|
University of Management and Future Technologies Fundamental fanlar kafedrasi
|
bet | 1/7 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 24 Kb. | | #255354 |
Bog'liq Tartiblash va saralash algoritmlari-fayllar.org
Tartiblash va saralash algoritmlari
University of Management and Future Technologies
Fundamental fanlar kafedrasi
1
Algoritmlarni loyihalashtirish va tahlil qilish fanidan bajargan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: TARTIBLASH VA SARALASH ALGORITMLARI
Magistrant: Jumaboyeva Pokiza
Ma’ruzachi: Umarov Muhriddin
Toshkent – 2023
MAVZU: TARTIBLASH VA SARALASH ALGORITMLARI
Reja:
Algoritlar haqida umumiy ma’lumot
Tartiblash algoritmlari
Saralash algoritmlari
1. Algoritlar haqida umumiy ma’lumot
Algoritm so‘zi buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u birinchi bo‘lib arab raqamlaridan foydalangan holda arifmetik amallarni bajarish qoidasini bayon etdi. Har qanday qo‘yilgan masalani kompyuterda echish uchun oldin uning echish usulini tanlab, keyin uning algoritmini ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Demak, hech bir masala yo‘qki uning echilish yo‘llarini bilmasdan va algoritmini tasavvur qilmasdan turib uni kompyuterda echib bo‘lmaydi.
Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif berib kelindi. Lekin ularning barchasi ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin bo‘lib, bu ta’rif hozirgi kunda quyidagicha talqin qilinadi.
Algoritm deb, qo‘yilgan masalani echish uchun ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligiga aytiladi.
Har qanday algoritm ma’lum ko‘rsatmalarga binoan bajariladi va bu ko‘rsatmalarga buyruq deyiladi.
Algoritm quyidagi muhim xossalarga ega:
Aniqlik va tushunarlilik - deganda algoritmda ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi tushuniladi.
Ommaviylik - deganda har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi tushuniladi.
|
| |