Ko‘pchitilgan perlit xom ashyosi xossalar




Download 57,78 Kb.
bet9/23
Sana12.06.2024
Hajmi57,78 Kb.
#263060
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
istiqbolli 2024 Word

18. Ko‘pchitilgan perlit xom ashyosi xossalar. Ko‘pchitilgan perlit – asosan oq rangli donalar ko‘rinishidagi yuqori darajada g‘ovak ashyo bo‘lib uni aylanadigan yoki shaxtali pechlarda tabiiy perlitni 900—1200°S pishirib olinadi. Pishirish jarayonida tog‘ jinsidan strukturaviy bog‘langan suv jadal bug‘lanib chiqib ketadi va perlit hajmi 5 – 12 va undan ortiq marta ortadi, bu esa yuqori darajadagi g‘ovakdor ashyo olishga olib keladi.Qum va mayda tosh ko‘rinishidagi ko‘pchitilgan perlit turli-tuman issiqlik izolyasiyasi buyumlarni tayyorlashda, shunigdek, betonlar uchun yengil to‘ldirgich sifatida qo‘llaniladi (8-rasm). Bog‘lovchi ashyolar sifatida portlandsementdan, plastik loydan, eriydigan shishadan, neft bitumidan, sintetik smola va boshqalardan foydalaniladi. Olinadigan buyumlar (plitalar, yarim silindrlar, segment va boshqalar) 250—500 kg/m3 zichlikka va 0,05—0,2 Vt/ (m.°S) issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Ko‘pchitilgan perlitdan qilingan buyumlar shu buyumlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan bog‘lovchi ashyolarning temperaturaga chidamliligiga qarab turli sohalarda ishlatiladi. Masalan, sementli bog‘lovchi yoki eriydigan shisha asosida tayyorlangan buyumlar zavod pechlari, qozonlar, truboprovodlar va boshqalarning qizigan yuzalarini issiqlikdan izolyasiyalash uchun, organik bog‘lovchilar asosida tayyorlangan buyumlar (bitumlar, sintetik smolalar va boshqalar) esa qurilish konstruksiyalari va muzlatgichlarni sovuq o‘tmaydigan qilish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanilish haroratiga qarab ko‘pchitilgan perlitdan tayyorlangan issiqlik izolyasiyasi ashyolarini uch guruhga bo‘lish mumkin:
– + 2000Sgacha haroratida qo‘llaniladigan oddiy ashyolar (perlitobitumli izolyasiya, perlitoplastbeton, qum va kukunlar);
–+6000Sgacha qo‘llaniladigan o‘rtacha haroratli izolyasiyalar: perlitotse-mentlartermoperlit;
–+800-10000Sgacha qo‘llaniladigan yuqori haroratli izolyasiyalar: epsoperlit, perlitokeramik va perlitofosfat buyumlar, issiqqa chidamli perlitobeton, o‘tga chidamli perlit buyumlar.

Download 57,78 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Download 57,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko‘pchitilgan perlit xom ashyosi xossalar

Download 57,78 Kb.