|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 113/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Neft o’ziga xos hidli, yog’simon suyuqlik. Naftidlar qatorining birinchi vakili. Neftning tarkibini uglevodorodlar (metanli, naftenli va xushbo’y) va uglerodsiz komponentlar (asosan kislorod, oltingugurt, azot) tashkil etadi. Tarkibining asosiy qismini ko’proq uglevodorodlarning metan (parafinli) yoki neftli qatori tashkil etadi. yer ostida va ustida yaxshi siljish xususiyatiga ega. Odatda 1,2-2 km dan ortiq chuqurlikda gazsimon uglevodorodlar bilan birga hosil bo’ladi. Uyumlarda neft turli darajadagi engil va og’ir gazlar bilan to’yinadi.
Neftni element tarkibi: S 82,5-87%; N 11,5-14,5%; O2 0,05-0,35%, kamdan-kam
0,7% gacha; S 0,001-5,5 goho 8%dan ko’p; N 0,02-1,8%. Dunyoda qazib olinadigan neftning qariyb 1/3 qismida oltingugurt miqdori 1% dan ortiqroq. Neft kimyoviy jihatdan uglevodorodlarning murakkab aralashmasi va geteroatomli (asosan oltingugurtli, kislorod va azotli) organik birikmalardan iborat. Fizik nuqtai nazardan neft murakkab tuzilishli kolloid-dispersli modda. Ko’pchilik neftning benzinli va kerosinli fraksiyalarida xushbo’y uglevodorodlarning miqdori 3 dan 15% gacha, qolgan qismida 16% dan 27% gacha. Neftning moyli distillyatlari uglevodorod tarkibi bo’yicha aniq farqlanadi.
Erning hozirgi strukturaviy tuzilishida 600 dan ortiq neft havzasi mavjud.
Ularning maydoni bir necha ming km2 dan million km2 gacha bo’lib, jami 80 mln. km2 maydonni egallaydi. Shu jumladan 50 mln. km2 gacha quruqlikda, qolgani shelfda. Sanoatbop neftlilik 160 ta havzada aniqlangan, qolganlari qidiruv uchun istiqbolli hisoblanadi. Neft zaxiralari kaynozoy (25%), mezozoy (55%) va paleozoy
(20%) davri jinslarida aniqlangan. Neftning dunyo bo’yicha zaxirasi 1994 yil boshida 79,7 mlrd. t ga teng bo’lgan. Neft zaxirasi va konlari turli mamkalatlar va regionlar bo’yicha notekis tarqalgan. Dunyo bo’yicha 30 mingta neft koni ochilgan.
SHulardan 80% dan ortig’ini 1 mln. t neft olinadigan konlar tashkil etadi. Nodir konlar salmog’i (300 mln. t dan ortiq neft olinadigan konlar) dunyodagi hamma neft konlarining 0,2% ga to’g’ri keladi, ammo yer kurrasidagi neft zaxirasining 70% shu konlardadir. Neft konlari qit’alarga yondashgan akvatoriyalarda ko’plab topilgan.
19 asr oxiri 20 asr boshlaridan boshlab Farg’ona vodiysidan sanoatbop neft olinaboshlangan. Fizik holatiga ko’ra uglevodorodlar CH4 dan C4H10 gacha gazlar C5H12 dan C16H34 gacha suyuqliklar va C17H36 dan C35H72 gacha qattiq (parafin) turlarga ajraladi. Grozniy, Cheleken, Farg’ona vodiysi, G’arbiy O’zbekistondagi neft konlarida neft tarkibining ko’p qismi metan qatoriga (CnH2n+2) mansub uglevodorodlardan iborat.
Neftning bahosi engil va og’ir uglevodorodlarning miqdoriga, suyuq va qattiq uglevodorodlar tarkibiga va qo’shimchalar borligiga qarab belgilanadi. Neft quyidagi fraksiyalardan: 1000C gacha birinchi navli benzin, 1100C gacha maxsus benzin, 1350C gacha ikkinchi navli benzin, 2650C gacha kerosin («meteor» navi), 2700C gacha oddiy kerosindan iborat. Qolgani yog’ va mazutga tegishli bo’lib, 400-4200C gacha isitib undan moy fraksiyalari olinadi.
Fraksiyalar miqdoriga ko’ra engil (benzinli, moyli) o’rtacha va og’ir (yoqilg’ili, asfaltli va b.) neft farqlanadi. Neftning sifati uning tarkibida parafin, oltingugurt, smola va sh.o’. moddalarning bo’lishiga bog’liqdir. Chunonchi, parafinning miqdori bo’yicha neftlar quyidagicha farqlanadi: parafinsiz neftda parafin 1 % dan ko’p bo’lmaydi, kam parafinli neftda 1-2% va parafinli neftda 2% dan ko’p parafin bo’ladi. O’rta Osiyo regionidagi neftlarda 4-5% gacha parafin mavjud.
Oltingugurt neftda erkin va birikmalar (sulfidlar, merkaptanlar va b.) shaklida uchraydi. Neft tarkibida oltingugurt kam (0,5% gacha) va ko’p (0,5% dan ortiq) bo’lishi mumkin.
O’zbekistonning Buxoro-Xiva neft-gazli regionidagi Kruk konidagi neft o’rtacha va og’ir (0,8666-0,9006 g/sm3) turga mansub, neftdagi oltingugurtning miqdori 1,36 % dan 5,8 % gacha, parafin 0,86 dan 7,9 % gacha. Umid konidagi neft og’ir (0,8956) va oltingugurtli (1,47 %). Shuningdek, Sharqiy Chegara konidagi neft og’ir turga mansub (0,9146-0,9280). Oltingugurtning miqdori 1,6-2,34 %.
Tarkibidagi smola miqdoriga ko’ra smolasi kam, smolali va smolasi ko’p neftlar farqlanadi. Birinchisida smolaning miqdori 8% dan kam, ikkinchisida 828% va smolalisi ko’pida 28% dan ortiqroq bo’ladi.
Neftda xlor, yod, fosfor, margimush, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy va sh.o’. elementlar ham oz miqdorda uchraydi. Bulardan tashqari neftning tarkibida kislorodli birikmalardan naftenli va moyli kislotalar, asfaltenlar va smolalar ham uchraydi.
Buxoro-Xiva neft-gazli regionida joylashgan Sharqiy va G’arbiy Chegara konlaridagi neft kam smolali, tegishlicha 1,78-2,33 va 2,33-2,83% ni tashkil etadi.
Sardob neft-gaz-kondensat konidagi neftda asfaltenlar 4,79%, neft og’irligi o’rtacha 0,8795 g/sm3.
Neftning fizik xususiyatlariga siqiluvchanligi, to’yinish bosimi, zichligi, qovushqoqligi yoki ichki ishqalanishi va ustki tarangligi mansub. Avval zichlik haqida ma’lumot beramiz. Zichlik (hajm massasi) deb 1 m3 hajmdagi jins massasiga aytiladi. Tabiiy holatdagi jismning zichligi uning massasini hajmiga nisbatiga teng. SI sistemasida zichlik birligi qilib kg/m3 (g/sm3) qabul qilingan. Texnikada o’lchamsiz nisbiy zichlik miqdoridan foydalaniladi. Bu miqdor o’rganilayotgan modda zichligining standart modda zichligiga nisbati orqali topiladi. Qattiq va suyuq jismlar uchun standart modda sifatida 40S temperaturadagi suv qabul qilingan. Neft va neft mahsulotlarining nisbiy zichligi 200C da aniqlanadi va 40C suv zichligi nisbatiga teng bo’ladi. Neft zichligi quyidagi formula bilan aniqlanadi
G , ρ
V
bunda G – neft namunasining og’irligi, V – neft namunasining hajmi.
Neft zichligi 0,730 dan 1,06 g/sm3 gacha o’zgaradi. Masalan, Ozarbayjon neftlari zichligi 0,78-0,93, grozniy neftiniki 0,84-0,87, O’zbekiston Respublikasidagi Buxoro-Xiva neft-gazli regionida 0,79-0,94, Surxondaryo regionida 0,94-0,98,
Farg’ona regionida 0,82-0,88 g/sm3 ga teng.
Kaliforniya (AQSh) neftlari zichligi 0,78-0,93, Meksikadagi ba’zi bir neftlarniki qariyb 1,05 g/sm3. AQShda neftning zichligi ANI (Amerika neft instituti) darajasida 600F (qariyb 15,50S)da aniqlanadi. Suvning zichligi bu sistema bo’yicha 100 ANIga teng. ANI darajasidan ushbu sistemaga o’tkazib hisoblash quyidagicha (sobiq Ittifoqda qabul qilingan);
15 141,5 , ρ о
15 131,5х АНИ
bundan 100 ANI ρ15 1 ga to’g’ri keladi.
15
|
| |