|
1. Issiqlik izoliyatsiya ashyollarining qo‘llanilishi ?
|
bet | 7/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word14. Keramogranit nima, uning tabiiy tosh ashyolardan qilingan pollardan qanday afzalliklari bor? Keramogranit - mustahkamligi va qattiqligi jihatidan tabiiy toshga o‘xshash sun’iy ashyodir. Uning tarkibida granit bo‘lmaydi, lekin fizik xususiyatlari bilan unga o‘xshashdir. O‘ziga xos xususiyatlari keramogranitni fasadlarni qoplash va ichki yuzalarni pardozlash ishlarida foydalanishga imkon beradi.Juda yuqori intensiv harakatlar pol plitkalarini yemirilishga olib kelishi mumkin Bunday hollarda pol qoplamalariga tabiiy tosh yoki keramogranit plitalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi Izover Ventiterm firmasi issiqlik izolyasiyasi tizimlarida keramogranitdan foydalanishni taklif etmoqda. Osma Spidi tizimida qoplama sifatida keramogranit va keramik plitalarni an’anaviy yoki romb usulda ko‘rinadigan va ko‘rinmas qilib o‘rnatiladi. Keramogranit noyob ishlash xususiyatlari uni jabhalarni qoplash va ichki bezatish uchun ishlatish imkonini beradi. Keramogranit bardoshli va kuchli, mexanik shikastlanishga, chizishlarga va aşınmaya nisbatan kam sezgir. Keramogranit namlik va harorat o'zgarishidan vayron bo'lmaydi. O'rnatish texnologiyasiga muvofiq yotqizilgan keramogranit uzoq vaqt davomida devor va pollarga mukammal yopishadi.
15.Mineral paxta xom ashyosi xossalari. Mineral paxta tog‘ jinslarini yoki metallurgiya shlaklarini suyuqlantirib olinadigan alohida tolalardan iborat bo‘lgan issiqlik izolyasiyasi ashyoidir.Mineral paxta ishlab chiqarishda mergelь, slanets, ohaktoshlar bilan gil tuproqli va kremniyli jinslari bo‘lgan dolomitlarning aralashmasi shuningdek, toshqollar (ko‘pincha domna toshqoli) xom ashyo sifatida xizmat qiladi/ Mineral paxta ishlab chiqarish asosan ikki jarayondan: xom ashyo aralashmasini suyuqlantirish va suyuqlanmani tolalarga aylantirishdan iborat. Zichligiga qarab mineral paxta 75, 100, 125 va 15 markalarga bo‘linadi. U olovbardosh, chirimaydi, gigroskopligi kichik va issiqlikni kam o‘tkazadi — 0,04-0,05 Vt/ (m.°S). Mineral paxta mo‘rt bo‘lgani uchun uni yotqizishda ko‘p chang hosil bo‘ladi, shu sababli paxta granullanadi, ya’ni yumaloqlangan guvalacha-granullarga aylantiriladi. Ulardan ichi bo‘sh devorlar va orayopmalar, ichi to‘ldiriladigan issiqlik izolyasiya ashyoi sifatida foydalaniladi. Mineral paxtaning o‘zi turlituman issiqlik izolyasiya ashyoidan olingan buyumlar: namat, mato, yarim bikr va bikr plitalar, qobiqlar, cegment va boshqalar yasaladigan yarim fabrikat hisoblanadi.Mineral mata, mato, list yoki rulon ashyo bo‘lib, bitta yoki ikkala tomoni puxta iplar bilan tikilgan, bitumlashtirilgan qog‘oz bilan qoplangan, mineral paxtadan iborat. Matalarning o‘lchamlari: uzunligi 3000—5000, eni 500 va 1000, qalinligi 50—100 m. Mataning 100 markasi (zichligining kattaligi bo‘yicha) chiqariladi, ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,04 Vt/ (m-°S). Matalar turar joy va sanoat binolarining tusish konstruksiyalari, texnologik asbob-uskunalar va truboprovodlarni issiqlik izolyasiyalash uchun ishlatiladi. Sintetik, bog‘lovchi asosida mineral paxtadan qilingan plitalar uzunligi 900—1800, eni 500—1000 va qalinligi 40—100 mm qilib chiqariladi. Zichligi bo‘yicha plitalar 50, 75, 125, 175, 200 va 300 markalarga bo‘linadi. Ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,044—0,058 Vt/(m.°S). Plitalardan qurilish konstruksiyasi, sanoat asbob uskunalari va truboprovodlarni issiqlik izolyasiya uchun foydalaniladi.
|
| |