|
Issiqlik izolyasiyasi ashyolarining sinflanishi haqida tushuncha bering
|
bet | 4/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word8. Issiqlik izolyasiyasi ashyolarining sinflanishi haqida tushuncha bering. Issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichiga qarab issiqlik izolyasiya ashyolari 3 sinfga bo‘linadi: A – kam issiqlik o‘tkazuvchi, B – o‘rtacha issiqlik o‘tkazuvchi, V – ko‘p issiqlik o‘tkazuvchi materiallar. 25 0S haroratda A sinfga kiruvchi ashyolarni issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0,06 Vt/(m·0S)gacha, klassa B sinfdagilarniki –0,06 dan 0,115 Vt/(m·0S)gacha, V sinfdagilarniki –0,115 dan 0,175 Vt/(m0S)gacha. Haroratning boshqa qiymatlarida issiqlik o‘tkazuvchanlik quyidagi tenglik bo‘yicha oshadi:
λ t = λo(1 + βt),
bu yerda λt –t0S haroratdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik;
λo – 00S haroratdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik;
β – ashyo issiqlik o‘tkazuvchanlikni ashyo harororatini oshishini hisobga oluvchi koeffisient bo‘lib, u 0,002ga (1000Sgacha) teng. Issiqlik izolyasiyasi ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanligini ularning g‘ovak tuzilishiga. Chunki g‘ovaklarda joylashgan havoning issiqlik o‘tkazuvchanligi kichik bo‘lib, 0,1 – 2,0 mm o‘lchamli g‘ovaklardagi havo 0,023-0,030 Vt/(m·0S) issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientiga ega. Issiqlik izolyasiyasi ashyolarining g‘ovakdorligi 90 – 98%, super ingichka shisha tolalarniki esa 99,5%ni tashkil etadi. Shu bilan birga konstruktsion ashyolar – og‘ir betonlarning g‘ovakdorligi 9 – 10%, granit, marmar – 0,2-0,8 %, keramik g‘isht – 25 – 35%, po‘lat – 0, yog‘och – 70%ga teng. G‘ovakdorlik bevosita o‘rtacha zichlikka bog‘liq bo‘lganligi sababli, issiqlik izolyasiyasi ashyolari g‘ovakdorlik bo‘yicha emas, balki, o‘rtacha zichlik ko‘rsatkichi bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi: juda yengil (J.E.), yengil (E), og‘ir (O). Quriq holatdagi o‘rtacha zichligi bo‘yicha J.E. issiqlik izolyasiyasi ashyolari 15, 25, 35, 50, 75, 100; E. ashyolar - 125, 150, 175, 200, 225, 300, 350; O ashyolar - 400, 450, 500, 600 markalarga ega. O‘rtacha zichligi 500-700 kg/m3 ga teng bo‘lgan ashyolar konstruksiyalardagi yuk ko‘tarish qobiliyatlarini hisobga olgan holda konstruktiv – izolyasiya ashyoi sifatida qo‘llaniladi.
|
| |