|
Na-kms va karbapoll asosida olingan gellarning fizik-mexanik xossalari
|
bet | 1/2 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 93,59 Kb. | | #99121 |
NA-KMS va KARBAPOLL ASOSIDA OLINGAN GELLARNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI
Jurakulov Sanjar Zafarjon Oghly
Asian International University, Senior Lecturer, Uzbekistan
E-mail:juraqulovsanjarzafarjonugli@oxu.uz
Yuldoshev Azizbek Abduganiyevich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti , stajyor – o‘qituvchi ,
E-mail: azizbek0711@mail.ru
Khasanov Jonibek
Annotation: Ilmiy tadqiqot ishida Natriy-karboksimetilsellyuloza va karbapol asosida olingan gellarning xossalari va sturukturasini o’rganish masalasi ilgari suriladi.Ekologik toza va iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lgan, sanoat miqyosida respublikamizda ishlab chiqariladigan polielektrolitlar natriy-karboksimetilsellyuloza va karbopol asosida oldindan ma’lum tuzilish va xossalarga ega bo’lgan gellarni yaratish.Natriy-karboksimetilsellyuloza va karbapol asosida olingan gelning sturukturasini Rentgen usulda o’rganish va taxlil qilish.Gellar (lot. gelo — qotyapman) — qattiq moddalarning baʼzi xossalarini namoyon qiluvchi dispers sistemalar bilan suyuq yoki gazsimon muhit. Kolloid zarrachalar yoki polimerlarning makromolekulalari orasida molekulalararo kuchlar taʼsiri tufayli ichki strukturalar hosil qilish natijasida oquvchanlik xossasini batamom yoʻqotgan sistema iviq yoki, boshqacha aytganda. gel deb ataladi. Gel shakl saqlash, mustahkamlik, plastiklik va boshqa xossalarga ega. Ulardagi bu xossalar turli tabiatli, molekulyararo kuchlar orqali oʻzaro bogʻlangan, dispers faza zarrachalaridan tashkil topgan struktura hosil qiluvchi turlarning mavjudligi sababli vujudga keladi. Gel hosil boʻlganida sistemadagi dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat oʻzgarmay qoladi. Baʼzi gellarning tarkibida dispers faza juda oz miqdorda (1—2% gacha) boʻladi. Tarkibida suyuklik koʻp boʻlgan ana shunday gellar liogellar deb ataladi. Ular yuqori molekulyar modda eritmalarining ivishidan hosil boʻladi. Bular katoriga kisel, qatiq va b. kiradi. Quruq holatda olingan, tarkibida suyuqlik oz boʻlgan yuqori polimer moddalar ham gellardir. Ular qatoriga duradgorlik yelimi, kraxmal, kauchuk va b. kiradi. Tarkibida suyuqlik oz boʻlgan ana shunday quruq gellar kserogellar deb ataladi. Koʻpincha, koagulyatsiya yoki "tuzlanish" hodisalari natijasida ham gellar hosil boʻladi. Ular koagellar deyiladi.
Polisaharidlar - monosaharidlar qoldig`idan tuzilgan yuqori molekulali uglevodlar. Polisaharidlar hayvon, o`simlik va mikroorganizmlarda keng tarqalgan biopolimerlarning asosiy guruhidan biri, ular organizmda turli funk-siyalarni bajaradi. Ko`plab tarqalgan polisaharidlarning umumiy formulasi
CnH2+mOm
Polisaharidlarga monosaharidlar yoki ularning hosilalaridan hosil bo`lgan kondensatlanish polimerlari deb qaraladi. Polisaharidlar monosaharidlar tarkibiga ko`ra, gomopolisaharidlar va geteropolisaharidlarga bo`linadi .
Spektroskopiya. Elektromagnit spektroskopiyaning infraqizil qismi uch sohaga bo'linadi.
1. Yaqin infraqizil soha 0.8÷2.5 μm 12500÷4000 sm-1
2.O'rta infraqizil soha2.5÷50 μm 4000÷200 sm-1
3.Uzoq infraqizil soha 50÷10 μm 200÷10 sm-1
Infraqizil spektroskopiya (IQ spektroskopiyasi), IQ hududida elektromagnit nurlanishning yutilish va aks ettirish spektrlarini o'rganadigan molekulyar optik spektroskopiya bo'limi hisoblanadi. IQ yutilish spektrining asosiy xarakteristikalari: spektrdagi yutilish diapazonlari soni, ularning joylashuvi chastota (yoki to'lqin uzunligi) bilan belgilanadi, diapazonlarning kengligi va shakli, yutilish miqdori - tabiati (tuzilishi) bilan belgilanadi, moddaning singdiruvchanligi moddaning kimyoviy tarkibiga, shuningdek, moddaning yig'ilish holatiga, haroratga, bosimga va boshqalarga bog'liq. Har bir molekulaning spektral xarakteristikalari (bantlar maksimal chegaralari pozitsiyalari, ularning yarim kengligi, intensivligi) uning tarkibiy atomlari massalari bo'yicha, geometrik tuzilishi, atomlararo kuchlarning o'ziga xos xususiyatlari, zaryad taqsimoti va boshqalar bog’liq bo’ladi. Shuning uchun, IQ spektrlari juda individualdir, bu ularning birikmalar tuzilishini aniqlash va o'rganishda ularning qiymatini belgilaydi. Infraqizil spektroskopiya yadrolarning tebranish chastotalari haqida juda muhim ma'lumot beradi, ular molekulalarning tuzilishiga va valentlik aloqalarining kuchiga bog'liq. Ma'lum bir juft kimyoviy bog'langan atomlarning tebranish chastotalari (cho'zish tebranishlari) odatda ma'lum chegaralarda yotadi. Masalan, S - N tebranishlarining chastotalari uglerod atomlarining qolgan bog'lanishlariga qarab har xil diapazonlarga ega, bu ko'pincha organik birikmada mos keladigan guruhlar mavjudligini aniqlashga imkon beradi[37].
IQ spektroskopiyasi 400-4000 sm-1 oralig'idagi IQ spektrlari Specord -75 IR (Carl Zeiss) va UR-20 (GDR) spektrofotometrlarida qayd etilgan. IQ spektroskopiyasi uchun namunalar KBr planshetlari, KRS-5 plastinkasidagi plyonkalar va yuqorida ko'rsatilgan usul bilan olingan qalinligi 8-12 µm bo'lgan plyonkalar shaklida tayyorlandi. KRS-5 plastinkasidagi plyonkalar erituvchini (suvni) xona haroratida (22-24°C) bug'langanda olingan. IQ spektrlaridan tuzli bog'lanishlarni hisoblash ishda tasvirlangan usul bo'yicha amalga oshirildi .
Karbopolning 0,2 % li eritmasining pH ko`rsatkichi 3,5 ga teng bo`lib uning pH ko`rsatkichini neytrallovchi agentlar yordamida 5 dan 10 gacha bo`lgan oraliqda boshqarish mumkin. Karbopol IK spektr yordamida o`rganilganda ma`lum bo`ldiki, uning tarkibida 50% dan 68,5 gacha karboksid guruhi borligi aniqlandi. Karboksid guruhdan tashqari uning tarkibida boshqa polosalar, ya`ni 2960 sm-1, 1720 sm-1, 1455 sm-1, 1415 sm-1, 1250 sm-1, 1175 sm-1, 800 sm, polosalar mavjud. Bularning eng asosiysi intensiv polosa 1720 sm-1 ga qarashli karboksil guruhning polosasi hisoblanadi [44]. Na-KMS va Karbopolning suvli eritmalari aralashtiril -ganda, suvda eruvchan PK hosil bo`ladi. Na-KMS va karbopol asosida olingan PK lari va ularni tashkil etuvchi komponentlari pH ko`rsatkichi «210 Banchtop pH/mV meter» elektrodlar kombinatsiyasidan iborat bo`lgan qurilma yordamida o`rganildi. Qurilmaning o`lchash natijalaridagi aniqlik aniqlik darajasi 0.01 pH ko`rsatkichni tashkil qildi. Bu natijalarni o`lchashdan oldin qurilma standart buffer eritmalar yordamida sozlab olindi. Tayyorlangan PK eritmalarini potensiometrik titrlash jarayoni eritmmalarni doimiy aralashtirib turilgan va temperaturasi 22 -24 °C bo`lgan doimiy bo`lgan holatda o`lchandi. Na-KMS suvdagi 1% li eritmasining pH ko’rsatkichi pH=6,5-7,5 oralig’ida bo’lib, uni karbapol 1% li eritmasi bilan 1:1 nisbatda aralashtirilganda, suvda eruvchan polimer kompozitlar hosil bo’ladi. U asosan Na-KMS tarkibidagi gidroksil guruhi va karbapol tarkibidagi karboksil guruhlarning gidroksil ioni bilan o’zaro tasilashib vodorod bog’lar hosil qiladi. Na-KMS va karbapol eritmalarini aralashtirganimizda neytral holda pH ko’rsatkichi pH=4 ga teng bo’lgan aralashma hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan aralashmani ikki kun mobaynida ochiq havoda, xona temperaturasida aralashma tarkibidagi suv bug’latiladi. Suv bug’lanib ketgach plyonka hosil bo’ldi. Uning suvda eruvchanlik xossasi tekshirilganda suvda yahshigina va kam vaqtda erib ketdi (3.1-jadval).
Interpolimer aralashmaning pH ko’rsatkichi uch xil bo’lgan kompozitsion material plyonkalar olindi. Olingan plyonkalarni IK-spektrlari o’rganildi.
|
| |