki tomondagi tayanchlarga tayanib turgan nuqtalari orasidagi masofa;
    -ko’prikning eni (B) - ko’prik chekkalaridagi panjaralar orasidagi masofa;
    -oralik kurilmaning eni (Bo)- oraliq qurilmaning ikki chekkadagi bosh bo’laklarining o’qlari orasidagi masofa;
    -o’tish qismining eni (b) - xavfsizlik yo’lakchalarining ichki qirralari orasidagi masofa;
    -yurish yo’li kengligi (G) - to’siqlar orasidagi masofa.

    Download 3,97 Mb.
    1   2   3   4




    Download 3,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko’prik kechuvi tarkibiga kiruvchi inshootlar

    Download 3,97 Mb.