v) agar Operator Shaxsiy (elektron) hisobvaraqdan Abonent mablag‘larni, jumladan uchinchi shaxslardan olingan mablag‘larni
to‘plash (“elektron hamyon”) uchun foydalanayotganligini aniqlasa, Operator quyidagicha ish tutishga haqli:
- mazkur Shartnomani ijro etish bilan bog‘liq o‘z xarajatlarini qaytarilishi kerak bo‘lgan summadan uning 4% miqdorida (bank
xarajatlari, to‘lov agentlarining xizmatlari uchun xarajatlarni) ushlab qolish. Operator o‘zining bank va to‘lov agentlarining
xizmatlari bo‘yicha chiqimlari o‘zgarishiga qarab, ushlanma miqdorini o‘zgartirishi mumkin;
- “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”
26.08.2004 yildagi 660-II sonli O‘zR Qonuniga muvofiq tegishli tekshiruv o‘tkazish uchun maxsus vakolatli organga so‘rovnoma
yuborish.
Abonentning Shaxsiy (elektron) hisobvarag‘ida qolgan (sarflanmagan) summa O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi –
so‘mda qaytariladi.
Shartnoma bekor qilinadigan hollarda:
a) Operator tarmog‘iga kirish imkoni berilgani uchun to‘lov qaytarilmaydi;
b) o‘tkazilayotgan aksiyalar doirasida Operator tomonidan taklif qilingan bonuslar pul ekvivalentida to‘lanmaydi;
v) sotib olingan, lekin faollashtirilmagan To‘lov kartalarining nominali pul ekvivalentida to‘lanmaydi;
g) Abonent qurilmasi Operator tomonidan sotib olinmaydi;
d) agar Alohida toifadagi abonent raqami olingan bo‘lsa, bunday raqamni tanlash xizmati uchun to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.
7.13. Abonent Operator bilan tuzilgan Shartnoma amal qiladigan muddat mobaynida Operatorga yozma ravishda murojaat qilib,
foydalanilgan Aloqa xizmatlari hamda Shaxsiy (elektron) hisobvaraqdan sarflangan mablag‘lar haqidagi batafsil ma’lumotlarni
Operator belgilagan tariflar bo‘yicha olishga haqli.
Shaxsiy (elektron) hisobvaraqdagi sarflanmagan pul mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot Abonentga bepul beriladi.
7.14. Abonent ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq ko‘rsatilgan, lekin haqi to‘lanmagan Aloqa
xizmatlari uchun Operator
tomonidan hisoblangan barcha summalarni so‘zsiz e’tirof etadi.
7.15. Abonentning Aloqa xizmatlari haqini to‘lash borasidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida uchinchi shaxs
(kafil) bilan kafillik Shartnomasi (Operator tasdiqlagan namunaviy shaklda) tuzilishi mumkin. Bu Shartnomaga ko‘ra, uchinchi
shaxs (kafil) Abonentning Aloqa xizmatlari haqini to‘lash borasida Operator oldidagi majburiyatlari bo‘yicha javob berish
majburiyatini oladi. Operator va Abonentning kafil bilan munosabatlari kafillik Shartnomasi shartlari hamda kafillik to‘g‘risida
amalda bo‘lgan qonun hujjatlari normalariga muvofiq tartibga solinadi.
7.16. Abonent Operator uning Shaxsiy (elektron) hisobvarag‘idagi mavjud pul mablag‘larini Abonentning boshqa barcha Shaxsiy
(elektron) hisobvaraqlaridagi qarzdorlikni so‘ndirish uchun yoki avvalgi Shartnomalar bo‘yicha mavjud qarzdorlikni so‘ndirish
uchun chiqarib olishiga o‘z roziligini beradi.