• -hisobiy-konstruktiv talablar
  • -ekspluatatsion talablar
  • Avtomobil yo‘llarida ko‘priklarning landshaftli loyihasidagi o‘rni, loyihalash prinsiplari. Reja




    Download 3,97 Mb.
    bet4/4
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,97 Mb.
    #138049
    1   2   3   4
    Bog'liq
    AVTOMOBIL YO\'LLARIDA KO\'PRIKLARNING LANDSHAFTLI LOYIHASIDAGI O\'RNI LOYIHALASH PRINSIPLARI.

    Quvurlarning elementlari. Quvurlarning asosiy elementlari bo’lib, uning tanasi poydevori, kirish va chiqish qismlari hisoblanadi. Quvurning tanasi asosiy qism bo’lib, qobiq ko’rinishidagi, gruntda joylashgan, yopiq ko’ndalang kesim shakliga ega bo’lgan, yuklarni qabul qilib oluvchi hamda ko’ndalang kesimi bo’shlig’i orqali suvni o’tkazuvchi
    Yo’llardagi sun’iy inshootlar uzoq muddat davomida bemalol xizmat qilishligi uchun ular ma’lum talablarga javob beradigan bo’lishligi kerak. Ularni maksadlarining va ma’nolarining bir-biriga yaqinligiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
    -hisobiy-konstruktiv talablar- bu talablarga ko’ra inshoot butunasiga va uning har bir elementi alohida mustahkam, ustivorligi va bikrligi etarli darajada bo’lishi zarur;
    -iqtisodiy talablarga ko’ra inshootlarning to’la narxi, foydalanish davridagi ishlatiladigan xarajatlar, ta’mirlashga yoki ayrim qismlarini qayta qurishga ketadigan mablag’lar barchasi imkoniyati bo’lgani qadar, boshqa talablarga rioya qilgan holda, kam miqdorda bo’lishi kerak;
    - arxitektura talablariga kura - ularning ko’rinishlari chiroyli, atrof-muhitga va shahar qurilishiga mos kelishi kerak;
    - ekologik talablar - bular ayniqsa keyingi yillarda katta ahamiyatga ega bo’layotgan talablardan. Atrof-muhitni muhofaza qilish kerakligi hayot taqozosi bo’layapti. SHuning uchun loyihalar tuzilayotganda va inshootlar qurilayotganda atrof-muhitga iloji boricha ta’sir etmaslik talab qilinadi;
    -ekspluatatsion talablar - inshootdan foydalanish butun ekspluatatsiya muddati davomida qulay va bexatar bo’lishi kerak.
    YUqori ko’rsatilgan talablar e’tiborga olish, asosan inshootni loyihalash ishlari bajarilayotganda amalga oshirilishi kerak.
    SHu bilan birgalikda to qidiruv-o’rganuv ishlaridan tortib, loyihalash, qurish va inshootlardan foydalanish davridagi qilinadigan barcha ishlar yuqori saviyada sifatli qilinishi talab qilinadi. O’zbekistonda transport inshootlari rivojlanishining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
    1.Inshootlarni qurish ishlarini yuqori darajada mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni to’la amalga oshirish;
    Inshootni loyixalash, qurish va ulardan foydalanishni ta’minlashni barcha bosqichlarida yangi, foydali uslublarni xar tomonlama joriy qilish;
    Ishlatiladigan konstruktsiyalarni imkoniyat bo’lguncha tayyorlashga va yig’ishda osonlashtiradigan shakllarga keltirish va ularni ko’proq joriy qilishga bo’lgan ehtiyojni yaratish;
    4. YUqori mustahkamlikka ega, sifatli yangi mahalliy materiallarni yaratish va ulardan ko’proq foydalanish;
    5. Ko’prik qurilishining zamonaviy zaminlarini yaratish va ularni joylashtirish masalalarini takomillashtirish;
    6. Ko’prik qurilishida yaxlit temirbetondan kengrok foydalanish.

    Tog‘li vodiylarda yo‘llar, tog‘ zanjirlarini, suv oqimlarini kesib o‘tuvchi, odatda tog‘ oldi yo‘llari aholi yashash joylarini yo‘l to‘ri bilan o‘zaro bog‘laydi yoki avtomagistralni boshlang‘ich uchastkasi hisoblanadi. Ularni loyihalashda tog‘li vodiyli landshaftni o‘ziga xos holatlarini – vodiyni kengligi va ko‘ndalang kesimini, yon bag‘irlarini geologik tuzilishini hisobga olish kerak. Tog‘ oldi hududidan daryolarni chiqish joyida past qismida vodiylar kengayib boradi.Ularni katta qismida allyuvial yotqiziqlari bo‘lib, unda suv oqimlari o‘zini o‘zanini doimiy o‘zgartirib turadi – “adashgan” o‘zan holatida bo‘ladi. Bunday o‘zanlar murakkab va doimo muvaffaqiyatli ishlovchi qirg‘oqlarni mustahkamlovchi inshootlarni qurishni talab qiladi. Bunda faqat bitta usuldan ya’ni yo‘lni quyi qirg‘oq trassasidan o‘tkazishni talab qiladi. Bunday trassalarni rejada bog‘langan deb ataladi, chunki yo‘lni bo‘ylama qiyaligi daryo vodiysini bo‘ylama qiyaligi bilan belgilanadi, bu qiyalik avtomobil yo‘llarini talab qiladigan qiyaligidan ancha kam bo‘ladi.


    Yuqoriga yaqinlashgan sari tog‘ vodiysi kengayib boradi, ularni qiyaligi ortib boradi. Tog‘ yon bag‘irilari tikkalashadi, ularda qoyalar yuzaga chiqadilar. Natijada qimmat baho muhandislik inshootlarini qurish talab qilinadi. Shuning uchun hozirgi zamonda ko‘pchilik tog‘ yo‘llari uchun landshaft bilan uyg‘unlashish relefni qiyin uchastkalaridagi reja bo‘ylama kesimga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib, tog‘ relefi elemenlarini minimal qiymatgacha egishga olib keladi. Bu holatda amaliyotlar rejada egri chiziqli klotoidli trassa o‘zini oqlashini ko‘rsatadi.
    Yo‘llarni qoyalarni o‘yib olingan tokchada joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Yo‘l poyi keng bo‘lganida har xil yo‘nalishdagi harakatlar uchun qatnov qismini alohida qilib loyixalash maqsadga muvofiqdir, ba’zi hollarda ularni balandlik bo‘yicha surish mumkin. Ayrim hollarda murakkab estakadalar va tirgovich devorlar qurish mumkin bo‘ladi (1-rasm).


    1-rasm. Murakkab estakadalar va tirgovich devorli yo‘l
    Tog‘ vodiysini yon bag‘iridan o‘tuvchi yo‘l unga quyiluvchi ko‘plab suv oqimlarini kesib o‘tadi. Jala suvlarini sarfi kam bo‘lganida quvurlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Katta suv oqimlarini kesib o‘tishda ko‘priklarni uzunligini va balandligini kamaytirish maqsadida vodiyni pastki qismida yon tomonidan kengaytirib o‘tishni talab qilinadi. Bu tadbir vodiyning quyi qismidan o‘tuvchi vodiyning qiyaligidan katta bo‘lgan maksimal ruhsat berilgan qiyalikka (imax>ivodiy) ega bo‘lgan yo‘lni majburiy ravishda uzaytiradi. Bu usul trassalashning asosiy usuli bo‘lib, ivodiy>imax bo‘lganda, vodiyning yuqori qismidan ham o‘tish imkonini beradi.
    Qoya tog‘ oldi yo‘l o‘tishda qoyali toshlarni chuqur o‘ymalar yoki tonelllar bilan kesib o‘tiladi. Bu holatda tonnelni ichki qismini bezamasa ham bo‘ladi, ammo tashqi tomonini kerakli darajada bezash kerak (2-rasm).





    2-rasm. Qoya toshlarni kesib o‘tgan kichik tonnelni portali



    3-rasm. O‘ymalardagi chiqib qolgan qoya toshlarni kesib tashlash. a – qoya toshli o‘yma; b - qoya tosh olib tashlangandan keyingi usha joy

    Tog‘ yon bag‘irida o‘ymalar o‘tishida qoya toshlarni tashqi, qishda yo‘lni saqlashga halaqit beruvchi tomonini kesib tashlashni talab qiladi. Bu holatda ko‘pincha yo‘ldan ko‘rinuvchi chiroyli manzara hosil bo‘ladi (3-rasm). Ammo egrilarda yo‘l-transport xodisalarini havfi oshib ketadi, shuning uchun tezda kerakli miqdorda to‘siqlar va yo‘naltiruvchi belgilar o‘rnatish talab qilinadi.
    Magistral turdagi yo‘llar, qurilish davrida kerakli darajada yuqori texnik normalarni talab qiluvchi, tog‘li hududlarda yangi landshaftlarni yuzaga kelishida juda katta ahamiyatga ega. Massivli qoya toshlar orasida yengil elementlardan iborat zamonaviy ko‘priklar yanada o‘zining jozibasini namoyon qiladi.
    Ko‘priklar yanada jozibali, vodiylar va o‘rmonlar bilan qoplangan tog‘lar yanada go‘zal va ulug‘vor bo‘lib ko‘rinadi (4-rasm). O‘rmon bilan qoplangan tog‘ qoyalarida estakadalar qurish – joylarda yon qiyaliklarni ochilib qolishidan saqlaydi.
    Tog‘larda yo‘l qurilishida katta hajmdagi yer ishlari bajariladi, ko‘plab tugun va serpantinlar, tirgovich devorlar, ko‘priklar, tonnellar, jala va selga qarshi galereyalar quriladi. Bu monumental inshootlar bir xil ko‘rinishdagi yon bag‘irda ajralib qolib, e’tiborni tortadi, shuning uchun ular tavsifli elementga aylanadi va landshaftni boyitadi. Bu holatda yo‘lni landshaft bilan garmonik uyg‘unlashuvi yo‘l poyi va sun’iy inshootlarni geometrik to‘g‘ri elementlari va tizimsiz bo‘lgan tog‘li landshaft orasidagi kontrast bilan erishiladi.

    4-rasm. Tog‘li hududdagi avtomobil yo‘llari:
    a – viaduk bilan chuqur vodiyni o‘tish; b – umumiy viaduk bilan ikkita vodiyni o‘tish; v – o‘rmon bilan qoplangan tog‘ yon bag‘iri bo‘ylab o‘tgan yo‘l
    Qoya toshlarni kesib o‘tuvchi va arkali yoki osilib turuvchi ko‘priklar bilan tog‘ oqimini va tog‘ vodiysini kesib o‘tuvchi avtomobil magistrallari, tomoshabin tomonidan tabiatga bo‘ysunuvchi inson qo‘llari bilan yaratilgan element kabi baholanadi.
    Dovonli uchastkaga yaqinlashgan sari vodiyning chuqurligi kamayib boradi, rejada sodda shaklga, yoyilganda murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi. Baland tog‘li uchastkalarda vodiy zinasimon bo‘ylama va koritasimon ko‘ndalang kesimga ega bo‘ladi. Yo‘lni trassalashda katta qiyaliklar trassani sun’iy ravishda rivojlanishga majbur qiladi. Bu holatda relef shaklidan kelib chiqib, quyidagi usullardan bitasi ishlatiladi: vodiyning yoni bo‘ylab chiziqni rivojlantirish; tugun va serpantin qurish bilan chiziqni rivojlantirish (5-rasm); chuqur o‘yma va tonellarda o‘tish.
    Download 3,97 Mb.
    1   2   3   4




    Download 3,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo‘llarida ko‘priklarning landshaftli loyihasidagi o‘rni, loyihalash prinsiplari. Reja

    Download 3,97 Mb.