• Nyutonning birinchi qonuni
  • Agar B jism A jismga F1 kuch bilan ta’sir etsa, A jism ham B jismga F2 kuch bilan ta’sir etadi, bunda F1 va F2 kuchlar o’zaro teng va qarama-qarshi yo’nalgan.
  • Reaktiv harakat. Reja: reaktiv harakat tushinchasi. Kosmik tezliklar




    Download 76,43 Kb.
    Sana28.11.2023
    Hajmi76,43 Kb.
    #107110
    Bog'liq
    REAKTIV HARAKAT


    REAKTIV HARAKAT.
    REJA:
    1 REAKTIV HARAKAT TUSHINCHASI.
    2 KOSMIK TEZLIKLAR.
    3 DINAMIKANING ASOSIY QONUNLARI.
    Reaktiv harakat tushinchasi.
    Reaktiv harakat deb – jisimning biror qismi undan qandaydir tezlik bilan otilib chiqqanda jismning olgan qarama-qarshi yo’nalgan harakatiga aytiladi.(1-rasm)
    mgvg+mrvr=0
    mg—otilib chiqayotgan gazning massasi
    vg-- otilib chiqayotgan gazning tezligi.
    1-rasm mr-raketa massasi
    vr-raketa tezligi.
    Bunadan raketaning tezligini topadigan bo’lsak

    Shu ifoda hosil bo’ladi.



    KOSMIK TEZLIKLAR
    Kosmik parvozlarni amalga oshirishni Rossiyada K.E.Siolkovskiy, yevropada nemis olimi G.Obert va Amerikada R.Goddar birinchi bo’lib ko’rib chikkanlar. Bu olimlarning hisoblashlariga ko’ra yerdan kosmosga uchirilgan jismlarning harakati uch xil tezlikka bog’liq, ularni kosmik tezliklar deyiladi. Birinchi kosmik tezlik

    ga teng bo’lib, sun’iy yo’ldosh bunday tezlikka ega bo’lganda, u yer atrofida doira bo’ylab harakatlanadi. Ikkinchi kosmik tezlik

    ga teng bo’lib, kosmik jism VK1 dan katta, ammo VK2 dan kichik tezlikka ega bo’lsa, uning harakati ellips bo’yicha amalga oshadi. Jism tezligi VK2 ga teng bo’lsa, u parabola bo’yicha harakatlanadi. Jism VK2 dan katta tezlik bilan harakatlanganda uning orbitasi giperboladan iborat bo’ladi. YAna uchinchi kosmik tezlik ham mavjud, u quyidagiga teng:





    DINAMIKANING ASOSIY QONUNLARI
    Mexanikaning jismlarning harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sabab bilan birga o’rganadigan bo’limini dinamika deyiladi. Dinamikaning asosini 3 ta qonun tashqil etadi. Bu qonunlarni ingliz olimi I.Nyuton aniqlagan. Shu sababli ularni Nyuton qonunlari deb ham ataladi.
    Nyutonning birinchi qonuni tashqi ta’sirsiz harakatlanayotgan jismlarning mexanik holati haqidadir. Bu qonunni shunday bayon etish mumkin: tinch holatdagi yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa yoki ularning ta’siri kompensatsiyalansa, bu jism o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
    Nyutonning 2-qonuni jism harakat tezligining o’zgarishini shu jismga ta’sir etayotgan tashqi sabab - kuch bilan bog’laydi. Bunda kuch jismlarning o’zaro ta’sirini xarakterlaydigan fizik kattalik sifatida qaraladi. Tajriba ko’rsatadiki, bir xil kuch bilan har xil jismlarga ta’sir etsak, ular har xil tezlanish oladi, bunga sabab ularning har xil massaga ega bo’lishidir. Shu sababli Nyutonni 2- qonunini shunday yozish mumkin:
    F = mW (1)
    bunda F - kuch, m - jism massasi, W - tezlanish.
    Bu tenglamaga ko’ra kuch vektor kattalikdir, lekin massa - skalyar kattalikdir. Bu qonunda massa jismni tezlantiruvchi kuchlarga nisbatan qarshi turaolish qobiliyatini bildiradi, ya’ni inertligini ifodalaydi.
    Massa birligi XBS da kilogramm deb ataladi. Xalqaro bitimga asosan massa birligi kg etaloni sifatida maxsus platina — iridiy qotishmasidan yasalgan etalon qabul kilingan, bu etalon Parijda saqlanadi. Kuch birligi (1) formula asosida aniqlanadi va Nyuton deb ataladi. Kuch birligi qilib shunday kuch olinadi-ki, u 1kg massali jismga 1m/s2 tezlanish beradi, ya’ni 1N 1kg· 1m/s
    N yutonning 2-qonunini asosiy ko’rinishini ko’rib chiqamiz. Tezlanish


    (2)

    bo’lganligi uchun, (1) formulani shunday yozish mumkin:




    Bu (5) ifoda Nyutonning 2 - qonunini ifodalaydi va shunday ta’riflanadi: impulsdan vaqt bo’yicha olingan hosila jismga ta’sir etuvchi kuchga teng.


    Nyutonning 3 - qonunini shunday bayon etish mumkin: Agar B jism A jismga F1 kuch bilan ta’sir etsa, A jism ham B jismga F2 kuch bilan ta’sir etadi, bunda F1 va F2 kuchlar o’zaro teng va qarama-qarshi yo’nalgan.


    Bu qonunda eng muhimi shunda-ki, F1 va F2 kuchlar har xil jismlarga ta’sir etadi, ya’ni bir jismga emas.
    Mexanikada jismlar harakatini ko’rganda, shunday hol ko’riladiki, bunda jismlar o’zaro ichki ta’sirlashib, tashqi jismlar bilan ta’sirlashishi ro’y bermasligi mumkin. Bunday jismlarga yopiq sistema deb qarab, impulslar uchun saqlanish qonunini tadbiq etsak, impulsning saqlanish qonunini bajarilishini ko’ramiz. Bu qonunning ta’rifi shunday: yopiq sistemani tashqil etgan jismlarning impulslarining vektor yig’indisi harakatning hamma vaqtida o’zgarmas bo’ladi. Bu qonun fizikada va texnikada juda katta rol o’ynaydi.
    Download 76,43 Kb.




    Download 76,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reaktiv harakat. Reja: reaktiv harakat tushinchasi. Kosmik tezliklar

    Download 76,43 Kb.