• 10. E’tirozlarni ko‘rib chiqish va nizolarni hal etish tartibi
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish shartlari




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet15/16
    Sana12.02.2024
    Hajmi309,25 Kb.
    #154870
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Oferta UZ6.23

    9.Korrupsiyaga qarshi kurashish shartlari 
    9.1. Tomonlar ushbu shartnomani tuzish orqali, shartnoma tuzilishi vaqtida, shartnoma amal qilish muddatida va bu muddat 
    tugaganidan keyin shartnoma bilan bog‘liq korrupsiyaga oid harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladilar.
    9.2. Tomonlar ushbu shartnomaning korrupsiyaga qarshi kurashish shartlarida belgilangan korrupsiya haqida ogohlantirish 
    shartlariga amal qiladilar va ushbu qoidalarga rioya qilish bo‘yicha hamkorlikni ta’minlaydilar. 
    9.3. Tomonlarning har biri ushbu shartnoma tuzilishida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid ravishda pul mablag‘lari, 
    moddiy boyliklar berilmaganligi, shartnomani tuzish uchun norasmiy pul mablag‘lari yoki boshqa moddiy boyliklar olinishiga 
    yo‘l qo‘yilmaganligi, taklif etilmaganligi, va’da qilinmaganligi, shuningdek moddiy yoki boshqa istalgan shakldagi imtiyozlar, 


    afzalliklar (kelajakda shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirish ehtimoli bilan bog‘liq tasavvur qolmaganligi) olinmaganligini 
    kafolatlaydi. 
    9.4. Agar tomonlardan biri ikkinchi tomon ushbu shartnomaning 9.1-9.3-bandlarida ko‘rsatilgan majburiyatlar buzilganligi 
    to‘g‘risida xabardor bo‘lsa, bu haqida darhol ikkinchi tomonga xabar berishi va ikkinchi tomondan oqilona muddat ichida tegishli 
    choralarni ko‘rishni, shuningdek ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma'lumot berishi kerak. 
    Agar bir tomon boshqa tomonning iltimosiga binoan oqilona muddat ichida tegishli choralarni ko‘rmagan yoki ko‘rib chiqish 
    natijalari to‘g‘risida xabardor qilmagan bo‘lsa, boshqa tomon shartnomani to‘xtatib qo‘yishga, shuningdek ushbu shartnomani bir 
    tomonlama bekor qilishga va zararni to‘liq qoplashni talab qilishga haqlidir. 
    10. E’tirozlarni ko‘rib chiqish va nizolarni hal etish tartibi 
    10.1. Operator ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim tarzda bajarmagan hollarda Abonent 
    Operatorga yozma e’tiroz bildirishi mumkin. Bu e’tiroznomaga uni ko‘rib chiqish uchun zarur hujjatlar, jumladan Operator 
    o‘zining Shartnomaviy majburiyatlarini buzganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
    10.2. Abonent Aloqa xizmatlaridagi kamchiliklar bilan bog‘liq o‘z e’tirozlarini shunday xizmatlar ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab 6 
    (olti) oydan kechikmay taqdim etishi lozim.
    10.3. Operator e’tiroznoma olingan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida unga javob qaytarishi shart. E’tiroznomaga 
    javob buyurtma yoki qimmatbaho xat bilan, telegraf, teletayp orqali, shuningdek u jo‘natilgani qayd etilishini ta’minlovchi boshqa 
    aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilib, bu haqda Abonentga xabar beriladi yoxud Abonentga topshirilib, bu haqda undan 
    tilxat olinadi.
    10.4. Uchinchi shaxslar Operator tarmog‘iga ruxsatsiz kirish yo‘li bilan Aloqa xizmatlaridan foydalanishi natijasida 
    kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda Operator telefon so‘zlashuvlari kim tomonidan amalga oshirilganligini aniqlash uchun 
    belgilangan tartibda ichki texnik tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
    10.5. Ushbu Shartnomaning ijrosi bilan bog‘liq barcha nizolar va kelishmovchiliklarni Taraflar O‘zbekiston Respublikasining 
    amaldagi qonun hujjatlariga hamda ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq hal qiladilar.
    Taraflar o‘zaro kelishuvga erisholmagan nizolar va kelishmovchiliklar Operator joylashgan manzildagi sudlarda ko‘rib chiqiladi.
    Sudga murojaat qilishdan oldin suddan oldingi e’tiroz bildirish tartibiga rioya etilishi shart. 
    10.6. Abonentning qarzdorlik pul summalarini undirish notariusning ijro xatiga asosan qonunchilikda belgilab qo’yilgan tartib va 
    shartlarda amalga oshirilishi mumkin. 

    Download 309,25 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korrupsiyaga qarshi kurashish shartlari

    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish