|
1. Umumiy qoidalar. Yer inshootlari turlari. Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibiasosiy jarayonlarga
kiradi: qazilmalarda gruntni qazish, gruntni ko’tarmaga joylashtirish, qurilish maydoni chegarasida ortish
va surish, qurilish maydoni tashqarisiga tashish, qatlamlab tekislash va gruntni zichlash, muzlagan va
qiyin qaziladigan gruntlarni yumshatish, yer inshooti bushliqlarini qayta to’ldirish.
Bu asosiy jarayonlarga
tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar
hamroh bo’ladi, bunda
tayyorgarlik jarayonlari gruntni qazish ishlari boshlangunga qadar amalga oshiriladi, yordamchi
jarayonlar esa yer inshootlarini barpo etish jarayoniga qadar bajarilishi mumkin yoki bu jarayon
davomida amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: yer osti suvi sathini pasaytirish, suvning sizilib
o’tishiga qarshi ekran va parda barpo etish, gruntni mahkamlash, mahalliy joyda yer inshootini rejalash,
kotlovan va transheya devorlarini vaqtincha mustahkamlash, oxirigacha qazilmagan gruntni qirqish,
kirish yo’lini qurish va asrash, geotekstilь materiallarni yotqizish, ish sifatini nazorat qilish va boshqalar.
Katta hajmdagi yer ishlarini bajarish uchun, turli qurilish texnikalari ekskavatorlar, bulьdozerlar,
skreperlar, gidromexanizatsiya vositalari, portlatuvchi texnikalar qo’llaniladi. Yer ishlarining
mexanizatsiyalashganligi 98% ga yetgan, alohida holatlarda kotlovan tubini, qiyaliklarni, ba’zi
chuqurlarni, transheyalarni mexanizmlardan foydalanmasdan tozalashga to’g’ri keladi. Hattoki, maxsus
asbob-uskunalar va kichik mexanizm vositalari jalb etilganda qo’l mehnatining ish unumdorligi
mexanizatsiyalashgan jaryonlarga nisbatan 20...30 marta kam bo’ladi.
3. Gruntlarning qurilishga aloqador xususiyatlari
Grunt bu tabiiy muhitdan iborat bo’lib, unda bino va inshootning yer ostki qismi joylashadi.
Qurilishda gruntlar deb
, yer qobig’ining ustki qatlamida joylashgan asosan g’ovak va toshloq jinslarga
aytiladi. Gruntlarning turlari asosan quyidagilarga ajraladi: qumli, loyli qum, qumli loy, loyli (gil), sog’
tuproq (lyoss), torf, shag’al, o’simlikli grunt, turli qoyatoshli va zichlangan gruntlar. Gruntlarning qurilish
xususiyatlaridan barpo etilayotgan inshootning mustahkamligi va ustivorligi, ishlab chiqarish usullari,
ishlarning mehnat sarfi hamda narxi bog’liq bo’ladi.
Er
ishlarini
bajarish
usullarini
tanlashda
gruntlarning
quyidagi
asosiy
tasniflari
(xarakteristikalari): zichlik, namlik, yopishqoqlik, yumshatilishi, bog’lanuvchanligi, tabiiy qiyalik
burchagi, ishlash murakkabligi (mehnat sarfi)ni inobatga olish taqoza etiladi. Ushbu tasniflarga bog’liq
holda qurilishda gruntlar qo’yidagi nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi:
turli bino va inshootlarning zamini sifatida va ularga ta’sir qiladigan yuklamalarning ruxsat
etiladigan qiymatlariga yaroqliligi;
ulardan doimiy inshoot sifatida foydalanish imkoni, ya’ni ko’tarma va qazilma barpo etishda
material sifatida foydalanish.
gruntlarni ishlashda u yoki bu usullarni qo’llashning maqsadga muvofiqligi va mumkinligi.
|
| |