Avtomobil yo’llaridagi sun’iy inshootlarning turlari. Avtomobil yo’llari jumxuriyatimiz turmushida judayam muhim ahamiyatga ega murakkab tutashib ketgan tarmoqlardan hisoblanadi. Ular bir-biri bilan, temir yo’llar bilan chatishib, kerak bo’lgan joylarda kesishib irmoqlanib ketgan. Ularga joyidagi sharoitlarga ko’ra har xil to’siqlarni kesib o’tishga to’g’ri keladi. Daryolar katta ariq va ariqchalar, ko’lcha va dengiz qo’ltiqchalar, soylar, jarliklar, katta chuqurliklar, tog’lar va tog’lar tizimlari o’zaro yo’llar o’tkazish zarur bo’lishi mumkin. Mana shu va shular kabi aytib o’tilgan to’siqlardan harakatni yo’llararo xavfsiz, to’siqsiz o’tkazish uchun quyidagi har xil sun’iy inshootlar qurilishi kerak: ko’prik inshootlari, quvurlar, tonnellar, galereyalar, balkonlar, tirgak va qoplovchi devor va devorchalar.
Suv o’tkazish quvurlaridan kichik va vaqtincha suv oqimlarini ko’tarma tagidan o’tkazish uchun qo’llaniladi (1-rasm).
1-rasm. Suv o’tkazuvchi quvurning yo’l gruntli
polotnosi ichida joylashish sxemasi.
o’tish qismi satxi; 2) grunt polotnosi; 3) quvur bosh qismi elementi.
Ko’priklar (1-rasm, a), bu daryolarning, katta-kichik ariqlarning, umuman suvi bor to’siqlarning ustidan yo’llarni o’tkazish uchun quriladigan inshootdir. Ular oraliq qurilmalar va tayanchlardan tashkil topgan bo’ladi. Oraliq qurilmalar tayanchlarga tayangan holda ular orasidagi bo’shliqni yopib ustidan harakatlanuvchi yuklarni o’tkazib, ularning va o’zining og’irligini tayanchga uzatadi. Tayanch esa oraliq qurilmalarni ko’tarib turadi va undan tushayotgan og’irlikni poydevor va zaminga beradi. Ko’rinishi, konstruktsiyasi va ularning ishlash tartibi ko’priklarnikiga o’xshagan ko’priksimon inshootlar xam mavjud. Ularga yo’l o’tkazgichlar (2-rasm, b), jarko’priklar (2-rasm, v) va estakadalar (2-rasm, g) kiradilar.
2-rasm. Ko’prik inshootlarining turlari.
a – ko’prik; b – yo’l o’tkazgich; v – vyaduk; g – estakada;
1 – oraliq qurilma; 2 – oraliq tayanch; 3 – qirg’oq tayanchi.
Yo’lo’tkazgichlar yo’llarni birining ustidan ikkinchisini va kerak deb topilsa uchinchi va hokazolarini o’tkazish uchun quriladi.
Jarko’priklar - chuqur jarliklarning ustidan yoki past joylarning ustidan yo’llarni katta (20 m.dan va undan xam ko’p) balandlikda o’tkazish zarurligi bo’lgan hollarda quriladi.
Estakadalar - yo’llarni har xil inshootlarning tepasidan, botqoqliklar ustidan, tor joylardan ko’p qavatli yo’llar o’tkazish zarurligi bo’lgan hollarda va yo’llarning o’tkazgichlarga ulanadigan qismlariga quriladi.
Transport tonnellari - er yoki suv ostidan, tog’ jinslari orasidan yo’llarni o’tkazish uchun quriladigan inshootlar (3-rasm).
3-rasm. Transport tonneli.
Bulardan tashqari tog’li hududlarda yo’llar quriladigan joylardagi to’siqlarning ustidan yo’l qatnovini to’g’ri amalga oshirish uchun sharoitga ko’ra har xil inshootlar qurilishi kerak bo’ladi. Ularga yarim ko’priklar, galereyalar, balkonlar, tirgak va qoplovchi devor va devorchalar kiradi (4-rasm).
4-rasm. Tog’ yo’llaridagi inshootlar.
a – galereya; b – balkon; v – tirgovuch devor.
Umuman yo’llarda quriladigan sun’iy inshootlar ularning eng muhim va qimmat turadigan asosiy qismlaridan hisoblanadi.
Tekislikda joylashgan xududlarda bu inshootlarning qiymati yo’lning qiymatining 10 foyiziga yaqinroq qismini, tog’li hududlarda esa 30 foyiz va undan ham ko’prok qismini tashkil etadi.
|