|
Tarmoq texnologiyalari
|
bet | 4/9 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 29,75 Kb. | | #254372 |
Bog'liq 1-Ma\'ruza. “Tarmoq texnologiyalari va administrlashtirish” fani haqida tushunchaNGN texnologiyasi - bu real konvergent texnologiyalarga asoslanadi. Konvergensiya nima? Telekommunikatsiya tarmoqlarining konvergensiyasi - aloqa tarmog‘i tarkibidagi abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami va foydalanishdagi apparat - dasturiy vositalarining o‘zaro birlashishining vujudga kelishi bilan izohlanadi. Konvergent texnologiyalar uchta asosiy aspektlarni o ‘z ichiga qamrab olib, ularga tarmoq tarkibi qurilishining texnik vositalari va mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamidan iborat. Tarmoqlarning konvergensiyalashuvi va integratsiyalashuvi iboralari keskin farq qiladi. Ular o‘zining alohida mazmun va mohiyatiga ega. NGN tarmog ‘ining tuzilishi, ularning tarmoq infratuzilmasidagi mobil aloqa va turg‘un aloqa tarmoqlari, ichki yoki tashqi platformalardagi konvergentligi hamda integratsiyalashuvining asosiy jihatlari to‘rt qatlamli boshqaruv tizimidan tashkil topgan. Xizmatlarni boshqarish, tarmoqlarni boshqarish, tayanch kommutatsiya qurilmalari qatlami, xizmatlardan foydalanish qatlamidir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) - axborot texnologiyalari (AT) uchun yagona aloqa bo‘lib, u birlashtirilgan kommunikatsiyalarning rolini ta‘kidlaydi. [Vikipediya]
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya - bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «do‘stona» interfeysga ega bo‘lgan axborot texnologiya demakdir.
Tizim deganda - yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat yurituvchi bir necha turdagi elementlar majmuasi tushuniladi. Tizim atamasi yunoncha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zaro bog‘langan yaxlitlik, birlikni tashkil qiluvchi qismlar yoki ko ‘pgina elementlardan tashkil topgan bir butunlikni bildiradi.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo ‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming o‘zaro bog‘langan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo bodgan paytdan boshlab mavjud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari - moddiy va nomoddiy ne‘matlami ishlab chiqarish bilan bogdiq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy m uhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ulaming rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Axborot tizimlari madum bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimi boshqaruv darajalari, harakat sohalari, shuningdek, tashqi holatlardagi farqni ediborga oladi va har bir boshqaruv darajasiga samarali boshqaruv funksiyasini bajarishga kerakli bodgan, faqat unga tegishli axborotni beradi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra qod mehnatiga asoslangan,
avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi.
|
| |