|
Penopolivinilxlorid plitalari
|
bet | 23/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word22. Penopolivinilxlorid plitalari. Penoponivinilxlorid-bir tekkisda tarqalgan berk g’ovakli tuzilishga ega bikr elastik yoki yarim elastik penoplast bo’lib uzunligi va eni 500 mm qalinligi 45mm dan kam bo’lmagan plita shaklidagi ashyo
30. Yog‘och qirindi va yog‘och tolali plitalar, arbolit, fibrolit issiqlik izolyasiyasi ashyolarining xususiyatlari haqida tushuncha bering. Yog‘och qirindi plitalar – 88-92% maydalangan yog‘och qirindisini (to‘ldiruvchi) 8-12% polimer smolasi (bog‘lovchi modda) bilan aralashmasini issiqlayin presslash yo‘li bilan tayyorlangan plita ko‘rinishidagi su’niy konglomeratdir. Yog‘och tolali plitalar yog‘och chiqindilari, qog‘oz makulatura, jo‘xori, g‘o‘za va kanop poyalari, poxol va sh.k.larni defibratorlarda titilgan tolali massalariga polimer bog‘lovchilar qo‘shib olinadi. Mahsulot sifatini oshirish maqsadida massa tarkibiga gidrofob, antiseptik va antipiren moddalar kiritiladi. Plitalar quyma va presslash usulida qoliplanadi, 165-1800S haroratda quritiladi. Egilishdagi mustahkamligi hamda tayyorlanish texnologiyasi qarab yog‘och tolali plitalar o‘taqattiq, qattiq, yarimqattiq, yumShoq va pardozbop qattiq xillarga bo‘linadi. Issiqlik izolyasiyasiga o‘rtacha zichligi 150-350 kg/m3 va λ=0,064-0,1 Vt/(m·0S) bo‘lgan yumShoq plitalar ishlatiladi. Plitalar uzunligi1200 dan 3000 mm gacha, eni 1200 dan 1700 mm gacha, qalinligi esa 8, 12, 16, 28 mm qilib ishlab chiqariladi. Egilishdagi mustahkamligi bo‘yicha M-4, M-12, M-20 markalarga bo‘linadi. Fibrolit plitalar noorganik bog‘lovchi moddalar (portlandsement, magnezial bog‘lovchilar) hamda yog‘och qirindisi (payraxasi) asosida ishlab chiqariladi. Yog‘och juni, uzunligi 400—500, eni 4—7 mm va qalinligi 0, - 0,4 mm li yupqa lentalar ko‘rinishiga ega bo‘lgan tolasimon ashyo bo‘lib, fibrolit tarkibida armatura vazifasini bajaradi. Uni qarag‘ay, tilag‘och, oq qayin, qora qarag‘ay kabi daraxtlardan tayyorlangan kalta yog‘och g‘o‘lalaridan, maxsus uskunalarda olinadi. Yog‘och qirindisi dastlab kalьtsiy xlorid, suyuq shisha yoki alyuminiy sulfat singari mineralizatorlar bilan ishlov beriladi. Mineralizatorlar, yog‘och tolalariga shimilib, yog‘och tarkibidagi zararli moddalar ta’sirini kamaytiradi. Minerall ashtirilgan yog‘och qirindisi bog‘lovchi va suv bilan aralashtirilib, 0,5 MPa bosim ostida qoliplanadi. Qoliplangan plitalar bug‘lash kameralarida 30-350S haroratda bug‘lanadi, so‘ngra 20% namlikkacha quritiladi. Fibrolit plitalar uzunligi 2400, 3000, eni 600, 1200 qilib, 30—150 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Zichligi bo‘yicha fibrolit plitalar 250 dan 500 kg/m3 gacha markalarga bo‘linadi. Egilishdagi mustahkamlik chegarasi esa tegishlicha 0,15 dan 1,8 MPa gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,08 - 0,1 Vt/ (m-°S) ga teng.15sm qalinlikdagi fibrolit plitaning termik qarshiligi ikki qator g‘ishtli devorningtermik qarshiligiga teng. Shu sababli ushbu plitalardan parda devorlar qilishda, devorlar va chordoq Arbolit sement, organik to‘ldirgichlar, kimyoviy qo‘shimchalar va suv aralashmasidan tayyorlanadi. Organik to‘ldiruvchilar sifatida yog‘ochlarning maydalangan chiqindilaridan, maydalangan qamish, kanop, zig‘ir o‘zagi,g‘o‘zapoya va Shu kabilardan foydalaniladi issiq saqlovchi ashyo sifatida foydalaniladi.
|
| |