-rasm. Gazning neftda erishini (N) va neftning gazsizlanishini ifodalovshi nazariy egri shiziqlar




Download 11,69 Mb.
bet112/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

7.7-rasm. Gazning neftda erishini (N) va neftning gazsizlanishini ifodalovshi nazariy egri shiziqlar
(M.A.Jdanov, 1981) 1 – tutash yuzada erish; 2 – differentsial erish; 3 –
differentsial gazsizlanish;
Egri shiziqlar quyidagi molyar tarkibli neft va gaz aralashmasi ushun berilgan: 49,43% metan; 9,9% etan; 6,92% propan; 3,16% butan; 0,89%
pentan; 29,7% neft

natijasida eritmada yangi hosil bo’layotgan og’ir fraksiyalarning portsial bosimi ortib boradi, shunga ko’ra eritmadan gazning ajralish shiddati tutash yuza bo’yicha gazsizlanishdagiga nisbatan kamayib ketadi. Demak, tutash yuza bo’yicha va differentsial gazsizlanish paytida ajralib chiqayotgan gazlar miqdoridagi farq gazneft aralashmasining har xil uglevodorodlardan tashkil topganligini bildiradi.
Yuqorida qayd etilganlardan ma’lum bo’layaptiki, gazsimon uglevodorodlar aralashmasi va og’irroq uglevodorod bug’larining erishi va gazsizlanishi juda murakkab sharoitda yuz beradi.
Tutash yuzali gazsizlanish jarayonida gazning erish egri chizig’i asta-sekin qiyalashib borib, keyinroq qariyb to’g’ri chiziq shaklini oladi, yuqori bosimda esa yuqoriga tomon egilaboshlaydi; bunday egri chiziq gazsizlanish jarayoniga ham taalluqlidir (7.7-rasm).
Differentsial gazsizlanish jarayonida egri chiziqlarning ko’rinishi bundan ham murakkab qiyofaga ega bo’ladi. Masalan, yopiq idishda bosim ostida (vakuumda) gazsizlangan neftdagi neft gazning erishi qabariq egri chiziq ko’rinishida bo’ladi, bu neftning gazsizlanishi natijasida undan juda ko’p miqdorda gaz ajralishini bildiradi va gazsizlanish egri chizig’i botiq shaklini (bosim o’qiga nisbatan) oladi. Buning asosiy sababi shundaki, og’irroq uglevodorodlar (propan, butan, pentan) bosimning ortishi paytida neftda oson eriydilar, bosimning kamayishida esa, aksincha bug’ fazasiga juda qiyin o’tadilar. Neftning gazsizlanishi vaqtida ajralib chiqadigan gazlarning tarkibi eritish uchun olingan gaz tarkibidan sezilarli farqlanadi, chunki eng avval engilroq gaz ajraladi (deyarli toza metan), keyinchalik, bosimning kamayishi paytida uglevodorodlarning og’irroq fraksiyalari ajralib chiqadi.
Qayd qilinganlarni erkin gazni (gaz qalpog’idagi), shuningdek, neftda erigan gazlarni o’rganish paytida nazarda tutish kerak. Gaz qalpog’idagi gaz engil bo’lsada, uni chiqarib olishda gazning og’irroq fraksiyalari ham paydo bo’ladi. Bunday fraksiyalar qatlam bosimining pasayishi vaqtida neftdan erigan gazning ajrab chiqishi natijasida tarkib topadi. Mustahkamlash quvurlari oralig’idan va uning chiqish joyidan olingan gazlarning tarkibi (yuqori bosimda) bir xil bo’lmaydi. Tarkibiga ko’ra yuqori va past bosimda trapda (pog’onama-pog’ona) ajratiladigan gazlar ham mavjud. SHuning uchun ham neftda erigan gazning tarkibini va miqdorini to’g’ri aniqlash uchun neft namunasini eng chuqur joydan olish kerak. Laboratoriyada mukammal tadqiq qilish uchun olingan namunalarda qatlam bosimi butunlay saqlangan bo’lishi shart.
Neftda erigan gazlarning zaxirasi va balans zaxiralari chuqurlikdan (qatlamdan) olingan neft namunasini tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar asosida hisoblanadi. CHiqarib olinayotgan neftning zaxirasi esa trapda 0,1 MPa bosimda o’lchangan gaz omili bo’yicha aniqlanadi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Gazning neftda erishini (N) va neftning gazsizlanishini ifodalovshi nazariy egri shiziqlar

Download 11,69 Mb.