3-Ma’ruza.
Gruntga ishlov berish texnologiyasi.
Ma’ruza rejasi:
1.Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari.
2.Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi.
3.Gruntlarning qurilishga aloqador xususiyatlari.
4.Er ishlari bajarilishidagi tayyorlov va yordamchi jarayonlar.
5.Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan grunt qazish.
6.Er qazuvchi –transport mashinalari bilan gruntni qazish.
7.Gruntni zichlash va trambovka qilish. Gruntni zichlash. Gruntni trambovka qilish.
8.Er ishlari sifatini nazorat qilish.
Tayanch iboralar:
Kotlovan, transheyalar, mexanik, gidravlik,svalka, karьer, tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar, loyli
gruntlar, grunt zichligi, qiyalik tikligi, vakuum usuli, elektroosmos usuli. Bir cho’michli va ko’p
cho’michli ekskavatorlar, draglayn va greyfer, transheya, gruntni zichlash, gruntni trambovka qilish,
gruntni urib shibbalash,
drenaj, estakadli usul, estakadsiz usul.
1.Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish, birinchi navbatda, bino va inshootlarning
yer ostki qismini
barpo etish, katta hajmdagi yer ishlarini bajarish bilan bog’liq. Yer ishlari og’ir va ko’p mehnat talab
qiladigan qurilish ishlari turiga kirib, murakkab sharoitda bajariladigan va ma’lum
darajada tabiiy-iqlim
omillariga bog’liq.
SHuning uchun loyihachilar, texnologlar va quruvchilarning oldidagi asosiy
vazifalardan biri, bu qurilish maydonidagi yer ishlar hajmini kamaytirish imkonini beradigan usul hamda
texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir.
Unga quyidagilar kiradi: yer inshootlari konstruktsiyalarini
takomillashtirish, joy relьfidan
oqilona foydalanish, tik devorli kotlovan
va transheyalarni barpo etish, gruntni ko’chirish hajmlari va
gruntning ortiqcha yuklanishini minimallashtirish, kommunikatsiyalarni
transheyasiz usulda yotqizish,
gruntning qurilish xususiyatlarini oshirish (mustahkamlash, armaturalash, geosintetik materiallarni
qo’llash va boshqalar). Bu maqsadni amalga oshirishga shuningdek yer
ishlarini mexanizatsiyalash
vositalarini takomillashtirish, yer inshootini loyihalash geometriyasini ta’minlash imkonini beradigan,
mashinalar va ishchi jixozlari almashtiriladigan mashinalarni qo’llash kiradi.
Barcha
kursatilgan
omillar
zamonaviy
qurilishning
tamoyillaridan
biri
bo’lmish
moslashuvchanlikni amalga oshishiga to’g’ri keladi, ya’ni undagi, har bir
qullaniladigan texnologiya
qurilish maydonining aniq sharoitlariga moslashganligidir