|
Oʼzbekiston respublikаsi oliy tа’lim, fаn va innovаtsiyalаr vаzirligi toshkent moliya instituti fakultet: Budjet xisobi va g’aznachilik Yo’nalish: Moliya va Moliyaviy texnologiyalari kurs ishi bajardi: Rajabova Nuriniso
|
bet | 1/7 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #133017 |
Bog'liq Davlat maqsadli jamg\'armalarining turlari, tashkiliy huquqiy asoslari, daromadlari va xarajatlari
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY TА’LIM , FАN VA INNOVАTSIYALАR VАZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Fakultet: Budjet xisobi va g’aznachilik
Yo’nalish: Moliya va Moliyaviy texnologiyalari
KURS ISHI
Bajardi: Rajabova Nuriniso
Toshkent 2024
Mavzu: Davlat maqsadli jamg'armalarining turlari, tashkiliy huquqiy asoslari, daromadlari va xarajatlari faoliyatini samarali boshqarish masalalari.
Reja:
Davlat maqsadli jamg’armalarining ahamiyati va vazifalari.
Davlat byudjeti haqida tushuncha va uning nazariy jihatlari.
Davlat byudjeti daromad va xarajatlarining amaldagi holati tahlili.
Davlat daromadlari va xarajatlarining boshqarish masalalari.
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardosh iqtisodiyotni qaror topdirish davrida moliya – budjet sohasida kechayotgan islohatlar o’zining yangi sifat bosqichiga ko’tarildi. Prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganlaridek “Bizning o’z oldimizga qo’ygan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohatlarimiz, iqtisodiyotimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta’minlash, tenglar ichida teng bo’lib, jahon hamjamiyatiga munosib o’rin egallashdan iboratdir”.
Davlat moliyasi davlatning ijtimoiy – iqtisodiy vazifalarining bajarilishida, davlat budjeti mablag’larini qayta taqsimlash va bozor infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.Ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va aholiga yetkazish davlat moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq chora - tadbirlar moliyalashtirish asosan, budjet mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining xarakterli tomoni shundaki, moliyaviy resurslarning jumladan, davlatning moliyaviy resurslarining cheklanganidir. Vaholanki, davlat budjeti mablag’lari respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish dasturlarini moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Davlat moliyasini boshqarish doimo rivojlanishda, yangilanishda bo’lib, yangi g’oyalar, qarashlar va yondashuvlarning paydo bo’lishi uni yanada boyitmoqda budjet mablag’laridan samarali foydalanish nafaqat bizning davlatimizda balki butun dunyoda bugungi kunning eng dolzarb masalalardan biridir. Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida davlat budjetining shakllanishi va uning xarajatlaridan yanada samarali foydalanish, budjet taqchilligi o’sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, ish haqi va nafaqalarni o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, shu bilan birga budjet mablag’laridan foydalanish jarayonida budjet intizomlariga rioya etilishini va bunda budjet nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat budjetining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish masalalari turadi. Shu sababli ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi dolzarb hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʼzbekiston respublikаsi oliy tа’lim, fаn va innovаtsiyalаr vаzirligi toshkent moliya instituti fakultet: Budjet xisobi va g’aznachilik Yo’nalish: Moliya va Moliyaviy texnologiyalari kurs ishi bajardi: Rajabova Nuriniso
|