|
Operator tarmog‘iga kirish imkoniyatini berish –Bog'liq Oferta UZ6.23Operator tarmog‘iga kirish imkoniyatini berish – Abonentning Shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish va ularni Operatorning
apparat-dasturiy kompleksiga kiritish borasida Operator tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar. Abonent Dastlabki badal
to‘lovini amalga oshirganidan keyin Operator tarmog‘iga kirish imkoniga ega bo‘ladi.
Radiotelefon orqali ulanish davomiyligi – bu, Operator apparaturasi chaqirilayotgan tomonning javobini aniqlagan lahzadan,
toki Operator apparaturasi tomonlardan biri radiotelefon aloqasini uzganligini aniqlagan lahzagacha o‘tgan vaqt oralig‘i.
Radiotelefon orqali ulanish – birining foydalanuvchisi Abonent bo‘lgan ikki abonent qurilmasi o‘rtasida axborot almashish
imkoniyatini ta’minlovchi radiotelefon aloqasi o‘rnatilishi.
Rouming (Roaming) – Abonent O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida, boshqa mamlakatda bo‘lganida Abonent Operator
tarmog‘ida dastlabki ro‘yxatdan o‘tgan ma’lumotlar majburiy tartibda saqlangan holda u boshqa mobil (uyali) aloqa operatori
tarmog‘iga kirishini ta’minlovchi Aloqa xizmati (xalqaro rouming).
Operatorning rouming-hamkorlari to‘g‘risidagi ma’lumot, rouming xizmatlarini ko‘rsatish shartlari Operator ofislarida va/yoki
Operator Veb-saytida joylashtiriladi.
Ro‘yxatga olish blanki – Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lib, unda Abonent Shartnoma shartlari bilan tanishganligi belgilovchi
hamda Abonent ushbu Shartnomaning shartlarini to‘la-to‘kis va so‘zsiz qabul qilganligini va Abonentning shaxsiy ma’lumotlarini
qayta ishlashga roziligini tasdiqlaydi. Ro‘yxatga olish blankida Abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Abonentga berilgan abonent
raqami, Abonent tanlagan Tarif rejasi va Aloqa xizmatlari ro‘yxati, to‘lovnomani yetkazib berish usuli hamda Shartnomaning
boshqa muhim shartlari qayd etiladi.
Ro‘yxatga olish blanki Operator Abonentga SIM-kartani berganligini tasdiqlovchi hujjat ham hisoblanadi.
Ro‘yxatga olish blanki Abonentga berilgan har bir raqam bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
|
| |