rasm. Turli to’yinish bosimlarida (P




Download 11,69 Mb.
bet111/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

7.6rasm. Turli to’yinish bosimlarida (Pto’y) gazning neftda eruvchanligini
(N) ifodalovshi egri shiziqlar
(M.A.Jdanov, 1981)

G enri qonuniga muvofiq suyuqlikda erigan gaz miqdori o’zgarmas temperaturada bosimga to’g’ri proportsional bo’ladi. Ammo real gazlar, shu jumladan neft gazlari uchun ham, mazkur qonundan juda ko’p chetga chiqishlar kuzatiladi. Gazlar suyuqlikda qanchalik tez erisa, mazkur qonundan shuncha ko’p chetlashiladi. Yog’li gazlar neftda yaxshi eriydi, shu sababli ularda Genri qonunidan chetlashishlar ko’p bo’ladi. Ammo gazning neftda eruvchanligi temperaturaga bog’liq bo’lib, uning ortishi natijasida gazning eruvchanligi kamayadi. Gaz komponentlarining neftda eruvchanligi suvdagiga nisbatan yuqori. Yuqori molekulyar massali uglevodorod gazlari ham neftda yaxshi eriydi. Quruq neft gazlarining neftda bosim bilan erish miqdori orasidagi bog’liqlik to’g’ri chiziq orqali ifodalanadi.
Eruvchanlik koeffisienti 0,1 MPa bosimda neftda erigan gaz miqdorini anglatadi va bu qiymat doimiydir. Yog’li gazlarda yuqorida ko’rsatilgan bog’liqlik egri chiziq orqali ifodalanadi va eruvchanlik koeffisienti bosimning o’zgarishiga bog’liq holda o’zgaradi.
Engilroq neftlarda uglevodorod gazlari og’ir neftdagiga nisbatan yaxshi eriydi.
Gazning neftdagi eruvchanlik koeffisienti 0,25-2,0 atrofida o’zgarib turadi. Bu o’zgarish neft va gazning tarkibi va temperaturasiga bog’liq.
Gazning suyuqlikdagi eruvchanligi temperaturaning ortishiga qarab, bug’lar tarangligining ortishiga mos holda kamayadi. Suyuqlikda erigan gazning miqdori neft bilan suyuqlik tutashgan joyning yuzasiga bog’liq. Bu yuzaning o’lchami kam, suyuqlik va gaz tinch holatda bo’lsa, gazning suyuqlikda erishi uchun ko’p vaqt zarur bo’ladi. Karbonat angidrid gazi neft gazlariga nisbatan yuqori eruvchanlik qobiliyatiga ega. Vodorod va havoning eruvchanligi juda sust, neft gazlarining eruvchanligiga nisbatan 4 marta kam. Neftda erigan gazning ajralib chiqishi teskari tartibda bo’lib, bosim kamayganda avval quruq (qiyin eriydigan) gazlar, keyin esa og’ir (oson eriydigan) gazlar ajralib chiqadi.
7.6-rasmda turli zichlikdagi neftlarda karbonat angidrid gazi eruvchanligining
bosimga bog’liqlik egri chizig’i tasvirlangan.
Gazning neftda erishi yoki uning eritmadan ajralib chiqishi bir lahzada
bo’lmaydi. Tajribadan ma’lumki, neft tinch holatda bo’lsa, ya’ni aralashtirilmasa, neft bilan tutashib turgan gazning teng muvozanat holatiga kelishi uchun yillar zarur bo’ladi.
Ayrim uyumlar bo’yicha neftda erigan gazning miqdorini aniqlashda quduqning chuqur qismlaridan neft namunasi olinadi. Olingan namunani tadqiq qilishda neftning gazsizlanishi turli sharoitlarda sodir bo’lishi mumkinligini nazarda tutish kerak. Agar eritmadan ajralib chiqayotgan gaz gazsizlantirish jarayoni tugagunga qadar suyuqlik bilan tutash holatda bo’lsa, bunday jarayon tutash yuzali gazsizlanish deb ataladi.
Agar gazsizlanish jarayonida eritmadan ajralib chiqayotgan gaz bosim kamaygan sari vaqti-vaqti bilan sistemadan tashqariga chiqarib turilsa, u holda suyuqlik bilan tutash yuzada suyuqlikdan yangi ajralib chiqayotgan og’ir fraksiyalar paydo bo’lib, hodisa differentsial gazsizlanish deb ataladi.

Odatda tutash yuza bo’yicha gazsizlanish sodir bo’lsa, eritmadan differentsial gazsizlanishga nisbatan ancha ko’p gaz ajraladi. Buning sababi, tutash yuza bo’yicha gazsizlanish sodir bo’lganda sistemada ajralib chiqayotgan gazlarning tarkibiy qismlari, shu jumladan engil komponentlar bug’larining ko’p qismi, og’ir uglevodorodlarning portsial (gaz aralashmasining har bir komponenti yuzaga keltiradigan) bosimi va h.k. saqlanib qoladi. Shuning uchun sistemada yuqori temperaturada qaynaydigan uglevodorodlarning bug’ga aylanishi borgan sari ortib boradi.
Differentsial gazsizlanishda sistemadan ajralayotgan fraksiyalarning uzluksiz chiqib ketishi

Download 11,69 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



rasm. Turli to’yinish bosimlarida (P

Download 11,69 Mb.