|
Ommaviy ofertaBog'liq Oferta UZ6.23Bo‘nak to‘lovi – kelgusidagi hisob-kitob davri uchun Abonent tomonidan to‘la hajmda (100%) to‘lanishi kerak bo‘lgan Aloqa
xizmatlari qiymati. Bo‘nak to‘lovi Abonent tanlagan Tarif rejasiga muvofiq kelgusidagi hisob-kitob davri uchun Abonent to‘lovi
qiymati, tanlangan pulli Aloqa xizmatlari qiymati, jumladan Alohida xizmatlar to‘plami qiymatidan shakllanadi.
Aloqa xizmatlari uchun Hisob-kitob davri Tarif rejalarining shartlari, Alohida xizmatlar to‘plamlari va boshqa Aloqa
xizmatlarining shartlari, Alohida toifadagi abonent raqamini taqdim etish shartlari bilan belgilanadi.
Operatorning Veb-sayti – Operatorning www.mobi.uz elektron manzilida joylashgan axborot resursi.
Shartnoma – Abonent bilan Operator o‘rtasida tuziladigan, shartlari Abonent Ro‘yxatga olish blankini yozma yoki elektron
shaklda imzolashi orqali akseptlanadigan mobil Aloqa xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi Shartnoma bo‘lib, u quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
- Ommaviy oferta sifatida Operatorning saytida joylashtiriladigan, Operator bilan Abonent o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
shartlari qamrab olingan ushbu Shartnoma. Ommaviy ofertaning shartlari Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi
hamda Abonent tomonidan ularga to‘liq qo‘shilish orqali qabul qilinishi mumkin;
- Abonentga abonent raqami ajratilayotganda u yozma shaklda yoki elektron shaklda to‘ldiradigan hamda Abonent tanlagan tarif
rejasi va u Shartnoma shartlarini qabul qilganligi qayd etiluvchi Ro‘yxatga olish blanki;
- Abonent tomonidan mustaqil ravishda tanlanadigan tarif rejasi.
Ro‘yxatga olish blanki, Tarif rejalarining shartlari, shuningdek Alohida xizmatlar to‘plamlari va boshqa Aloqa xizmatlarini taqdim
etish shartlari va tartibi, jumladan Alohida toifadagi abonent raqamlarini berish shartlari va tartibi Shartnomaning ajralmas qismi
hisoblanadi.
|
| |