• Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985–1986-yillar)
  • Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987–1989-yillar)
  • O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning keskinlashuvi
  • Qayta qurish siyosatining barbod bo‘lishi
  • Qayta qurish siyosati va uning inqirozi. Farg‘ona fojialari Qayta qurish va uning bosqichlari




    Download 180,69 Kb.
    bet1/2
    Sana24.01.2024
    Hajmi180,69 Kb.
    #144271
      1   2
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (6)


    Qayta qurish siyosati va uning inqirozi. Farg‘ona fojialari
    Qayta qurish va uning bosqichlari
    KPSS MK aprel (1985-y) plenumi sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazish belgilandi.
    Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985–1986-yillar) ma’muriy tashkiliy tadbirlarni an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlanadi. Mazkur bosqichda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi.

    Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987–1989-yillar) jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Xususan, 1987-yil yanvar va 1988-yil iyunda bu vazifalar yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

    Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga imkoniyat yaratdi. Ammo mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bo‘lmadi.


    O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning keskinlashuvi
    Ana shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbariyati Markaz oldida o‘zining no‘noq va noshudligini ko‘rsatdi. Respublika rahbariyati Markazdan qochish va uni inkor etish siyosati o‘rniga ko‘proq unga yaqinlashish va mustahkam birlashish yo‘lini tanladi. O‘sha paytdagi O‘zbekiston siyosiy rahbariyati ijtimoiy-ma’naviy sohada milliylikning har bir ko‘rinishi “internatsionalizm” mohiyatiga yot ekanligini isbotlashga urindi. Bu narsa o‘zbek tili, islom dini, milliy urf-odat va an’analar, marosimlar, Navro‘z bayramiga munosabatda yaqqol ko‘rindi.

    Qayta qurish siyosatining barbod bo‘lishi
    Mamlakatda bo‘lgan qayta qurish jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tuzilishida bir qator o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. KPSSning sovet jamiyatidagi rahbarlik va yetakchilik mavqeyiga putur yetdi, saylov tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Qayta qurish pirovardida siyosiy jihatdan safsatabozlikka aylanib, tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va boshlangan islohotlarni oxirigacha yetkazish imkoniyatini bermay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holatning sabablari quyidagicha edi:

    Birinchidan, qayta qurishning aniq va izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi. Demokratiya va oshkoralik kabi shiorlar haqida ko‘p gapirilsa ham, amalda partiya siyosiy rahbariyati eski qarashlar girdobida bo‘lib, rahbarlikning demokratiyaga zid bo‘lgan ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan foydalanishi davom etardi.

    Ikkinchidan, mamlakatdagi partokratik rahbariyat nomenklaturani saqlab qolishdan manfaatdor edi. Chunki mamlakatni eskicha usulda boshqarish oson edi.

    Uchinchidan, qayta qurishda milliy respublikalarning suvereniteti haqida gapirilsa ham, Ittifoqni yangilangan holatda saqlab qolish ko‘zda tutilgan edi. Kreml ittifoqdosh respublikalarning SSSRdan ajralib, mustaqil davlat tuzishlariga qarshi jon-jahdi bilan qattiq turdi.
    Farg‘ona. 1989-yil yozi


    To‘rtinchidan, M. S. Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi. Chunki sotsializm doirasidagi mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, milliy va diniy siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik va mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya va oshkoralik bilan kelisha olmagan.


    Download 180,69 Kb.
      1   2




    Download 180,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta qurish siyosati va uning inqirozi. Farg‘ona fojialari Qayta qurish va uning bosqichlari

    Download 180,69 Kb.