Ashyolar qanday usullarda g‘ovaklashtiriladi?




Download 57,78 Kb.
bet2/23
Sana12.06.2024
Hajmi57,78 Kb.
#263060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
istiqbolli 2024 Word

9.Ashyolar qanday usullarda g‘ovaklashtiriladi? Ashyolarga issiqlik saqlash xususiyatini berishda g‘ovaklashti-rishning quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi. Gaz hosil qilish usuli hom ashyo aralashmasi tarkibiga kimyoviy reaksiya natijasida ko‘p miqdorda gaz fazasini ajratib chiqaruvchi moddalar qo‘shishga asoslangan. Gazlar, qotayotgan qo‘yiq massadan ajralib chiqish jarayonida ashyoda g‘ovak struktura hosil qiladi (gaz beton, gaz silikat, gazkeramika, serg‘ovak shisha, gazlashtirilgan plastmassalar va x.k.). Gaz hosil qiluvchi modda sifatida alyuminiy kukuni va texnik vodorod peroksidi (pergidrolь)dan foydalaniladi. Alyuminiy kukuni kalьtsiya gidrooksid bilan reaksiya ga kirishib, ko‘p miqdorda vodorod gazini ajratib chiqaradi. Pergidrol ishqoriy muhitda oson parchalanadi va kislorod gazini hosil qiladi. Ikala holda ham sement xamiri ko‘pchiydi. Shunga o‘xshash, erigan shisha va polimer smolalarga ham SO2, N2 va boshqa gazlar ajratib chiqaruvchi reagentlar qo‘shiladi. Ko‘piklashtirish usuli bog‘lovchi moddalar qorishtiriladigan suvga ko‘pik hosil qiluvchi moddalar qo‘shishga asoslangan. Ko‘piklardagi turg‘un pufakchalar ko‘pik beton, ko‘pik silikat, ko‘pik keramika va x.k.lardagi g‘ovaklardan iborat bo‘ladi. Ko‘piklardagi pufakchalarni, bog‘lovchi modda qotgunga qadar turg‘unligini oshiruvchi stabilizatorlar sifatida duradgorlik yelimi, alyuminiy oltingugurt tuzi, polimer smola va boshqalar ishlatiladi. Ko‘pik hosil qiluvchilar sifatida moy kislotalarning tuzlari – natriyli va kaliyli sovunlar, yetmak ildizi va undan ajratib olinadigan saponin; kanifolь sovunidan olinadigan yelimkanifolli ko‘piklashtirgich (abistin kislotasini tuzi S19N39SOON); alyuminiy oltingugurt tuzi va kerosin kontaktidan olinadigan alyumosulfonaften ko‘piklashtirgichidan foydalaniladi. Ko‘pchitish(Shishirish) usuli ba’zi tog‘ jinslari va toshqollarni yuqori haroratda qizdirishga asoslangan. Bunda, hom ashyodan kimyoviy bog‘langan yoki tseolit (kristallardagi) suv yoki suv bug‘lari ajralib chiqadi. Perlit, obsidian, vermikulit, tarkibida FeO bo‘lgan ba’zi oson eruvchi tuproqlar 800 – 10000S haroratda kuydiriladi va sovutiladi. Titish usulida nisbatan zich, shaklsiz tolali mineral xom ashyoni buyum shakliga keltiriladi. Bu usul mineral va shisha paxtasi va ulardan tayyorlanadigan buyumlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Mineral paxtaga xom ashyo sifatida pegmatitlar, tuflar va boshqa tog‘ jinslari hamda metallurgiya toshqollaridan, shisha paxta uchun esa – shisha siniqlari va shisha zavodlaridagi shisha chiqindilaridan foydalaniladi. Shuningdek, titish usulida organik issiqlik izolyasiyasi ashyolari – jun va paxta buyumlar (vatin, kiygiz), yog‘och tolalari ishlab chiqariladi. Titish usuli, yaxshi issiq izolyasiyasi ashyoi hisoblangan asbest va undan tayyorlanadigan asbest qog‘ozi, kartoni, kiygizi va asbest sement buyumlari ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi.Kuyib ketadigan organik moddalar qo‘llash usuli. Bu usulda xom ashyoga kuyib ketadigan, jumladan, keramik issiqlik izolyasiyasi ashyolari ishlab chiqarishda - arra to‘fon (yog‘och kukuni), ko‘mir maydasi, qog‘oz chiqindilari, torf, lignin singari ashyolar qo‘shib yuboriladi. Kuyib ketadigan organik moddalar qo‘llash, ko‘pchish xossasiga ega bo‘lmagan oddiy tuproqlardan ham yengil betonlar uchun agloporit, vakulit singari to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishga imkon beradi.

Download 57,78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 57,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ashyolar qanday usullarda g‘ovaklashtiriladi?

Download 57,78 Kb.