Davlat byudjeti daromad va xarajatlarining amaldagi holati tahlili




Download 0,97 Mb.
bet5/7
Sana09.01.2024
Hajmi0,97 Mb.
#133017
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat maqsadli jamg\'armalarining turlari, tashkiliy huquqiy asoslari, daromadlari va xarajatlari

2. Davlat byudjeti daromad va xarajatlarining amaldagi holati tahlili.
Mamlakatimizning byudjeti daromadi va xarajatlari holatini tahlil qilish uchun davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalar byudjeti dinamikasi tahlil qilamiz. 2014-yilda davlat byudjeti daromadlar ijosi bajarilishi 31730,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2015-yilga kelib, 36493,3 mlrd. so‘mga yetgan, ya’ni byudjet daromadlari o‘sishi 2015-yilda 2014-yilga qaraganda 15,01 foizga oshishi kuzatilgan. 2016-yilgi davlat byudjeti daromadlari ijrosi 41043,5 mlrd so‘mga bajarilgan bo‘lib, 2015-yilga nisbatan 4550,2 mlrd so‘m ko‘p daromad ijrosi bajarilgan, foz hisobida esa 12,47 foizga o‘sishi kuzatilgandir. 2016-yilda 2014- yilga nisbatan byudjet daromadlari o‘sishi 29,35 foizga yetganligini ko‘rish mumkin (112,47*115,01=129,35). 2017-yilga kelib esa davlat byudjet daromadlari 49684,5 mlrd ga yetgan bo‘lib bu ko‘rsatkich, 2016-yilga qaraganda, miqdor jihatdan 8641 mlrd so‘mga oshganligini ko‘rishimiz mumkindir. Davlat byudjeti xarajatlari miqdori muntazam o‘sib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bu o‘sishni YaIM o‘sishi bilan ham harakterlash mumkindir.
Quyidagi ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, davlat byudjetining 2015- 2017-yillar davomidagi daromadlarining tarkibiy jihatdan ma’lumotlari ifodalangan. Davlat byudjeti daromadlarida bevosita soliqlar, bilvosita soliqlar, resurs to‘lovlari va mulk solig‘i, boshqa daromadlar miqdoriy jihatdan bo‘lingan bo‘lib, grafik ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki davlat byudjet daromadlarining yirik qismi egri soliqlar sirasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2015-yilda davlat byudjeti bilvosita soliqlarning ulushi 19193,8 mlrd so‘mga to‘g‘ri kelgan, 2016-yilda esa 21 130,7 mlrd so‘mga yetgan, bu ko‘rsatkich 2017- yilda esa 26 133,6 mlrd so‘mga yetganligini ko‘rishimiz mumkin. Foiz hisobida esa 2017-yilda davlat byudjet daromadlardagi bilvosita soliqlarning miqdor ko‘rsatkichi 2016-yilga nisbatan, 23,68 foiz ga o‘sishi kuzatilgandir. 2015-yilga nisbatan esa 36,16 foizga o‘sishi kuzatilgan. Bevosita soliqlarning davlat byudjetidagi tutgan o‘rni bilvosita soliqlardan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, davlat byudjet daromadlarida bilvosita soliqlarning miqdori 2015-yilda 8798,4 mlrd so‘m bo‘lib davlat byudjeti daromadlaridagi tutgan ulushi 24,11 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 9852,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlaridagi tutgan ulushi 24,01 foizni tashkil qilgan. 2017-yilda esa bu ko‘rsatkich 11538,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlaridagi tutgan ulushi 23,22 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda davlat byudjeti daromadlaridagi bevosita soliqlarning miqdori foiz jihatdan 11,98 foiz ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilda esabu ko‘rsatkich 2016-yilgiga nisbatan 17,11 foiz ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Resurs to‘lovlar va mulk solig‘ini tahlil qiladigan bolsak, davlat byudjati daromadlari tarkibida resurs to‘lovlar va mulk solig‘ining tutgan ulushi 2015-yilda 13,02 foizni tashkil qilgan bo‘lib, miqdor jihatdan 4816,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2016-yilga kelib 5306,3 mlrd so‘mni yetgan. Davlat byudjeti daromadlar ijrosidagi ulushi esa 12,93 foizni tashkil qilgan. 2017-yilda davlat byudjeti daromadlar ijrosidagi resurs to‘lovlar va mulk solig‘i miqdori 6867,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, davlat byudjeti daromadlar ijrosidagi ulushi esa 13,82 foizni tashkil qilgan.
2-jadval ma’lumotlarida 2015-2017-yillar davomida davlat byudjeti daromadlari miqdori va davlat budjet daromadlaridagi ulushi berilgan. Davlat bytudjet daromadlari ijrosidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining miqdori 2015-yilda 11820,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2016-yilda 1215,1 mlrd so‘mga yetgan, 2017-yilda esa bu ko‘rsatkich 1475,5 mlrd so‘mgacha ko‘tarilganligini kuzatish mumkin. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining davlat bytudjet daromadlari ijrosidagi ulushi 2015-yilda 3,2 foizni tashkil qilsa, 2016-yilda 3,0 foiz bo‘lgan. 2017-yilda esa bu ko‘rsatkich o‘zgarmagan va 3,0 foizligicha qolgan. Yagona soliq to‘lovchisi bo‘lgansavdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, mikrofirma va kichik korxonalardan keladigan soliq 2015-yilda 2399,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 2956,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan va 2015-yilga nisbatan 23,1 foizga o‘sgan. 2017-yilga kelib esa bu soliqdan keladigan tushum miqdori 3458,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 16,9 foizga oshgan ekan. Yagona soliq to‘lovchisi bo‘lgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, mikrofirma va kichik korxonalardan keladigan soliqning davlat byudjetida tutgan ulushi o‘rtacha 7,0 foizni tashkil qilgan.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 2015-yilda 3800,7mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 10.4 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 4137,4 mlrd so‘mni tashkil etib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 10,1 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan keladigan tushum miqdori 2015-yilga qaraganda 8 foizga yuqorilagandir. 2017-yilda esa jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan keladigan tushum miqdori 4876,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib bu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan solishtirilganda 17,8 foizga ko‘tarilgan. Davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi esa 9,8 foizni tashkil qilgan. Tadbirkorlikning ayrim turlari uchun qat’iy belgilangan soliq va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining miqdori davlar byudjeti daramadlaridagi ulushi uch yil davomida ham 2 foizdan oshmaganligini kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i davlat byudjeting daromadlar qismini eng katta qismini tashkil qilib, qariyib 30 foizga yetadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining 2015-yilda davlat byudjet daromadlardagi miqdori 10851 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 29,7 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda esa qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjet daromadlardagi miqdori 11891,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 29,0 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushadigan daromad miqdori esa 2015-yilga nisbatan 9,5 foizga oshgan. 2017-yilda esa qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjet daromadlardagi miqdori 14886,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 29. 6 foizni tashkil qilgan. 2017-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushadigan daromad miqdori esa 2016-yilga nisbatan 9,5 foizga oshgan. 25,1 foizga oshgan. Aksiz solig‘i ham davlat byudjet daromadlaridagi ulushi salmoqli o‘rinni egallagan. Aksiz solig‘ining 2015-yilda davlat byudjet daromadlardagi miqdori 5618,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 15,4 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda esa aksiz solig‘ining davlat byudjet daromadlardagi miqdori 6258,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 15,2 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda aksiz solig‘idan tushadigan daromad miqdori esa 2015-yilga nisbatan 11,1 foizga oshgan. 2017-yilda esa aksizsolig‘ining davlat byudjet daromadlardagi miqdori 7449,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 15 foizni tashkil qilgan. 2017-yilda aksizsolig‘idan tushadigan daromad miqdori esa 2016-yilga nisbatan 19,03 foizga oshgan. Jadval ma’lumotlarida keying o‘rinlarda bojxona bojidan keladigan daromadlar miqdori ko‘ringan bo‘lib, bojxona bojining 2015-yilda davlat byudjet daromadlardagi miqdori 1481,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 4,1 foizni tashkil qilgan, 2016-yilda esa bojxona bojining davlat byudjet daromadlardagi miqdori 1449,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 3,2 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda aksiz solig‘idan tushadigan daromad miqdori esa 2015-yilga nisbatan 3,2 foizga tushgan, 2017-yilda esa bojxona bojining davlat byudjet daromadlardagi miqdori 1707,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi 3,4 foizni tashkil qilgan, 2017-yilda bojxona bojidan tushadigan daromad miqdori esa 2016-yilga nisbatan 17,8 foizga oshgan. Bojxona bojining davlat byudjet daromadlaridagi ulushi kamaygan. Egri soliqning bir turi bo‘lgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun soliqning miqdori davlat byudjet daromadlaridagi ulushi o‘rtacha uch yillikda 3,5 foizni tashkil qilgan. Jismoniy shaxslardan va yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining o‘rtacha miqdori uch yillikda 4 foizni tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Mamlakatimiz yer osti va yer usti boyliklarga boydir. Shuning uchun ham yer osti boyliklaridan olinadigan soliqning ulushi davlat byudjet daromadlar ijrosidagi ulushi salmoqli o‘rinni egallaydi. Ya’ni yer osti boyliklaridan olinadigan soliqning 2015-yildagi miqdori 2514,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat btyudjetida tutgan ulushi 6,9 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich miqdor jihatdan 2517,1 mlrd so‘mga yetib, o‘tgan yilgiga nisbatan 0,9 foizga oshgan. 2017-yilda esa bu ko‘rsatkich miqdor jihatdan 3474,1 mlrd so‘mga yetgan. 2016- yilga nisbatan esa 49 foizgacha oshganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 2017- yilda yer osti boyliklaridan olinadigan soliqning davlat byudjetida tutgan ulushi 7,0 foizni tashkil qilgan. Suv resurslaridan foydalaniladigan soliqning davlat byudjetidagi ulushi eng kam bo‘lib bu soliq davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi o‘rtacha 0,4 foizdan oshmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Davlat byudjet xarajatlari 2-jadvalda aks etgan bo‘lib, unda uch yillik davlat byudjetining xarajatlari, va har bir xarajatining davlat byudjetidagi ulushi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Davlat byudjeti xarajatlarining eng yirik qismi maorif xarajatlariga to‘g‘ri kelib, maorif xarajatlari tarkibiga bilamizki, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, mehribonlik uylari va bolalar shaxarchalari, musiqa va san’at maktablari, kadrlar tayyorlash xarajatlarini o‘z ichiga oladi. 2015-yilda maorif xarajatlari 12162,2 mlrd so‘mni tashkil qilib, davlat byudjet xarajatlaridagi tutgan ulushi esa 33,3 foizni tashkil qilgan.
2016-yilda esa maorif xarajatlari miqdori 13831,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2015-yilga nisbatan 13,7 foizga nisbatan oshgan,2017-yilda esa davlat byudjeti maorif xarajatlari miqdori 15977,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjeti xarajatlardagi ulushi 32,4 foizni tashkil qilgan. O‘tgan yilgiga nisbatan esa 15,5 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Davlat byudjet xarajatlarining tarkibida yetakchi o‘rinni egallagan. Sog‘liqni saqlash xarajatlariga ambulatariya xizmatlari, klinika, kasalxonalar, tibbiyot birlashmalari va markazlar, tez hamda shoshilinch tibbiy yordam respublika markazlari va hududiy bo‘limlari, koykali maxsus markazlar, kasalxonalar va dispamserlar, tug‘ruqxonalar, akusherlik majmualari, sanitariya-epidemalogiya markazlari, qariyalar va nogironlar uchun sanatoriylarga ketadigan xarajatlar kiradi. 2015-yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari 5218,5 mlrd so‘mni tashkil qilib, davlat byudjet xarajatlaridagi tutgan ulushi esa 14,3 foizni tashkil qilgan. 2016-yilda esa sog‘liqni saqlash xarajatlari miqdori 5811,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2015-yilga nisbatan 11,3 foizga nisbatan oshgan. 2017-yilda esa davlat byudjeti sog‘liqni saqlash xarajatlari miqdori 7030,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjeti xarajatlardagi ulushi 14,2 foizni tashkil qilgan. O‘tgan yilgiga nisbatan esa 20. 9 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida keying o‘rinda iqtisodiyot xarajatlari turadi ya’ni miqdor jihatdan. Davlat byudjetinig iqtisodiyot xarajatlari tarkibiga suv xo‘jaligini eksplutatsiya qilish xarajatlari, hosildorlik past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliglarini maqsadli mablag‘lar bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shaxar va tuman posyolkalarini obodonlashtirish, xarajatlaridan iborat. 2015-yilda iqtisodiyot xarajatlari 3821,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, davlat byudjet xarajatlaridagi tutgan ulushi esa 10,5 foizni tashkil qilgan,2016-yilda esa iqtisodiyot xarajatlari miqdori 4319,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, 2015-yilga nisbatan 13 foizga nisbatan oshgan. 2017-yilda esa davlat byudjeti iqtisodiyot xarajatlari miqdori 5280,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, davlat byudjeti xarajatlardagi ulushi 10,7 foizni tashkil qilgan. O‘tgan yilgiga nisbatan esa 22,4 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Shunday ekan har qanday hududning daromadlar bazasini oshirish va xarajatlarni optimal sarflash uchun, daromadlarni oshirish doirasida turli kreditlar ajratish, investitsiyalar jalb qilish, kerak ekan. Xarajatlarni optimal sarflashda esa ob’ektivlikka yo‘l qo‘yish kerakligi, zamonaviy texnalogiya usullaridan keng foydalanish evaziga samaradorlikka erishish mumkin.

Download 0,97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat byudjeti daromad va xarajatlarining amaldagi holati tahlili

Download 0,97 Mb.