|
Ashyolarning termik qarshiliklarini qanday boshqarish mumkin?
|
bet | 3/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word6. Ashyolarning termik qarshiliklarini qanday boshqarish mumkin?Albatta, u ikkita faktorga – devor qalinligi va ashyoning issiqlik o‘tkazuvchan-ligiga bog‘liq:
R = b/ λ .
To‘siq konstruksiyasinig termik qarshiligini oshirishning maqbul yo‘li - devor qalinligini oshirmasdan, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti qiymatini kamaytirish zarur. Qurilish industriya hozirgi davrda ko‘plab samarador issiqlik izolyasiyasi ashyolari va binolarni issiqlik himoyasi texnologiyalarini taklif etmoqda. Binolarning issiqlik saqlash qobiliyati bo‘yicha talablarni oshirish qurilish sanoatining ko‘p qismlarida qayta qurish, yangi loyihalar ishlab chiqishni, yangi texnologiyalar yaratishni, korxonalardagi mavjud jihozlarni modernizatsiyalash, yangi qurilish ashyolari va ularni ishlab chiqarish jihozlari va texnologiyalar yaratishni taqozo etadi. Qurilishning mavjud xajmini saqlagan holda bu tadbirlarni amalga oshirish, ko‘p miqdorda ashyo resurslar va vaqt talab etadi.
5. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientini fizik mohiyatini.Termik qarshilik faktorlari. Issiq saqlashning birinchi bosqichi minimal sanitar-gigienik talablarga javob beradi va 1975 yilgacha Yevropada amal kiritilgan termik qarshiliklarning me’yorlariga mos keladi. Ammo, binolarning xatto uchinchi bosqichdagi issiq saqlash ko‘rsatkichlari 1975 yildan keyin amalga kiritilgan yevropa me’yorlariga bizos yaqin keladi, va hozirgi me’yorlardan 1,5 – 3 marta past.
7.Issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichiga qarab issiqlik izolyasiya ashyolarining sinflanishi. Issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichiga qarab issiqlik izolyasiya ashyolari 3 sinfga bo‘linadi: A – kam issiqlik o‘tkazuvchi, B – o‘rtacha issiqlik o‘tkazuvchi, V – ko‘p issiqlik o‘tkazuvchi materiallar. 25 0S haroratda A sinfga kiruvchi ashyolarni issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0,06 Vt/(m·0S)gacha, klassa B sinfdagilarniki –0,06 dan 0,115 Vt/(m·0S)gacha, V sinfdagilarniki –0,115 dan 0,175 Vt/(m0S)gacha. Haroratning boshqa qiymatlarida issiqlik o‘tkazuvchanlik quyidagi tenglik bo‘yicha oshadi:
λ t = λo(1 + βt),
bu yerda λt –t0S haroratdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik;
λo – 00S haroratdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik;
β – ashyo issiqlik o‘tkazuvchanlikni ashyo harororatini oshishini hisobga oluvchi koeffisient bo‘lib, u 0,002ga (1000Sgacha) teng.
|
| |