|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 103/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiQumlilik koeffisienti Kq – qatlamning g’ovakli qismi hajmining uning mahsuldor qismi chegarasidagi hajmiga nisbati bilan aniqlanadi;
Bo’linish (ajralish)koeffisienti Ka – hamma burg’ilangan quduqlar bo’yicha jamlangan qumtosh qatlamlar sonining burg’ilangan quduqlarning umumiy soniga (ya’ni, biror gorizontdagi o’tkazuvchan qatchalarning o’rtacha soni) nisbatiga teng. Qumtoshlarning litologik bog’liqlik koeffisienti Kb – yaxlit qumtosh qatlamni
(qalinligi uning o’rtacha miqdoriga teng yoki ko’p bo’lganda) ochgan quduqlar sonining burg’ilangan quduqlarning umumiy soniga nisbatiga teng.
Bo’linish koeffisienti ko’pgina tadqiqotchilar tomonidan qatlamning har xilliligini baholashda va turli kon ob’ektlarini ishlatishni ushbu ko’rsatkich yordamida solishtirish uchun foydalaniladi. Lekin bu koeffisient ajratilgan o’tkazuvchan hamda zich qatchalarning qiyosiy qiymatlarini hamda qatlamda ajratilgan zich va o’tkazuvchan qatchalar qalinligi nisbatini hisobga olish imkonini bermaydi.
Ayrim vaqtlarda qatlamning har xilliligini bo’linish koeffisienti yordamida tavsiflashda entropiya (bir o’lchamli miqdorning diskret yoki uzluksiz taqsimlanish ehtimoli) ma’lumotlaridan foydalaniladi. Ushbu metodning imkoniyatlari juda katta bo’lib, undan neft konlarini loyihalash va uni ishlatish tizimini tahlil qilishda foydalaniladi. Entropiya ma’lumotlarini konni ishlatishning muhim masalalarini hal qilishda va qatlamning neft beraolish koeffisientini bashoratlashda qo’llab bo’lmaydi. Qatlamning har xilligini statistik metodlar yordamida o’rganish juda muhim bo’lsada, uning natijalarini geologik nuqtai nazardan talqin qilish asosan tadqiqotchining bilim va malakasiga bog’liq. Ko’pgina hollarda olingan statistik parametrlarni etarlicha o’rganmaslik, mazmunini anglamaslik va to’g’ri tahlil qilmaslik xatoliklar keltirib chiqaradi.
Quyida turli diametrdagi zarralardan tarkib topgan uch ko’rinishdagi gruntlarni o’rganamiz: I grunt - 2 va 10mm, II - 2; 5; 7; 10mm; III - 2; 4; 5; 7; 8; 10 mm. Har bir gruntda turli diametrli zarralarning foiz miqdori bir xil. Har bir grunt uchun statistik ko’rsatkichlarni hisoblab topamiz: ularga o’rta kvadratik og’ish (xatolik), variatsiya (kuzatilayotgan ob’ektlarning turli shaklda o’zgarishlari) koeffisienti va b. kiradi. O’rtacha kvadratik og’ish () deganda musbat belgidan olingan dispertsiyaning (2) kvadrat ildizi tushuniladi; variatsiya koeffisienti ()- o’rta
kvadratik og’ishning o’rta arifmetik qiymatiga ( ) nisbati bilan topiladi va foizda o’lchanadi.
I grunt uchun
o’rtacha arifmetik qiymat
210 mm;
6
2
dispersiya
2 (26)2 (106)2 16 мм2 ;
2
o’rta kvadratik og’ish
2 164 mm;
variatsiya koeffisienti
4 %;
100 100 67
6
5)entropiya
к
Hα -2∑P1nePi -2 ne 0,69 .
i 1
III grunt uchun:
5) Hα -6 ne 1,78.
Olingan natijalar 6.4-jadvalga yoziladi. Jadvaldan ko’rinib turibtiki, o’rta kvadratik og’ish va variatsiya koeffisienti I gruntdan III gruntga qarab kamayib boradi, ya’ni gruntning har xilligi shu tartibda kamayib borar ekan. Bu tahlilga ko’ra I grunt boshqalariga nisbatan ko’proq har xildir, III grunt esa nisbatan har xil. Entropiya qiymati esa buning aksidan darak beradi, unga ko’ra III grunt ko’proq har xildir.
|
| |