|
Ko‘pchitilgan vermikulit xom ashyosi xossalari
|
bet | 10/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word19. Ko‘pchitilgan vermikulit xom ashyosi xossalari. Ko‘pchitilgan vermikulit. Obyektlar qurilishida ko‘pchitilgan vermikulitning qo‘llanilishini alohida ta’kidlash lozim. O‘rta Osiyoda yagona vermikulit rudalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Tebinbuloq konida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda Respublikamizda undan qurilish ashyolari ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘lga qo‘yildi. Shuni aytish mumkunki, 20 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik o‘tkazishi bo‘yicha 1,5 metr qalinlikdagi g‘ishtli devor yoki 2 metr qalinlikdagi beton devorga ekvivalentdir. Chordoq orayopmalariga 5 sm qalinlikda to‘kilgan vermikulit issiqlik yo‘qotilishini 75% ga, 10sm qalinlikdagisi esa 92% ga kamaytiradi. Ko‘pchitilgan vermikulit va sementdan tayyorlangan qorishmalari issiqlik izolyasiyalovchi suvoq sifatida ishlatiladi. Ushbu aralashmalarning eng mashhuri VERMIX ("Slyuda fabrikasi", Sankt-Peterburg). Ushbu suvoq g‘isht va betondan yasalgan ichki va tashqi devorlarni bir vaqtning o‘zida tekislash bilan izolyasiyalash uchun mo‘ljallangan. Quritgandan so‘ng, suvoq yuzasi sement shpatlevka bilan himoyalanadi va bo‘yaladi. VERMIX tarkibining ko‘p qismini sement tashkil qiladi. Bunday qorishma keramik plitkalar, parket, linolyum, gilamlarni yotqizish uchun beton asoslarni tekislash va isitish uchun mo‘ljallangan. Tashqi ko‘rinishi - oqdan och kul ranggacha silliq yuzali bikr to‘rtburchak plita ko‘rinishidagi, mayda dispers tuzilishga ega. Plitalarning seltsiy bo‘yicha 25 gradusdagi issiqlik o‘tkazuvchanligi. 0,14 - 0,16 Vt / m K, siqilishdagi mustahkamligi 2 MPa dan, egilishdagisi esa 4,5 MPa dan kam emas. Plitalar nafaqat yonmaydi, balki olovdan himoya qilish xususiyatiga ham ega. Agar qalinligi 50 mm bo‘lgan plitani bir tomondan 2,5 soat davomida 1100oS gacha qizdirilsa. (bu plitalarni qizdirish mumkin bo‘lgan chegara harorati), boshqa tomondagi harorat 100 darajadan oshmaydi. Yong‘inga chidamlilik bo‘yicha bunday noyob xususiyati tufayli, MINPLAST A plitalari asosan, har qanday holatda ham yonib ketmasligi zarur bo‘lgan binolarni (bank omborlari, server markazlari, qozonxonalar, elektroshit va boshqalar) yong‘indan himoya qilish uchun ishlatiladi.
|
| |