|
Маъруза №19 компьютер вируслари. Антивирус дастурлар. Компьютерни вируслардан химоялаш
|
bet | 1/3 | Sana | 02.03.2022 | Hajmi | 104 Kb. | | #350 |
МАЪРУЗА № 19
КОМПЬЮТЕР ВИРУСЛАРИ. АНТИВИРУС ДАСТУРЛАР. КОМПЬЮТЕРНИ ВИРУСЛАРДАН ХИМОЯЛАШ
ЧОРА ВА ТАДБИРЛАРИ.
KOMPYUTER VIRUSLARI VA ULARNI O'CHIRISH
Kompyuter virusi - maxsus yozilgan kichik dastur. Bu dastur faylga kirib uni xotiraga yozadi va zararlaydi. Ya'ni bu dastur boshqa dasturlarga o'zini yozib qo'yadi va ko'payib boradi. Zararlangan dastur ishlashi natijasida boshka dasturlar ham viruslanadi. Virus tushgan kompyuterda g'alati o'zgarishlar ro'y beradi. Masalan, ba'zi dasturlar ishlamaydi yoki noto'g'ri ishlaydi. Ekranda notanish belgilar yoki ma'lumot hosil bo'ladi, kompyuter tezligi sezilarli susayadi, fayl ma'lumotlari o'zgaradi, diskdagi ma'lumotlar o'chiriladi va hokazolar.
Ayrim viruslar avvaliga asta-sekin ko'payadi va dasturlar ishiga ta'sir etmaydi. Ma'lum vaqtdan so'ng esa katta zarar keltiradi. Masalan, qattiq diskni formatlaydi va undagi barcha ma'lumotni o'chiradi.
Ayrim virus ma'lumotlarni asta-sekin o'chiradi. "Virus kompyuterda qanday paydo bo'ladi va uni kim yaratadi?" kabi savollar albatta tug'iladi. Virus yaratiladi va buni dasturchi yaratadi. Yaratilishi sababi turli bo'ladi. Ko'pincha ularni dasturlashni o'rganayotgan talabalar yaratadi.
Kompyuterda virus paydo bo'lgan bo'lsa, xafa bo'lmang. "Kasallanishdan" ixtiyoriy kompyuter holi emas.
Kasallangan kompyuterni davolash mumkin. Buning uchun maxsus "davolovchi" dasturlar - antiviruslar mavjud. quyida virus turlari, ularni aniqlash va davolash, oldini olish, ehtiyotkorlik tadbirlari ustida to'xtalamiz.
VIRUS TURLARI.
Viruslar matnlari, ma'lumotli, jadvalli fayllarni o'zgartirishi mumkin. Ayrim viruslar fayllarini shikastlaydi. Shikastlangan fayl virus nusxasini saqlaydi. Bunday viruslar fayl viruslari deb ataladi. Ular .com yoki .exe kengaytmali fayllarni, operatsion sistema yuklovchisini, qurilma drayverlarini shikastlovchi viruslarga ajraladi.
Shikastlangan dastur ishlashi bilan virus o'z ishini boshlaydi. Agar virus xotirada bo'lsa, u fayllarni shikastlashni davom ettiradi. Agarda u AUTOEXEC. BAT yoki CONFIG.SYS dan chiqariluvchi faylni zararlantirgan bo'lsa, u qattiq diskdan OS yuklanganda o'z ishini qayta boshlaydi.
Operatsion sistema yuklovchisini shikastlovchi viruslar Boot virus deb ataladi va OS yuklanganda ishini boshlaydi va kompyuter xotirasida qoladi.
Qurilma drayverlarini shikastlovchi viruslar kamdan-kam uchraydi.
|
| |