• Abonent raqami
  • Abonent to‘lovi
  • Ommaviy oferta




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/16
    Sana12.02.2024
    Hajmi309,25 Kb.
    #154870
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Oferta UZ6.23

    Abonent qurilmasi – mobil aloqa tarmog‘ining elementi hisoblanuvchi, Abonentga aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini 
    beradigan pirovard uskuna. 
    Abonent qurilmasi O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan standartlarga muvofiq ushbu turdagi uskunalarga qo‘yiladigan 
    texnik talablarga javob berishi, shuningdek O‘zR qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollarda muvofiqlik sertifikati bo‘lishi kerak. 
    Abonent raqami – Aloqa xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi Shartnoma amal qiladigan davr uchun Operator tomonidan Abonentga 
    ajratiladigan raqam. 
    Alohida toifadagi abonent raqami – raqamlarning muayyan izchilligi (kombinatsiyasi) bilan ajralib turadigan Abonent raqami 
    bo‘lib, u Operator tomonidan raqamlarning har bir toifasi uchun belgilangan tarif bo‘yicha qo‘shimcha haq evaziga taqdim etiladi. 
    Abonentga alohida toifadagi abonent raqamini taqdim etish tartibi Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 
    Alohida toifadagi abonent raqamini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi batafsil axborot Abonentga Operatorning o‘z ofislarida, 
    shuningdek tegishli ma’lumotlarni Operatorning Veb-saytida joylashtirish, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan, 
    shuningdek Operator ma’qul topgan boshqa usullarda yetkaziladi. 
    Ushbu Shartnoma matnida “Abonent raqami” deyilganda alohida toifadagi abonent raqamlari ham tushuniladi. 
    AHKT – avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimi (apparat-dasturiy kompleks) bo‘lib, u Operator bilan Abonent o‘rtasidagi hisob-
    kitoblar avtomatlashtirilishini ta’minlash, shuningdek ko‘rsatilgan Aloqa xizmatlari hisobini yuritish va axborotga ishlov berish 
    uchun mo‘ljallangan. 
    Abonent to‘lovi – Tarif rejalarining hamda Alohida xizmatlar to‘plamlari va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish shartlariga muvofiq, 
    Operator tomonidan Abonentdan undiriladigan to‘lov bo‘lib, u Aloqa xizmatlarining foydalanilgan hajmidan qat’i nazar, Operator 
    belgilagan miqdorda va muddatlarda Abonentning Shaxsiy (elektron) hisobvarag‘idan chiqarib olinadi. 

    Download 309,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish