-rasm. SHo’kindi jinslarning g’ovaklilik koeffisientini chuqurlik bo’ylab kamayishi




Download 11,69 Mb.
bet99/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

6.6-rasm. SHo’kindi jinslarning g’ovaklilik koeffisientini chuqurlik bo’ylab kamayishi (V.M.Dobrinin, 1970) 1 – Venesuela Respublikasidagi mezozoy erasi gillari; Shimoli-Sharqiy Kavkazoldi regioni: 2 – gilli jinslar; 3 – qumtoshlar; 4 – ohaktoshlar; 5 - mergellar

Kollektorlarning fizik xususiyatlarining tog’ jinslarining hosil bo’lishi va geologik vaqt davomida zichlashishi jarayonida o’zgarishini o’rganish murakkab masalalardan hisoblanadi.
Tog’ jinslari ustiga yotqizilayotgan cho’kindilar massasining ko’payishidan tabiiy bosim kuchi ortadi va jinslar zichlashadi, bundan tashqari jinsda sodir bo’layotgan epigenetik jarayonlar shiddati ham jinslarning zichlashishida katta rol o’ynaydi. CHo’kindi jinslarning tabiiy zichlanishi turli chuqurliklardan olingan kernlarni o’rganish orqali aniqlanadi. Ma’lum bir chuqurlikda yotgan, o’ziga xos litologik tarkibga ega bo’lgan jinslarning fizik xususiyatlarining o’zagarishi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida emperik bog’liqlik egri chizig’ini tuzish mumkin, ular statistik bog’lanishlarni ifodalab, kichik qiymatli korrelyatsiya koeffisienti bilan ajralib turadi. Mazmuniga ko’ra, har bir empirik bog’liqlik egri chizig’i ushbu maydonga xos geologik sharoitlarni tavsiflaydi, shu sababli boshqa geologik provintsiyalarni ifodalashda undan foydalanib bo’lmaydi.
SHu bilan birga neft kollektorlarining joylashishini umumiy qonuniyatlarini belgilash va turli fizik xususiyatlarining chuqurlik bo’ylab o’zgarishining miqdoriy mezonlarini aniqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Olingan bunday ma’lumotlar asosida neft va gaz konlarini izlab topish, ularning joylashish sharoitlarini aniqlash va quduqlar bilan hali ochilmagan kollektorlarning fizik xususiyatlarini ilmiy jihatdan bashoratlash mumkin bo’ladi.
Tog’ jinslarining kollektorlik xususiyatlarini chuqurlik bo’ylab o’zgarish qonuniyatlarini o’rganishda ularning litologik-petrografik xususiyatlarini va jins hosil bo’lishi jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini ham hisobga olish zarur. Masalan, turli tarkibli gillarning zichlanishi har xil kechadi. Kembriy davrining mayin zarrali gillari kuchli zichlanadi, undan keyin asta-sekin zichlanadiganlariga kaolin, marshallit va ulardan keyin, bentonitlar kiradi.
Epigenez (ikkilamchi o’zgarish) jarayonida mustahkamligi kam gil minerallari nisbatan turg’un va zichlanishga chidamli ko’rinish oladi. Bu jarayonda ma’lum bir chuqurlikdagi kollektorlar g’ovakliligining o’zgarish chegarasi tog’ jinslarining litologik tarkibining har xilliligiga bog’liq. Litologik tarkibi bir xil bo’lgan jinslarning g’ovaklilik qiymatining o’zgarishi chuqurlik sari sezilarli bo’lib, uning miqdori kamayib boradi.
Ma’lum bir chuqurlikdagi jinslarning eng yuqori g’ovaklilik koeffisientining o’zgarish jadalligi, shuningdek, temperaturaga ham bog’liq. CHuqurlik sari tog’ jinslari temperaturasining ortishi ularning zichlanishi va g’ovakliligining kamayishini orttiradi.
Demak, qum-gilli jinslardan tarkib topgan kollektorlarning xususiyatlari katta chuqurliklarda zichlanish hisobiga yomonlashadi. SHunga ko’ra nisbatan yuqori geotermik bosqich qiymatlari bilan tavsiflanadigan, yosh cho’kindi yotqiziqlaridan tarkib topgan havzalar neft va gaz izlashga istiqbolli hisoblanadi. SHuningdek, katta chuqurlikda uchraydigan, ikkilamchi g’ovaklilikka, darzli va darzli-kovakli sig’imga ega bo’lgan neft-gaz kollektorlari ham mahsuldor bo’ladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. SHo’kindi jinslarning g’ovaklilik koeffisientini chuqurlik bo’ylab kamayishi

Download 11,69 Mb.