REJA: 1. Gruntlarning fizik-mexanik xossalari 2. Grunt turlari 4. Gruntlarniig fizik ko‘rsatkichlari Grunt turlari va ishlash sharoitlari
KIRISH
Suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarda: suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») va shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy qilish; qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari- ning joriy qilinishini yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag‘batlan- tirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko‘maklashish, tuproq- ning sho‘rlanish darajasini pasaytirish va uning oldini olish bo‘yicha sama- rali texnologiyalarni qo‘llash; suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish me’yorlari va rejimlarini har xil tuproq-iqlim sharoitida tadqiqot qilish hamda sug‘orish me’yorlari va rejimlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ta’kidlangan.
Davlatimiz rahbari va Hukumatimizning suvdan oqilona foydalanish va uni tejash (ayniqsa qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda zamonaviy texnologiyalar (yomg‘irlatib, tomchilab, plyonka to‘shab va yer ostidan namlab sug‘orishdan samarali foydalanish) bo‘yicha qarorlar chiqargan. Ushbu muammoni yechishning yo‘llaridan biri, mamlakatimizdagi suv omborlarini ta’mirlab, qayta tiklash orqali suv zaxiralarini ko‘paytirishdir. Hozirda mavjud suv omborlarining 30% i cho‘kindi bilan to‘lgan bo‘lib, uni tozalash katta mablag‘ni talab qiladi.
Dasturda belgilangan vazifalarni bajarishda, jumladan, Respublika- mizda qurilayotgan va qayta ta’mirlanish rejalashtirilgan gidrotexnik inshootlardagi gruntlarni gidromexanik usulda zichlashning samarali tex- nologiyasini ilmiy va amaliy asosda yaratishni talab qiladi.
Suv omborlari tagidagi cho‘kindi, uni sig‘imini 30% ga kamaytirishini hisobga olib, uni gruntli devorlarini mustahkam zichlangan grunt qatlami bilan ko‘tarish orqali sig‘imini oshirish mumkin. Shu muammolarning yechimlari ushbu monografiyada berilgan.
Monografiya olti bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobida gruntning tur- lari, tarkibi va ularning fizik-mexanik xossalari, gruntli to‘g‘on, suv ombor va ko‘tarma kanallar, gruntni zichlovchi mashina va uskunalar haqida, ikkinchi bobida gruntni zichlashning nazariy asoslari, uchinchi bobida laboratoriya sharoitida gruntni gidromexanik usulda zichlashning tadqiqot ishlari va natijalari, to‘rtinchi bobida drenaj transheyasidagi gruntni zich- lash asoslari, beshinchi bobida transheyadagi gruntni zichlashning nazariy asoslari, oltinchi bobida sug‘oriladigan maydonlarda drenaj quruvchi maishinaning ilmiy asosda takomillashtirilgan konstruksiyasi va drenaj transheyasidagi gruntni zichlash texnologiyasi unga qo‘yiladigan talablar va yechimlar haqida ma’lumotlar berilgan.
|