|
Shisha paxta xom ashyosi xossalari
|
bet | 8/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word16. Shisha paxta xom ashyosi xossalari .Shisha paxta — tolali ashyo bo‘lib, ingichka va egiluvchan shisha iplardan iborat. Bu iplar suyuqlantirilgan shisha massasidan olinadi. Shisha paxtalar olish uchun shisha siniqlari yoki odatdagi shishalarni tayyorlashda ishlatiladigan xom ashyolar: kvars qumi, kaltsiy sodasi hamda natriy. Shisha paxtalar olish uchun shisha siniqlari yoki odatdagi shishalarni tayyorlashda ishlatiladigan xom ashyolar: kvars qumi, kalьtsiy sodasi hamda nat-riy sulьfatlaridan foydalaniladi. Titilgan holatdagi shisha paxtasining zichligi ko‘pi bilan 130 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti ko‘pi bilan 0,041Vt/m°S. Shisha paxtasining tolasi, mineral paxta tolasiga nisbatan ancha uzun. Shisha paxta kimyoviy turg‘unligining yuqoriligi hamda issiqlik o‘tkazuvchanligining kichikligi bilan ajralib turadi. Shisha paxtali to‘shaklarning issiqlik o‘tkazuvchanligi ortig‘i bilan 0,04—0,005 Vt/(m°S). To‘shaklar uzunligi 1000—3000, eni 200—700 va qalinligi 10 —50 mm qilib chiqariladi. Polosalarning uzunligi 500—5000, eni 30—250, qalinligi 10—50 mm. Diametri 108 mm bo‘lgan truboprovodlarni va apparatlarni izolyasiyalash uchun to‘shaklardan, polosalardan esa diametri 108 mm gacha bo‘lgan truboprovodlarni izolyasiyalash uchun foydalaniladi. O‘rtacha zichligi va qo‘llanilish sohasi bo‘yicha ular quyidagi markalarga bo‘linadi: PJS-175, PJS-200 (qurilishbop bikr plitalar); PPS-50, PPS-75 (quri-lishbop yarimbikr plitalar); PPT-40, PPT-50, PPT-75 (yarimbikr texnik plitalar); MS-35, MS-50 (qurilishbop matlar); MT-35, MT-50 (texnik matlar). Iste’molchi bilan kelishilgan holda buyumlar bitta yoki ikkala tomondan shisha mato, alyuminiy folga bilan yoki usiz yelimlanadi. Ular tovuSh yutuvchi va tovush o‘tkazmaydigan konstruksiyalarda ham qo‘llanilishi mumkin.
17. Ko‘pik shisha xom ashyosi xossalari. Ko‘pik shisha – neorganik issiqlik izolyasiyasi ashyoi bo‘lib, silikat shisha va gaz hosil qiluvchilarni birgalikda tuyib, yuqori haroratda ko‘piklashtirish, toblash natijasida hosil bo‘lgan bloklarni arralash yo‘li bilan olinadi.Ko‘pik shisha, o‘lchamlari 0,5-2,0 mmli Sharsimon yoki oltiqirra shakldagi ko‘plab kataklardan tashkil topgan serg‘ovak ashyodir. U ekologik tozaligi va yong‘inga chidamliligi bilan, qiziganda zararli moddalar ajratib chiqaruvchi ko‘pikpolistirol, ko‘pikpoliuretan singari organik ashyolardan tubdan farq qiladi. Qalinligi 120mm bo‘lgan ko‘pik shisha bloki, issiqliq saqlash qobiliyati bo‘yicha 950mm qalinlikdagi g‘isht devorni o‘rnini bosa oladi. Issiqlik o‘tkazuvchanligi juda ham kichik bo‘lib, –300 dan +500 0S gacha haroratda 0,035 - 0,070 Vt/(m·0S) tashkil etadi. Zichligini kichikligi (190 kg/m3), namlikni kam yutuvchanligi (0,2-0,5 %) ko‘pik shisha buyumlarini saqlash va tashish jarayonlarini osonlashtiradi. Ko‘pik shisha – umrboqiy ashyo. Undagi berk g‘ovaklar suv va bug‘larni o‘tkazmaslikka, issiqlik o‘tkazuvchanlik va mustahkamlikni barqaror ushlab turishga, ko‘p yillar davomida (taqribiy hisoblarga ko‘ra, ko‘pik shishaning hizmat muddati yuz yilgacha borishi mumkin). Shamol esishi kuchlariga katta qarshilik ko‘rsatishini ta’minlaydi. Mustahkam serg‘ovak tuzilishi ko‘pik shishani qatlamlanmaslik, tob tashlamaslik va bo‘kmaslik, shuningdek korroziyaga, chirish, zamburg‘lar, xasharotlar va kemiruvchilar ta’sirida yemirilishga chidamlilik kabi xususiyatlar bergan holda, yuk ostida bo‘ladigan yuzalarni izolyasiya qilishga imkon beradi. Pigmentlar yordamida ko‘pik shisha mahsulotlarini turli ranglarga bo‘yaSh mumkin. Ko‘pik shisha keng miqiyosda qo‘llaniladi. Sirtiga 0,4-0,6 mm qalinlikda organosilikat kompozisiyalar surtish orqali undan uzoq muddat ochiq havoda foydalanish mumkin. Ko‘pik shishadan tayyorlangan issiqlik izolyasiyasi bloklari yashash va jamoat binolarini qurish va ta’mirlashda foydalanish tavsiya etiladi (tashqi va ichki devorlar, fasadlar, yuk ta’siridagi pollar, chordoq yopmalari, yog‘och konstruksiyalar, profillangan metall to‘Shamalar, nishab tomlar va “Yashil tomlar”ni issiqlik izolyasiyasida). Sanoat qurilishida ko‘pik shisha buyumlari quvurlar, tutun mo‘rilari, muzlatgichlar, konditsionerlar va boshqa uskunalarning issiqlik saqlovchi va bug‘dan himoyalovchi ashyoi sifatida ishlatiladi.
|
| |