|
Yog‘och qirindi va yog‘och tolali plitalar, arbolit, fibrolit
|
bet | 6/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word12. Yog‘och qirindi va yog‘och tolali plitalar, arbolit, fibrolit issiqlik izolyasiyasi ashyolarining xususiyatlari haqida tushuncha bering. Yog‘och qirindi plitalar – 88-92% maydalangan yog‘och qirindisini (to‘ldiruvchi) 8-12% polimer smolasi (bog‘lovchi modda) bilan aralashmasini issiqlayin presslash yo‘li bilan tayyorlangan plita ko‘rinishidagi su’niy konglomeratdir (3-rasm). Bog‘lovchi modda sifatida termoreaktiv smolalar (mochevinaformaldegid, karbamid, fenolformaldegid va x.k.) ishlatiladi. Plitalarning xossalarini yaxshilash maqsadida aralashmaga gidrofob (parafin emulsiyasi), antiseptik va boshqa qo‘shimchalar qo‘shiladi. O‘rtacha zichligi bo‘yicha yengil (250-400 kg/m3), yengillashtirilgan (400-800 kg/m3) va og‘ir (800-1200 kg/m3) yog‘och qirindi plitalar ishlab chiqariladi. Issiqlik izolyasiyasi uchun yengil plitalardan (λ=0,046-0,093Vt/(m·0S) foydalaniladi. Plitalar konstruksiyalarga mixlar va maxsus mastikalar bilan mahkamlanadi. Yog‘och tolali plitalar yog‘och chiqindilari, qog‘oz makulatura, jo‘xori, g‘o‘za va kanop poyalari, poxol va sh.k.larni defibratorlarda titilgan tolali massalariga polimer bog‘lovchilar qo‘shib olinadi.Issiqlik izolyasiyasiga o‘rtacha zichligi 150-350 kg/m3 va λ=0,064-0,1 Vt/(m·0S) bo‘lgan yumShoq plitalar ishlatiladi. Plitalar uzunligi1200 dan 3000 mm gacha, eni 1200 dan 1700 mm gacha, qalinligi esa 8, 12, 16, 28 mm qilib ishlab chiqariladi. Egilishdagi mustahkamligi bo‘yicha M-4, M-12, M-20 markalarga bo‘linadi. Fibrolit plitalar noorganik bog‘lovchi moddalar (portlandsement, magnezial bog‘lovchilar) hamda yog‘och qirindisi (payraxasi) asosida ishlab chiqariladi. Yog‘och juni, uzunligi 400—500, eni 4—7 mm va qalinligi 0, - 0,4 mm li yupqa lentalar ko‘rinishiga ega bo‘lgan tolasimon ashyo bo‘lib, fibrolit tarkibida armatura vazifasini bajaradi. Uni qarag‘ay, tilag‘och, oq qayin, qora qarag‘ay kabi daraxtlardan tayyorlangan kalta yog‘och g‘o‘lalaridan, maxsus uskunalarda olinadi Fibrolit plitalar uzunligi 2400, 3000, eni 600, 1200 qilib, 30—150 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Zichligi bo‘yicha fibrolit plitalar 250 dan 500 kg/m3 gacha markalarga bo‘linadi. Egilishdagi mustahkamlik chegarasi esa tegishlicha 0,15 dan 1,8 MPa gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,08 - 0,1 Vt/ (m-°S) ga teng. Arbolit sement, organik to‘ldirgichlar, kimyoviy qo‘shimchalar va suv aralashmasidan tayyorlanadi. Organik to‘ldiruvchilar sifatida yog‘ochlarning maydalangan chiqindilaridan, maydalangan qamish, kanop, zig‘ir o‘zagi,g‘o‘zapoya va Shu kabilardan foydalaniladi. Arbolitni issiqlik o‘tkazuvchanligi qo‘llaniladigan organik to‘ldiruvchining turiga qarab 0,07-0,17 Vt/( m-°S), egilishdagi mustahkamligi esa 0,4 - 1,0 MPa oraliqda o‘zgarib turadi. U qator noyob qurilish xususiyatlariga ega: biochidamli, qiyin yonadi, sovuqqa chidamli, yaxshi arralanadi va parmalanadi.
13. Fenoloformaldegid, penopolistirol, penopolivinilxlorid va poliuretan polimerlari asosida tayyorlanadigan issiqlik izolyasiyasi ashyolarining xususiyatlari haqida tushuncha bering. fenoloformaldegid, penopolistirol, penopolivinilxlorid va poliuretan polimerlari asosida tayyorlanadigan “quyma” poroplast va penoplastlar diqqatga sazovordir. Devorbop panellar tayyorlashda bevosita poroplast yoki penoplast qatlamlarini hosil qilish ishlab chiqarish ishlarini qisqartirishga va arzonlashtirishga imkon beradi. Penoplastlar, gʻovak polimer materiallar — gaz bilan toʻldirilgan plastmassalar. Gaz bir-biriga tutashmagan boʻshliq (katak)lar ichida boʻladi. P.ning hajmiy massasi kichik; issiklik, tovush, suv va elektr oʻtkazmaydi. P.ning xossasi koʻpiklanish darajasi, gʻovaklarining tuzilishi va polimerning kimyoviy tabiatiga bogʻliq. P. polimerlarni yuqori elastik holatda koʻpiklashtirish va qovushoqsuyuq polimer kompozitsiyasini koʻpiklashtirish usulida tayyorlanadi.P. kuch konstruksiyalarining mustax,kamligini oshirish maqsadida ularning elementlariga, yuqori elastik xususiyatga ega boʻlgan materiallarga toʻldirgich sifatida, konstruksion elementlarda issiklikni izolyasiyalashda ishlatiladi. Radio va elektr texnika qurilmalarida, suzish qurilmalarining choʻkmaydigan qismlari va detallarini tayyorlashda, mebellar, kiyimlar ishlab chiqarish va boshqalarda qoʻllanadi. P. tayyor presslangan va yarim fabrikat holda chiqariladi.Poroplastlar, gʻovak plastmassalar — gaz bilan toʻldirilgan plastmassalar. P.da gaz oʻzaro tutashgan katakchalarni toʻldiradi
|
| |