|
Penopleks” issiqlik izolyasiyasi plitalari
|
bet | 11/23 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,78 Kb. | | #263060 |
Bog'liq istiqbolli 2024 Word20. Penopleks” issiqlik izolyasiyasi plitalari. “Penopleks” issiqlik izolyasiyasi plitalari polistirolni ekstruziya usulida tayyorlanadi. Polistirolni ekstruziyalash jarayoni o‘lchamlari 0,1-0,2 mm li berk g‘ovaklardan tuzilgan birhil strukturadagi ko‘piklashtirilgan ashyo hosil qilishga imkon yaratadi. Polistirolning suvga chidamlilik xossasi bilan bir qatorda serg‘ovak tuzilishi ashyoni issiqlik o‘tkazuvchanligi va suv Shimuvchanligini juda ham kamaytirishga, yuqori mustahkamlikka erishishini ta’minlaydi. Plitalarning 250S haroratdagi o‘rtacha zichligi 35 kg/m3 bo‘lgandagi issiqlik o‘tkazuvchanligi ko‘pi bilan 0,028 Vt/(m·0S) ga, o‘rtacha zichligi 45 kg/m3 bo‘lganda esa - 0,03 Vt/(m·0S) ga teng. Ashyoning suv Shimuvchanlik qobiliyatini kichikligi plitani berk serg‘ovak tuzilishi bilan izohlanadi. 24 soat suvga to‘yintirilganda suv Shimuvchanlik ko‘pi bilan 0,1 - 0,2 %, 30 sutkadagisi esa - ko‘pi bilan 0,4 % ni tashkil etadi. “Penopleks” issiqlik izolyasiyasi plitalari suv bug‘lari bosimiga yaxshi bardosh berishligi bilan xarakterlanadi – bug‘ o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0,018-0,015 mg/(m·ch·Pa) ga teng. 10 % chiziqli deformatsiyadagi siqilishdagi mustahkamligi zichlikka bog‘liq bo‘lib, 0,25…0,5 MPa ga teng, ya’ni ashyo 25…50 t/m2 dan kam bo‘lmagan yukni ko‘tara oladi. Plitalar olovga chidamliligini oshiruvchi moddalar – antipirinlar qo‘shib tayyorlanadi. Yong‘in – texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ushbu plitalar G1 sinfiga kiradi (GOST 30244-94 talabiga ko‘ra – qiyin yonuvchi). “Penopleks” plitalari umrboqiyligi bilan boshqa ashyolardan ajralib turadi. Ular-dan -50 dan +75 0S gacha haroratda foydalanish mumkin. Plitalarni 30mm “Penopleks”poydevorlar, tomlar, devorlar, pollar, quvurlarni issiqlik izolyasiyasida, namga to‘yingan tuproqlarga yotqizilgan yo‘l qoplamalarini sovuqda ko‘pchib ketishidan himoyalashda qo‘llash tavsiya etiladi.
39. Fanning maqsadi, vazifasi va uning mohiyati. Binolar, texnologik jihozlar, issiqlik quvurlari, sanoat issiqlik va sovutish tizimlaridagi issiqlikni tejash maqsadida issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0,175 Vt/(m·0S) dan (200Sda) kam bo‘lmagan ashyolar bilan himoyalanadi. Bunday ashyolarni qo‘llashhozirgi paytda tanqis va tannarxi oshib borayotgan issiqlik energiyasini keskin tejashga imkon yaratadi. 1m3 samarali issiqlik izolyasiyasi ashyoini ishlatish natijasida 1,45 tonna shartli yoqilg‘ini (sh.yo.) tejash mumkin. Issiqlik agregatlarini izolyasiya qilish issiqlikni yo‘qolishini 20–30% qisqartirishga imkon beradi. Sovutish uskunalarida esa bu ko‘rsatkich yana ham salmoqliroq, chunki bir birlik sovuqlikni hosil qilish bir birlik issiqlikka nisbatan 20 barobar qimmat turadi. Shu sababli yangi qurilayotgan va hozirda foydalanishda bo‘lgan binolarning issiqlikni tejash normativ talablari bir muncha oshirildi. Faqat yuqori samarador ashyolardan ( ρm = 200 kg/m3, λ = 0,06 Vt/m·0S) tayyorlangan, energiya sig‘imi 10 – 15 kg shartli yoqilg‘dan osmaydigan konstruksiyalar 5 -15 yil mobaynida ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni qoplashi va shundan keyingina sof daromad keltirishi mumkin (masalan, ko‘pikplastlar, tolali ashyolar, supertola va x.k.).
|
| |