|
1. Issiqlik izoliyatsiya ashyollarining qo‘llanilishi ?
|
bet | 1/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word
1. Issiqlik izoliyatsiya ashyollarining qo‘llanilishi ? Binolar, texnologik jihozlar, issiqlik quvurlari, sanoat issiqlik va sovutish tizimlaridagi issiqlikni tejash maqsadida issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0,175 Vt/(m·0S) dan (200Sda) kam bo‘lmagan ashyolar bilan himoyalanadi. Bunday ashyolarni qo‘llash hozirgi paytda tanqis va tannarxi oshib borayotgan issiqlik energiyasini keskin tejashga imkon yaratadi. 1m3 samarali issiqlik izolyasiyasi ashyoini ishlatish natijasida 1,45 tonna shartli yoqilg‘ini (sh.yo.) tejash mumkin. Issiqlik agregatlarini izolyasiya qilish issiqlikni yo‘qolishini 20–30% qisqartirishga imkon beradi. Sovutish uskunalarida esa bu ko‘rsatkich yana ham salmoqliroq, chunki bir birlik sovuqlikni hosil qilish bir birlik issiqlikka nisbatan 20 barobar qimmat turadi. Shu sababli yangi qurilayotgan va hozirda foydalanishda bo‘lgan binolarning issiqlikni tejash normativ talablari bir muncha oshirildi. Faqat yuqori samarador ashyolardan ( ρm = 200 kg/m3, λ = 0,06 Vt/m·0S) tayyorlangan, energiya sig‘imi 10 – 15 kg shartli yoqilg‘dan osmaydigan konstruksiyalar 5 -15 yil mobaynida ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni qoplashi va shundan keyingina sof daromad keltirishi mumkin (masalan, ko‘pikplastlar, tolali ashyolar, supertola va x.k.). Tanasi bo‘sh kovakli g‘isht ishlab chiqarishga sarflangan energiyani 50 yildan keyin qoplaydi ( termik qarshiligi 3,5 m2·0S /Vt bo‘lgan g‘isht devor esa – 250 – 300 yil).
4. MXD lari va horijiy davlatlarda binolarni energiya samaradorlik darajasini oshirish uchun qanday me’yoriy xujjatlar qabul qilindi? MXD lari bu muammoga XX-asrning 80 – yillari o‘rtalaridan e’tibor qarata boshladilar. Lekin, mamlakatlarning ichlarida sodir bo‘lgan voqealar muammoni hal qilishni birmuncha orqaga surdi. 1995 yilgacha, faqat Rossiyaning qurilish industriyasi, turar joy va kommunal xo‘jaligi uchun har yili 450 mln tonna yoki foydalanishda bo‘lgan binolarning1m2 ga 90kg shartli yoqilg‘i sarflanar edi. Bu ko‘rsatkich Shvetsiya va Finlyandiyada 3barobar kam. Shuning sababli keyingi yillarda MDX mamlakatlarida energiya tejamkorlik masalasini yechishga qaratilgan bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, bunday hujjatlar qatoriga MDX mamlakatlari hududida 1 sentyabr 1995 yilda amalga kiritilgan, Rossiya arxitektura va qurilish akademiyasining “Qurilish fizikasi” ITI tomonidan ishlab chiqilgan va standartlashtirish, texnik me’yorlash va sertifikatlashtirish Bosh boshqarmasi tomonidan tavsiya etilgan “II-3-79 QMQ “Qurilish teplotexnikasiga o‘zgartirishlar” ni kiritish mumkin. Bu me’yoriy xujjat nimani o‘zgartirishni talab etadi? Asosiy o‘zgarish – to‘siq konstruksiyalarining issiqlik o‘tkazuvchanligi (termik qarshiligi)ga qo‘yiladigan talablardir.
|
| |