|
Noorganik issiqlik izolyasiyasi ashyolari va buyumlari
|
bet | 17/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word41. Noorganik issiqlik izolyasiyasi ashyolari va buyumlari. Issiqlik izolyasiyasi ashyolari ishlatidigan hom ashyo turiga qarab noorganik va organik ashyolariga bo'linadi. Noorganik ashyolarga mineral va shisha paxta hamda ular asosida olinadigan buyumlar, ko'pchitilgan perlit va vermikulit (ulardan olinadigan buyumlar), serg'ovak betonlar, keramik issiqlik izolyasiyasi ashyolari, organik ashyolarga esa yog'och tolali va qirindili plitalar, qamishit, issiq izolyasion plastmassalar kiradi. Ular boshqa guruh ashyolaridan olovga chidamlilik, chirimaslik, namni kam yutishi, issiqlik o'tkazuvchanligi kichikligi bilan farq qiladi. Mineral paxta tog' jinslarini yoki metallurgiya shlaklarini suyuqlantirib olinadigan alohida tolalardan iborat bo'lgan issiqlik izolyasiyasi ashyoidir.Mineral paxta ishlab chiqarishda mergelь, slanets, ohaktoshlar bilan gil tuproqli va kremniyli jinslari bo‗lgan dolomitlarning aralashmasi shuningdek, toshqollar (ko'pincha domna toshqoli) xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Mineral paxta ishlab chiqarish asosan ikki jarayondan: xom ashyo aralashmasini suyuqlantirish va suyuqlanmani tolalarga aylantirishdan iborat. Zichligiga qarab mineral paxta 75, 100, 125 va 15 markalarga bo'linadi. U olovbardosh, chirimaydi, gigroskopligi kichik va issiqlikni kam o'tkazadi — 0,04- 0,05 Vt/ (m.°C).Sintetik, bog'lovchi asosida mineral paxtadan qilingan plitalar uzunligi 900—1800, eni 500—1000 va qalinligi 40—100 mm qilib chiqariladi.Mineral mata, mato, list yoki rulon ashyo bo'lib, bitta yoki ikkala tomoni puxta iplar bilan tikilgan, bitumlashtirilgan qog'oz bilan qoplangan, mineral paxtadan iborat. Matalarning o'lchamlari: uzunligi 3000—5000, eni 500 va 1000, qalinligi 50—100 m.
42. Polimerlar va ular asosida olinadigan issiqlik izolyasiyasi ashyolari.Organik polimerlar asosida olinadigan issiqlik izolyasiyasi ashyolari yengilligi, kam issiqlik o'tkazishi va yetarli darajadagi mustahkamligi bilan boshqa ashyolardan farq qiladi. Ayniqsa, fenoloformaldegid, penopolistirol, penopolivinilxlorid va poliuretan polimerlari asosida tayyorlanadigan ―quyma poroplast va penoplastlar diqqatga sazovordir. Devorbop panellar tayyorlashda bevosita poroplast yoki penoplast qatlamlarini hosil qilish ishlab chiqarish ishlarini qisqartirishga va arzonlashtirishga imkon beradi. Penopolistirol havo yoki gaz (aeot va x.k.) bilan to‗lgan mayda g'ovak tuzilishga ega. Penopolistirol tayyorlashda xom ashyo sifatida suspenzion polistirol va ko'piklashtiruvchi komponent (porofor) lar ishlatiladi. Penoplastlarning bu turidan PS-S (antipirenli) va PSB, PS-1, PS-4, PS-6 markalardagi plitalar ishlab chiqariladi. Plitalarning o'rtacha zichligi - 20-40 kg/m3, issiqlik o'tkazuvchanligi - 0,035-0,4 Vt/(m·0 S), egilishga mustah-kamligi - 0,18 MPa, hajmiy suv Shimuvchanligi 2 -5% dan oshmaydi. Penopolistirol chirimaydi, boshqa qurilish ashyolariga oson yelimlanadi va mixlanadi. Penopolivinilxlorid – bir tekisda tarqalgan berk g'ovakli tuzilishga ega bikr, elastik yoki yarimelastik penoplast bo'lib, uzunligi va eni 500 mm qalinligi 45mm dan kam bo'lmagan plita shaklidagi ashyo.Sotoplastlar – rezol fenoloformalьdegid polimeri bilan shimdirilgan gofrirlangan (to'lqinsimon buklangan) qog'oz, gazlama yoki yog‗och qatlamini issiqlayin presslash natijasida tayyorlangan serkatak, issiqlik va tovush izolyasiyasi ashyoidir. Sotoplastlarning fizik-mexanik xossalari kovaklarning o'lchamlari va shakliga bog'liq. Nisbatan arzonligi va issiqlikni kam o'tkazish xususiyatiga egaligi tufayli paxta va qog'oz asosli sotoplastlar qurilishda keng misiyosda qo'llanilmoqda.
|
| |