• Aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga oid texnik imkoniyat
  • Aloqa xizmatlari
  • Abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat
  • Ommaviy oferta




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/16
    Sana12.02.2024
    Hajmi309,25 Kb.
    #154870
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
    Bog'liq
    Oferta UZ6.23

    Operator tarmog‘i – Abonentga Aloqa xizmatlarini taqdim etishda yordam beruvchi texnik vositalar majmui (kommutatsiya va 
    radio uskunalari, abonent qurilmalari, ulanish liniyalari, inshootlari va h.k.). 
    Tarif – Aloqa xizmatining o‘lchov birligi uchun Operator tomonidan belgilanadigan narx. 
    Tarif rejasi – narxlarga oid shartlar majmui bo‘lib, Operator ular asosida bir yoki bir nechta Aloqa xizmatlaridan foydalanishni 
    taklif qiladi. 
    Arxiv tarif rejasi – Operator tomonidan ilgari tasdiqlangan tarif rejasi bo‘lib, yangi ulanishlar uchun yopiq bo‘ladi va unga boshqa 
    tarif rejalaridan o‘tish imkoni bo‘lmaydi. 


    Aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga oid texnik imkoniyat – Operatorning xizmat ko‘rsatish zonasida Abonentga Aloqa xizmatlarini 
    ko‘rsatish uchun zarur ishlab turgan texnik aloqa vositalari va inshootlari mavjudligi. 
    Operator tarmog‘iga kirish uchun ruxsat berish borasidagi texnik imkoniyat – Operatorning raqam sig‘imida bo‘sh raqamlar 
    va/yoki aloqa kanallari, shu jumladan, mavjud radiochastota resursini hisobga olgan holda radiokanallar mavjudligi. 
    Aloqa xizmatlari – Operator Tarmog‘iga kirish imkoniyatini berish, radiosignallar yoki ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash 
    va jo‘natish borasida tasdiqlangan va amalda bo‘lgan Tariflarga va (yoki) Tarif rejalariga muvofiq Operator tomonidan 
    ko‘rsatiladigan xizmatlar, shuningdek Operator o‘zining xizmat ko‘rsatish avtomatik tizimidan foydalangan holda Abonentga 
    ko‘rsatadigan boshqa xizmatlar. 
    Operator Abonentga ko‘rsatiladigan Aloqa xizmatlari ro‘yxatini Operator Tarmog‘ining Texnik imkoniyatlarini hisobga olgan 
    holda mustaqil ravishda belgilaydi. 
    Abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat - Jismoniy shaxsning shaxsi quyidagi hujjatlar asosida aniqlanadi: 
    -O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, identifikatsiya ID-kartasi; 
    -harbiy xizmatchilar — harbiy xizmatchining pasport ma’lumotlarini va u doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilni 
    tasdiqlovchi belgilangan shakldagi ma’lumotnoma ilova qilingan harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan 
    beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno); 
    -chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (identifikatsiya ID-kartasi) 
    yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi; 
    -xorijda doimiy yashayotgan va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi 
    fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti; 
    -fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, identifikatsiya ID-kartasi; 
    -O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son Qaroriga muvofiq shaklda berilgan yangi 
    namunadagi haydovchilik guvohnomasi. 
    -Ushbu shartnomani tuzish uchun electron shaklda, shu jumladan YIDPX orqali murojaat qilgan jismoniy shaxsning, abonentning 
    shaxsini aniqlashda Operator tegishli axborot resurslari ma'lumotlaridan foydalanadi. 

    Download 309,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Download 309,25 Kb.
    Pdf ko'rish