|
Issiqlik tejamkor ashyolar qanday ahamiyatga ega?
|
bet | 5/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word2. Issiqlik tejamkor ashyolar qanday ahamiyatga ega? Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti λ < 0,18 Vt/m 0S va o‘rtacha zichligi ρo < 600 kg/m3 bo‘lgan ashyolar issiklik izolyasiyasi ashyolar deyiladi.Issiqlik izolyasiya ashyolarini qurilishda ishlatish natijasida to‘siq konstruksiyalarini qalinligini kamaytirish (devor, tom va xk.), ashyolarni (g‘isht, beton, yog‘och) tejash, konstruksiyalarni yengillashtirish va tannarxini pasaytirish, binolarni ishlatish davomida yoqilg‘i sarfini kamaytirishga erishish mumkin. Binolar, texnologik jihozlar, issiqlik quvurlari, sanoat issiqlik va sovutish tizimlaridagi issiqlikni tejash maqsadida issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0,175 Vt/(m·0S) dan (200Sda) kam bo‘lmagan ashyolar bilan himoyalanadi. Bunday ashyolarni qo‘llash hozirgi paytda tanqis va tannarxi oshib borayotgan issiqlik energiyasini keskin tejashga imkon yaratadi. 1m3 samarali issiqlik izolyasiyasi ashyoini ishlatish natijasida 1,45 tonna shartli yoqilg‘ini (sh.yo.) tejash mumkin.
3. Energiya tejamkor bo‘sh kovakli g‘isht va yuqori samarador devorbop ashyolar ishlab chiqarish? Issiqlik agregatlarini izolyasiya qilish issiqlikni yo‘qolishini 20–30% qisqartirishga imkon beradi. Sovutish uskunalarida esa bu ko‘rsatkich yana ham salmoqliroq, chunki bir birlik sovuqlikni hosil qilish bir birlik issiqlikka nisbatan 20 barobar qimmat turadi. Shu sababli yangi qurilayotgan va hozirda foydalanishda bo‘lgan binolarning issiqlikni tejash normativ talablari bir muncha oshirildi. Faqat yuqori samarador ashyolardan ( ρm = 200 kg/m3, λ = 0,06 Vt/m·0S) tayyorlangan, energiya sig‘imi 10 – 15 kg shartli yoqilg‘dan osmaydigan konstruksiyalar 5 -15 yil mobaynida ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni qoplashi va shundan keyingina sof daromad keltirishi mumkin (masalan, ko‘pikplastlar, tolali ashyolar, supertola va x.k.). Tanasi bo‘sh kovakli g‘isht ishlab chiqarishga sarflangan energiyani 50 yildan keyin qoplaydi ( termik qarshiligi 3,5 m2·0S /Vt bo‘lgan g‘isht devor esa – 250 – 300 yil).
10. Keramzit va agloporit nima, ular orasida qanday farq bor?Keramzit - oson eruvchan, ko‘pchish xususiyatiga ega tuproqlarni yuqori haroratda kuydirish natijasida olinadigan g‘ovakdor, yengil, oval yoki yumaloq granulalar shaklidagi qurilish ashyoidir. U shag‘al va qum ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Tuproqqa ishlov berish rejimiga qarab 250 dan 600 kg / m³ gacha va undan yuqori zichlikdagi keramzit olish mumkin. Keramzitdan yengil betonlarda to‘ldiruvchi, konstruksiyalarda esa ovoz o‘tkazmaydigan va issiqlik izolyasiyasi ashyoi esa sifatida foydalaniladi.Keramzit olishda yaroqli gil xomashyosi hamma joyda uchramaydi. Kuydirganda ko‘pchimaydigan plastikligi kam, qumoqlangan gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan. Bu jinslardan boshqa sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi – agloporit ishlab chiqarishda foydalaniladi. Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo ashyolar sifatida gilli jinslar ishlatiladi. Agomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar Respublikamiz xududida ko‘p uchraydi, shu sababli mahalliy xomashyolar asosida agloporit ishlab chiqarishni kengaytirish mumkin. Dastlab sanoat miqyosida gil xomashyosi asosida agloporit Minskda 1958 yilda ishlab chiqarilgan. Xomashyo ashyolar sifatida turli sanoat chiqindilari, ayniqsa yoqilg‘i tarkibli chiqindilardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Bundan tashqari yoqilg‘i shlaklari, kul, slanets va ko‘mir chiqindilari asosida agloporit ishlab chiqarish ilmiy asoslangan.
|
| |